shakllantirishni taqozo qiladi. Shu nuqtai-nazardan Prezidentimiz parlamentning
muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish,
ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, ma‘muriy islohotlarni davom ettirish va
davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng qo‘llash,
davlat
boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali
mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish,
mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas‘uliyatini qayta ko‘rib chiqish,
ularning mustaqilligini yanada oshirish vazifalarini belgilaydi.
Boshqaruvda adolatli davlat idora tizimlari shakllanmas ekan, qonun
ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari -
ikkinchi uzviy bog‘lanuvchi muhim tamoyil ta‘minlanmaydi. Ular sud
hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash,
sudning nufuzini oshirish, sud
tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunday
tizimning samarali faoliyati fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya
qilishning real imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Oliy sud — oliy hakam sifatida
jamiyatning yaxshi-yomoni, foyda-ziyonini belgilab beruvchi ma‘naviy barometrga
aylanadiki, bunday ijtimoiy muhitda jinoyat qilishdan ko‘ra bunyodkorlik qilish afzal
bo‘ladi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash
maqsadida
sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish
lozimligiga ahamiyat berishi strategik maqsadlarning izchil amaliyotini joriy etishga
qaratilmoqda.
Jamiyatda adolatli boshqaruvning vujudga kelishi, shubhasiz, iqtisodiyotni
rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirish
imkoniyatini yaratadi. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni
mustahkamlash va yuqori
iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini saqlash, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, uning
raqobatbardoshligini oshirish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va
jadal rivojlantirishning yangi innovatsion texnologiyalarining tatbiq etilishi
imkoniyatlarini yaratadi. Ya‘ni rivojlanishning ichki qonuniyatlariga ko‘ra, yangi
sifat bosqichga ko‘tarilishning murakkab, ammo takomillashgan
shakllari paydo
bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk
huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy
islohotlarni amalga oshiradi. Natijada mavjud salohiyatdan samarali foydalanish
orqali joylarda mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish o‘sish sur‘atlari vujudga
keladi.
Jamiyatda ijtimoiy ongning o‘zgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham
rivojlanib boradi. Jamiyat va uning holati aslida inson ongining in‘ikosi. Fuqarolar
qanday ezgu amallar ma‘rifati bilan qurollangan bo‘lsa, ana shu ruhiy qudrat
istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon ulkan to‘lqin sifatida
millatning mushtarak
maqsadlarida namoyon bo‘ladi. U, o‘z navbatida, ijtimoiy hayotning barcha
jabhalarida yangi tarmoqlarning, ishchi o‘rinlarning paydo bo‘lishiga, aholining real
daromadi va shunga muvofiq turmush darajasining o‘sib borishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: