Fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy metodologik tamoyillari


-MAVZU: O‘ZBEKISTОN VА JАHОN HАMJАMIYATI



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/294
Sana29.01.2022
Hajmi1,57 Mb.
#415337
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   294
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi

11-MAVZU: O‘ZBEKISTОN VА JАHОN HАMJАMIYATI 
 
REJA: 
1.
O‗zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyatining shakllanishi va uning 
ustivor yo‗nalishlari. 
2.
O‗zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‗zaro hamkorligi. 
3.
O‗zbekiston Respublikasining Rossiya, Xitoy va AQSH bilan o‗zaro 
munosabatlari 
O‗zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyatining shakllanishi va 
uning ustivor yo‗nalishlari. 
O‗zbekiston Respublikasi o‗ziga xos geografik tuzilishi 
bilan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida alohida ajralib turadi. Bunday 
geografik joylashuvning qulay va noqulay tomonlari mavjud bo‗lib, ular 
respublikaning geosiyosiy vaziyati va geostrategik manfaatlari, hamda uning ichki va 
tashqi siyosatini tanlash va belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil O‗zbekistonning qulay geosiyosiy imkoniyatlari quyidagicha:
• Qadim zamonlarda Sharq bilan G‗arbni bog‗lab turgan Buyuk ipak yo‗li 
O‗zbekiston hududi orqali o‗tgan. Bu yerda savdo yo‗llari tutashgan, tashqi aloqalar 
hamda turli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yevropa 
va Osiyoni bog‗laydigan yo‗llar Markaziy Osiyodan, uning o‗rtasida joylashgan 
O‗zbekistondan o‗tmoqda. 
• Markaziy Osiyoda geografik-siyosiy jihatdan markaziy o‗rin tutgan O‗zbekiston 
ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta‘minlash, 
hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega. Mintaqa doirasida manfaatli 
munosabatlar o‗rnatish imkoniyati O‗zbekiston orqali ochiladi. 
• O‗zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida 
joylashgan. 
• Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi 
qo‗shnilaridan ma‘lum darajada ustun turadi. 
• Tabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo zaxiralari va strategik 
materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‗zini 
ta‘minlashga qodir. 
• O‗zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o‗zini neft, gaz, 
rangli metallar bilan ta‘minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. 
• Yurtimizning jahonga mashhur boy ma‘naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat 
sivilizatsiyasida salmoqli o‗rin egallab, dunyoning ma‘naviy va siyosiy jarayonlariga 
ta‘sir o‗tkazish salohiyatiga ega. 
• O‗zbekiston bugungi kunda qo‗shni davlatlar – Qozog‗iston, Qirg‗iziston, 
Tojikiston, Turkmaniston va Afg‗oniston o‗rtasida bog‗lovchi halqa vazifasini o‗tab 
kelmoqda. O‗zbekiston o‗zining joylashuviga ko‗ra Markaziy Osiyoning transport, 
energetika, kommunikatsiya, suv tizimi markazida joylashgan. 
Markaziy Osiyoning markazida joylashgan O‗zbekiston o‗zining geografik 
holatidan kelib chiqib, mazkur mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, 
iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish, barqarorlikni ta‘minlash, hamkorlikni 
mustahkamlash imkoniyatiga ega.


Mazkur 
imkoniyatlar 
orqali 
O‗zbekiston 
geosiyosiy 
joylashuvini 
noqulayliklardan mustasno deb bo‗lmaydi, Shu jihatdan O‗zbekiston Respublikasiga 
qiyinchiliklar tug‗diruvchi quyidagi omillar ham mavjud:
• O‗zbekiston o‗zining geografik-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi 
izchil yo‗lga qo‗yilmagan mintaqada joylashgan. O‗zbekiston Fors ko‗rfazi, Kaspiy 
dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan 
yarim halqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan bu hududda butun 
dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‗pgina davlatlarning bir-biriga mos 
kelmaydigan manfaatlari o‗zaro to‗qnashmoqda. 
• Yana bir noqulaylik shundan iboratki, O‗zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va 
boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar qurshab turibdi. Buning ustiga, 
yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm, etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil 
tashqi kuchlar tomonidan rag‗batlantirilib kelinayotgan, ichki mojaro avj olgan 
Afg‗oniston kabi beqarorlik o‗chog‗i bilan chegaradosh. 
• Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan O‗zbekistonda kommunikatsiyalar 
nomaqbul ravishda shakllantirildi. Janubiy yo‗nalishda transport kommunikatsiyalari 
amalda rivoj topmagan. Ittifoq parchalangach, kommunikatsiyalar muammosi 
O‗zbekiston uchun yanada keskinlashdi. O‗zbekiston bevosita dengizga chiqa 
olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan 
mamlakat. Qora dengiz, Boltiq dengizi, Yapon dengizi va Shimoliy dengizlarga olib 
chiquvchi eng qisqa temiryo‗li qariyb 3 ming kilometrni tashkil etadi. Bu bir necha 
davlatlar hududidan o‗tadigan olis yo‗l bo‗lib, O‗zbekistonning iqtisodiy aloqalarini 
chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, mahsulotlarning raqobatga bardosh 
berishiga salbiy ta‘sir etadi. 
• Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham 
mamlakatimiz uchun noqulay omildir. 
• Shuningdek, mustamlakachilik davrida yuritilgan Turkistonni bo‗lish, millat va 
elatlari ustidan hukmronlik qilish siyosatining asoratlari hozirgacha tashvishli omil 
hisoblanadi. 
• Mustaqil O‗zbekistonning umuman hamma daryolari hamda respublika hududini 
kesib o‗tadigan, uzunligi 150 va undan ko‗p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan 
bo‗lishiga qaramasdan, uning suv resurslari cheklangan va ekologik muammolari 
ham bor.
Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O‗zbekiston diplomatiyasining dastlabki 
qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini ta‘minlashdagi o‗rni 
alohida ekanini tan olmoqda. O‗zbekiston tashqi siyosatining ma‘naviy yo‗nalishi, 
insonparvarlik, oshkoralik, qadrqimmat o‗z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning 
yagona oilasida o‗z taraqqiyot yo‗liga ega bo‗lishdir. Shu bois istiqlol yillarida 
mamlakatimiz 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish