o`rtasida tuzilgan shartnomalar va bitimlar orqali"
tartibga solinadi. Hozirgi
kunda dolzarb bo`lib turgan masalalardan biri- O`zbekiston bilan Qoraqalpog`iston
Respublikalari o`rtasidagi turli sohalarda ayniqsa iqtisodiy masalalarda o`zaro
munosabatlarni keng tarmoqli rivojlantirishga erishishdir.
O`zbek xalqi bilan qoraqalpoq xalqi azaldan do`st, birodar, qon-qarindosh va
muruvatlidir. Ularning ma'naviyat birligi va xo`jalik yuritish usul va shakllarining
yakdilligi, har ikki xalq o`rtasida qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamladi va bu
holat o`zining konstitutsiyaviy ifodasini topdi. O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 21-moddasining 3-bandiga ko`ra Qoraqalpog`iston Respublikasining
fuqarosi ayni vaqtda O`zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi, 68-
moddasida esa Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasining
ma'muriy, hududiy birliklari qatoriga kiritilishi, bu ikki xalqning munosabatlari
do`stona rishtalarga asoslanganligini anglatadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida fuqarolarning huquq va erkinliklariga
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hisoblanadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
ustivorligini tan oladi. Bu birinchi navbatda Qoraqalpog`iston Konstitutsiyasi va
qonunlarini tamoyil va moddalari mos kelishi kerakligini anglatadi. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishi
O`zbekiston va Qoraqalpog`iston o`rtasidagi davlat-huquqiy munosabatlari bilan
chambarchas bog`liq. O`zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog`iston
Respublikasi hududida ham amal qilishi majburiydir. Qoraqalpog`iston xalqini,
millatidan qat'iy nazar, Qoraqalpog`iston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.
Qoraqalpog`iston xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy hokimiyat organi Jo`qorg`i
Kengesi ish olib boradi. Uning davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linish tamoyillariga asoslanadi.
O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalarining barcha fuqarolari bir xil
huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar qonun oldida tengdirlar.
Savollar:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashkil etilishi tarixi haqida nimalarni bilasiz?
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstittutsiyasi qachon qabul qilingan?
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat ramzlari qachon qabul qilingan?
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi qanday?
5. O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog`iston Respublikasining
huquqiy holati haqida nimalarni bilasiz?
Adabiyotlar:
1. Mustaqil O‗zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. - Toshkent, 2000.
2. Erkaev A. O‗zbekiston yo‗li. - Toshkent: Ma‘naviyat, 2011.
3. Mustaqil O‗zbekiston tarixi. Mas‘ul muharrir A.Sabirov. - Toshkent: Akademiya,
2013.
4.
Qoraqalpog‗iston
tarixi
(1917-1994
yy.).
-
Nukus,
1995.
Do'stlaringiz bilan baham: |