II bosqich – 2001–2005-yillarni
o‗z ichiga olib, milliy dastur
keng miqyosda joriy etildi.
III bosqich – 2005-yildan
bugungi kungacha. Bu
bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi natijasida erishilgan natijalar, to‗plangan
tajribalar umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta‘lim tizimi takomillashtirilib
borildi.
2009-yildan
boshlab, yurtimizda to‗liq
12 yillik
majburiy ta‘lim joriy etildi. 9
yillik umumiy o‗rta ta‘lim savodxonlik asoslarini, umumiy o‗rta ta‘lim olish uchun
zarur bo‗lgan bilim va ko‗nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Bolalar birinchi sinfga
6–7 yoshdan
qabul qilinadi. Umumiy o‗rta ta‘lim
kerakli bilimlar hajmiga asos soladi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari va
amaliy tajriba ko‗nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasbiy yo‗nalish va navbatdagi
ta‘lim bosqichini tanlashga zamin yaratadi.
Prezidentning
2004-yildagi
farmoni asosida 2004–2009-yillarda maktab
ta‘limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida
yangi maktablar qurildi, boshqalari kapital ta‘mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o‗quv
laboratoriyalar zarur uskunalar bilan jihozlandi. Umumiy o‗rta, umuman, ta‘limning
barcha bosqichlarida yangi o‗quv dasturlari, davlat ta‘lim standartlari yaratildi.
Maktab darsliklari tamomila yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan
boyitish bo‗yicha takomillashtirib borildi. Multimedia o‗quv adabiyotlari ham
yaratilishi yo‗lga qo‗yildi. Respublikada
10 mingga yaqin
maktablar ishlab turibdi.
Ularning moddiy-texnika ta‘minoti ham davlat hisobidan amalga oshiriladi.
Ta‘lim tizimi O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonuni
asosida
maktabgacha ta‟lim, umumiy o„rta, o„rta maxsus ta‟lim, oliy ta‟lim, oliy
ta‟limdan keyingi ta‟lim, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, maktabdan
tashqari ta‟lim
shakllaridan iborat.
O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonuniga muvofiq
umumiy o‗rta ta‘limning to‗qqiz yillik etib belgilanishi munosabati bilan to‗qqiz
yillik maktabni tugatgan barcha o‗quvchilar ta‘lim olishni o‗rta maxsus yoki
kasbhunar kollejlarida ta‘lim olishni davom ettirdilar. Bu yangi ta‘lim tizimiga
bosqichma-bosqich o‗tildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1-bosqichi (1997–2001)
doirasida amalga oshirildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta‘lim
muassasalari ochildi. Oliy o‗quv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil etildi, 800 ga
yaqin o‗quvchi chet ellarda ta‘lim oldi, ko‗pgina o‗qituvchilar xorijiy davlatlarning
ilg‗or tajribalarini o‗rganish maqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi. O‗rta
maxsus ta‘lim sohasida viloyatlarda, joylarda biznes maktabi, kichik va o‗rta maktab
uchun kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan
holda, yangi mutaxassislik (fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo) lar
kiritildi.Unga binoan, yurtimizda
Do'stlaringiz bilan baham: |