an‘analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi. Millatchilik, fashizm, milliy va etnik
ko‗rinishdagi urushlarga qarshi turadigan yagona ma‘rifiy g‗oyadir. Ayniqsa, bugun
neofashizm bosh ko‗tarayotgan svili-zatsiyalararo to‗qnashuvlar sodir bo‗layotgan
sharoitda millatlararo totuvlik g‗oyasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 8-moddasida «O‗zbekiston
xalqini, millatidan qat‘i nazar O‗zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi»,
degan muhim qoida belgilanb qo‗yilgan.
Bugun O‗zbekistonda
138 ta
milliy-madaniy markazlar millatlararo totuvlik
g‗oyasini hayotga tatbiq etmoqda. Ruslarning «Maslennitsa», tatar-boshqirdlarining
«Sabanto‗y», uyg‗urlarning «Sayil» bayramlari, xitoylarning «Chunuze» yangi yili,
koreyslarning «Soller» va «Ovol – tano» bayramlari nishonlanmoqda. Har yili
respublikamiz miqyosida «Biz yagona oila farzandlarimiz», «Vatan yagonadir, Vatan
bittadir», «O‗zbekiston umumiy uyimiz» shiori ostidagi festivallar o‗tkazilmoqda.
O‗zbekiston hududida o‗z madaniyati va o‗z an‘analariga ega bo‗lgan 130 dan
ortiq millat va ellat vakillari yashaydi. Ular ham mamlakatning barcha fuqarolari
qatori bir xil huquq va majburiyatlarga ega. O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 4-moddasida ko‗rsatilganidek, O‗zbekiston Respublikasi o‗z
hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va
an‘analari hurmat qilinishini ta‘minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
O‗zbekiston aholisining 80 % ini o‗zbek, 4,9 % ini tojik, 3,8 % ini rus, 3,6 %
ini qozoq va 7,7 % ini boshqa turli millatlarga mansub kishilar tashkil etadi.
Ko‗pmillatli mamlakat siyosatining asosiy maqsadi millatlararo totuvlik va diniy
bag‗rikenglikni shakllantirish bo‗lishi zarur. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq milliy
siyosatning o‗ziga xos yo‗li ishlab chiqildiki, ayni shu siyosat milliy
bag‗rikenglikning barqaror rivojlanishiga zaminyaratdi.
O‗zbekistonda yashovchi turli millat vakillarining madaniy ehtiyojlarini
qondirish uchun milliy-madaniy markazlari (MMM) faoliyat yuritadi. Dastlabki
milliy-madaniy markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan
respublika viloyatlarida
1989-yilda
tashkil etilgan. Bu markazlarning chinakam
rivojlanishi va ravnaq topishi O‗zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin
boshlandi. Bu davrda ularning samarali faoliyat ko‗rsatishi uchun keng imkoniyatlar
yaratildi. Natijada ularning soni yil sayin ortib bordi. Agar
Do'stlaringiz bilan baham: