1996-yil
27-avgust
kuni maxsus farmon qabul qilindi. Unda har yili avgust oyining uchinchi
yakshanbasi, «O‗zbekiston – Vatanim manim» qo‗shiq bayrami kuni deb e‘lon
qilindi. Tanlov mustaqillikni madh etuvchi yuzlab qo‗shiqlar yaratilishiga turtki
bo‗ldi.
Vazirlar Mahkamasining
1997-yildagi
qarori bilan har ikki yilda bir marotaba
Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o‗tkazila boshlandi.
Birinchi festivalda dunyoning 31 mamlakatidan vakillar ishtirok etishdi. Festivalning
hudud qamrovi ham tobora kengayib bormoqda. 2015-yili X festivalda 66
mamlakatdan vakillar qatnashdi. YUNESKO tomonidan yuritiladigan insoniyatning
nomoddiy madaniy merosi ro‗yxatidan Shashmaqom (2008), Boysun madaniy
muhiti (2008), Navro‗z (2009), Katta ashula (2009), Askiya (2014) o‗rin oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |