―Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi‖
degan tamoyilga asoslangan.
Qisqa fursatda respublikamizdagi har bir tuman va shaharda
Davlat xizmatlari
markazlari
tashkil qilindi.
2018-yil boshida
ushbu markazlarda aholiga qariyb 30
turdagi xizmatlar ko‗rsatilgan bo‗lsa, 1-apreldan e‘tiboran bunday xizmatlar soni 50
tadan ortdi. Iyun oyidan boshlab esa ular qatoriga yana 30 dan ortiq xizmat turlari
qo‗shildi. Bu odamlarning qimmatli vaqtlarini tejash bilan birga, ortiqcha sarf-
xarajatlarning oldini olish imkonini ham bermoqda. Misol uchun, yoshlar oila
qurganda nikohni qayd etishi, farzand dunyoga kelganda unga guvohnoma olish,
bolalarni bog‗chaga joylashtirish, mashinani boshqarish uchun haydovchilik
guvohnomasini olish yoki yangisiga almashtirish kabi kundalik hayotimizda ko‗p
bora duch keladigan ishlar endilikda Davlat xizmatlari markazida hal etib beriladi.
Buning uchun turli idoralarga qatnashga, uzoq vaqt kutishga endi hojat yo‗q.
Avvalo, shuni chuqur anglashimiz zarurki, bugun mamlakatimizda ro‗y
berayotgan o‗zgarish va islohotlarning zamirida
Do'stlaringiz bilan baham: |