Fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy metodologik tamoyillari



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/294
Sana29.01.2022
Hajmi1,57 Mb.
#415337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   294
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi

To‗rtinchi bosqich: 2010-2016
. Bu bosqichda mamlakatimizda demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizatsiya qilish jarayoni davom 
etmoqda. 
Ushbu 
bosqich 
davlat 
hokimiyati 
va 
boshqaruvini 
yanada 
demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‗z erkinligini 
ta‘minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini 
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‗yicha islohotlarning huquqiy 
asoslarini yaratish bilan tavsiflanadi. 
O‗zbekistonning zamonaviy tarixining beshinchi bosqichi 2017 yildan 
boshlandi
. O‗zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 2017-2021-
yillarda O‗zbekistonni yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasining 
yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu tarixiy hujjat mustaqillikni qo‗lga 
kiritilganidan boshlab, mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish bo‗yicha 
keng ko‗lamli islohotlarni rivojlantirishni aks ettiradi, unda davlat va jamiyat 
rivojlanishining yangi bosqichida modernizatsiyani yanada davom ettirishning 
strategik dasturi belgilab berilgan. 
Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, 
sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‗z erkinligini ta‘minlash, saylov 
qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va 
iqtisodiyotni liberallashtirish bo‗yicha islohotlar uchun huquqiy asoslarni yaratishni 
davom ettirish bilan tavsiflanadi. 
Ta‘kidlash joizki, zamonaviy davrga oid har xil qarashlarni hisobga olgan holda, 
O‗zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish bilan bog‗liq mazkur bosqichlarni, 
avvalo,tarixchi foydalanishi kerak bo‗lgan vosita sifatida ko‗rib tushunish kerak va 
bu boshqa mutaxassislarning fikrlari bilan mos kelmasligi ham mumkin. 
Zamonaviy tarixni o‗rganishning dolzarbligi uning zamonaviy hayotga ta‘sir 
ko‗rsatadigan voqealarni tushunishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bu 


voqealarning tarixiy ahamiyati va mohiyati nimada.? Ayrim siyosatchilarning roli 
qanday, bu voqealarning rivojlanishi qanday ssenariylarga ega va ular zamonaviy 
jarayonlar bilan qanday bog‗liq? Bu yaqin tarix javob berishi kerak bo‗lgan savollar. 
Javoblar esa, mutaxassislarning voqea-hodisalarni qay darajada rivojlanish va kelajak 
bilan bog‗liq tendensiyalarni qay tarzda idrok etishqobiliyati bilan bog‗liq. 
Davlatimiz rahbari bugungi tinch va osoyishta hayotni saqlashga, mustaqillikni 
mustahkamlashga bir necha bor da‘vat qilar ekan, o‗sib kelayotgan avlod tomonidan 
istiqlolga erishish tarixini chuqur o‗rganish muhimligini, qanday qiyin yo‗ldan 
o‗tganimizni va yana nima qilishimiz kerakligini alohida ta‘kidlaydi. 
O‗zbekistonning eng yangi tarixi hali institutsional xususiyatga ega emas, ya‘ni, 
mustaqil metodikaga, ilmiy ishlarga va o‗quv-uslubiy ta‘minotga ega emas. So‗nggi 
yillarda mamlakatimiz tarixidagi voqealar ko‗lami va ularning dinamikasi uni fan va 
ta‘lim oldida tizimli ravishda tushunish masalasini ko‗taradi. 
Bundan tashqari, "yangi avlodning o‗quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlari va 
nashrlarini tayyorlash, O‗zbekistonning eng yangi tarixini global va mintaqaviy 
jarayonlar bilan uzviy bog‗liq holda, shuningdek, mintaqada shakllangan 
sivilizatsiya, xalqlar va davlatlarning tarixiy va madaniy merosini mushtarak tarzda 
o‗rganishni taqozo etadi. 
Yoshlar mustaqil ravishda ma‘lumot qidirishlari, turli manbalarni tanqidiy qabul 
qilishlari va tahlil qilishlari, o‗zlarining fuqarolik pozitsiyalarini dalillar bilan taqdim 
etishlari kerak. 
Yosh avlodga e‘tibor quyidagilarga bog‗liq. Globallashuv sharoitida 
O‗zbekiston yoshlari turli mafkuraviy oqimlarning ta‘siri zonasida qolmoqdalar
ularning ba‘zilari hatto mustaqil O‗zbekistonni va uning hukumati yuritayotgan 
siyosatni ataylab obro‗sizlantirishga qaratilgan aksil tashviqotlar iskanjasiga tushib 
qolmoqdalarki, endilikda ilmiy va akademik fan sifatida O‗zbekistonning eng yangi 
tarixi bilan bog‗liq axborot xavfsizligi tizimining ta‘minlash zarur. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish