«Xalqaro miqyosdagi lider»
mukofoti bilan taqdirlandi.
2017-yil may oyida
O‗zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya
Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‗lib o‗tgan AQSh va arab-musulmon
davlatlari sammitida ishtirok etdi. Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev va AQSh
prezidenti Donald Tramp ilk bor uchrashdi. Donald Tramp davlatimiz rahbari bilan
uchrashuvda O‗zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayonini yuqori baholadi.
Shu yil sentabrda O‗zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning 72-
sessiyayasi munosabati bilan Amerika Qo‗shma Shtatlarida bo‗ldi va u yerda
istiqomat qilayotgan bir guruh o‗zbekistonliklar bilan uchrashdi.
Vatandoshlar ilm-fan, ta‘lim, texnologiya, investitsiya va boshqa sohalarni
rivojlantirish, O‗zbekiston va AQSh muassasalari o‗rtasidagi aloqalarni
mustahkamlash bo‗yicha o‗z fikr-mulohazalarini bayon etdi. Shavkat Mirziyoyev
ularga murojaat qilar ekan, O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‗lamli
islohotlarga daxldor bo‗lish, zamonaviy bilim va tajribalarini mamlakat rivojiga
yo‗naltirishga da‘vat etdi. Bugungi kunda O‗zbekiston va AQSH strategik hamkor va
sherik mamlakatlardir.
Savollar:
1. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida nima haqida bayon
etilgan?
2. O‗zbekiston tashqi siyosatining tamoyillari nimalardan iborat?
3. O‗zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi»da Markaziy
Osiyo mintaqasi masalasida nima deyilgan?
4. Mustaqillikning dastlabki yillarida nima sababdan O‗zbekiston eng avvalo,
Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‗stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga
e‘tibor qaratgan?
5. 2017-yil Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda qanday tub o‗zgarishlar
bo‗ldi?
6. Qo‗shimcha adabiyotlardan foydalangan holda, Nursulton Nazarboyevga «El-yurt
hurmati» ordeni berilishi sabablarini izohlang.
7. O‗zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning xorijiy mamlakatlardagi ilk tashrifi
qaysi davlatga bo‗ldi?
8. «Turkiston – umumiy uyimiz» shiorini izohlang.
9. O‗zbekiston qaysi davlatlar bilan strategik sherikchilik to‗g‗risida shartnoma
imzolagan?
10. O‗zbekiston–Rossiya o‗rtasida qanday shartnomalar imzolangan?
11. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yilda Rossiya,
Xitoy va AQSHdagi tashriflarining ahamiyati haqida gapiring.
Adabiyotlar:
1. Mustaqil O‗zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. - Toshkent, 2000.
2. Erkaev A. O‗zbekiston yo‗li. - Toshkent: Ma‘naviyat, 2011.
3. Mustaqil O‗zbekiston tarixi. Mas‘ul muharrir A.Sabirov. - Toshkent: Akademiya,
2013.
4. Levitin L. O‗zbekiston tub burilish pallasida. - Toshkent: O‗zbekiston, 2005.
5. O‗zbekiston mustaqillik yillarida. - Toshkent: O‗zbekiston, 1996.
6. Usmonov Q. O‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi. –
Toshkent: Moliya, 2003.
7. G‗ulomov S., Ubaydullaeva R., Ahmedov E. O‗zbekiston. - Toshkent: Mehnat,
2001.
Do'stlaringiz bilan baham: |