Fanimizning uyatga qoldirgan holatda, shunday ajoyib va muhim ixtiro, dastavval


sanab o‘tirish ortiqcha bo‘lar edi



Download 211,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana23.01.2022
Hajmi211,41 Kb.
#406432
1   2   3   4
Bog'liq
Teleskop

sanab o‘tirish ortiqcha bo‘lar edi

"

.

Galiley  birinchi  bo‘lib  ko‘zoynaklar  va  ko‘rish  trubalari  uchun  linzalarni  tayyorlashning  texnologiyasi  tamomila  farq  qilish  lozimligini



tushunib yetdi. Ko‘zoynak uchun tayyorlangan linzalarning aksariyati teleskop uchun yaroqsiz bo‘lib chiqar edi. Uning teleskop linzasini

tayyorlash  texnologiyasining  takomillashtirishi  natijasida,  linzalarning  kattalashtirish  xususiyati  20  martagacha  ko‘paydi.  Ko‘zoynak

ustalarning eng mohiri ham, bu ko‘rsatkichni uch martadan oshira olmagan edi.

Galileyning teleskopi ikkita linzadan - obyektiv, ya'ni, buyumga qaratilgan, nurlarni yig‘uvchi qavariq linzadan, hamda, ko‘zga qaratilgan

sochuvchi linza - okulyardan iborat bo‘lgan. Buyumdan kelib tushayotgan nurlar avvaliga obyektivda sinib, so‘ngra, ko‘zga tushib tasvir

hosil  qilishdan  avval  esa,  okulyarda  sochilishga  uchragan.  Bunday  tartibda  oynalarning  joylashtirilishida,  nurlar  haqiqiy  tasvirni  hosil

qilmagan, bu jarayonda tasvir, ko‘zning o‘zida hosil qilinib, ko‘z ham optik zanjirning bir qismi sifatida ishtirok etgan.

Obyektiv,  kuzatilayotgan  buyumning  haqiqiy  tasvirini  o‘zining  fokusida  hosil  qilgan.  Biroq,  bu  tasvir  teskari,  to‘nkarilgan  holatda

namoyon  bo‘lib,  keyingi  jarayonda,  obyektivdan  o‘tib,  yig‘ilgan  nurlar,  botiq  linzali  okulyarda  yana  sochilishga  uchragan  va  o‘zining

haqiqiy  tasviri  xususiyatlarini  yo‘qotgan.  Sochuvchi  linzadan  keyin,  buyumning  tasviriy  ifodasi  hosil  bo‘lgan  va  u  ko‘z  uchun,  eng

maqbul ko‘rish masofasida joylashgan. Teleskopning kattalashtirib ko‘rsatish ko‘rsatkichi, obyektiv va okulyarning fokus masofalarining

nisbatiga teng bo'lgan. Nazariy jihatdan, istalgan kattalikdagi tasvirni hosil qilish mumkindek, tuyuladi. Biroq, kattalashtirish ko‘rsatkichi

uchun  chegarani  texnik  imkoniyatlarning  cheklanganligi  qo‘yadi:  katta  diametrli  shishani  sayqallab,  linza  ko‘rinishiga  keltirish  juda

mushkul yumush.Bundan tashqari, juda katta fokus masofalari uchun, juda uzun truba yasash taqozo etiladi va unda kuzatuvchining

ishlashi  imkoni  bo‘lmay  qoladi.  Florensiyadagi  ilm-fan  muzeyida  saqlanayotgan  Galiley  teleskoplarini  o‘rganish  shuni  ko‘rsatdiki,

olimning  yasagan  birinchi  teleskopi  14  marta,  ikkinchisi  esa  19.5  marta  kattalashtirib  ko‘rsatish  imkonini  bergan  ekan.  Uchinchi

teleskopi esa, undan ham yaxshi - 34.6 marta kattalashtirish imkoniga ega bo'lgan.

Albatta, Galileyni teleskopning ixtirochisi sifatida e'tirof etish to'g'ri emas. Biroq, u XVII asr boshi uchun optika ilm-faniga ma'lum bo'lgan

bilimlar asosida, uni takomillashtirishga va ilmiy asosda mukammallashtirib, qudratli ilmiy asbobga aylantirishga erishdi. Aynan Galiley

tungi  osmonga  teleskop  orqali  nigoh  tashlagan  dastlabki  inson  bo‘lgan.  Shu  sababli  u,  o‘zigacha  hech  kim  ko‘rmagan  narsalarni

ko‘rishga  muvaffaq  bo'ldi.  Dastavval,  Galiley  o‘z  teleskopini  Oyga  qaratdi.  Uning  sirtida  tog‘lar  va  vodiylar  mavjud  ekan.  Tog‘larning



20.01.2022, 09:51

Teleskop


https://www.orbita.uz/index.php?view=article&catid=43%3Aixtirolar&id=392%3Ateleskop&tmpl=component&print=1&layout=default&page=&optio…

2/2


Yangilаndi: 08.12.2018 20:01

cho‘qqilari quyosh nurlaridan kumushsimon yarqirardi, uzun soyalari esa, vodiylarga ko‘lanka tashlab turardi. Oy tog‘lari soyalarining

uzunligini  o‘lchash  orqali,  Galiley  ularning  balandliklarini  hisoblab  chiqdi.  tungi  osmonda  u  ko‘plab  yangi  yulduzlarni  kashf  etdi.

Masalan, Pleyada yulduzlar turkumida, qadimdan naql qilib kelinganidek 7 ta emas, balki ancha ko‘proq - 30 dan ortiq yulduzlar bor

ekan. Orion yulduz turkumida esa, 8 ta emas, 80 ta yulduz aniqlandi. Galileygacha bo'lgan qadimgi va o‘rta asr olimlarining, Somon

Yo‘lining  "nur  chiqaruvchi  bug‘lar  to‘plami

"  degan  qarashlari,  Galiley  teleskopining  mazkur  galaktikaga  yuzlanishi  tufayli  chippakka

chiqdi. Somon yo‘li, juda ko‘p miqdordagi alohida yulduzlarning yig‘ilgan joyi ekan. Galileyning katta hayratiga sabab bo‘lib, yulduzlar,

teleskopdan qaralganda, oddiy ko‘z bilan qaralganidan ham kichikroq bo‘lib qolar, va o‘zlarining‘ gardishlaridan mosuvo bo‘lib qolar edi.

Sayyoralar  esa,  endi  xuddi  oy  singari  yaqqol  ko‘rina  boshlagan  edi.  Teleskopi  bilan  Yupiterga  yuzlanib,  Galiley  uning  atrofida

harakatlanayotgan  va  sayyoraga  nisbatan  o‘z  vaziyatini  muttasil  o‘zgartirib  turuvchi  to‘rtta  kichik  osmon  jismini  kuzatdi.  2  oylik

kuzatuvlardan keyin, Galiley, ularning Yupiterning tabiiy yo‘ldoshlari ekanligi va Yupiterning o‘zi Yerdan bir necha barobar katta ekanligi

haqida xulosaga keldi. Teleskopni Veneraga yo‘naltirib, Galiley uning Oyga o‘xshash fazalar almashinish jarayoni borligi, demak u ham

Quyosh  atrofida  aylanishini  ilmiy  asoslab  berdi.  Vanihoyat,  teleskop  va  binafsharang  shisha  orqali,  Quyoshga  qarab,  buyuk  olim,

undagi dog‘larning mavjudligini, ularning harakatlanishini kuzatish orqali esa, demakki, Quyosh ham o‘z o‘qi atrofida aylanishini kashf

etdi.


Galileyning yuqorida sanab o‘tilgan barcha kashfiyotlari, nisbatan kichik muddat mobaynida, va teleskop tufayligina amalga oshirilgan

edi. Zamondoshlari orasida bu kashfiyotlar olamshumul shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Teleskop va u orqali koinotga qarash ishtiyoqi shu

darajada kuchayib ketadiki, o‘sha yilning o‘zidayoq, Galiley butun Italiya bo‘ylab teleskop uchun yuzlab buyurtmalarni qabul qiladi.

1610-yilda  Galiley  ko‘rish  trubasining  mutlaqo  yangichakonstruksiyasini  o‘ylab  topdi.  Keyingi  yili  esa  u  fundamental  ilmiy  ish  -

"Dioptrika"ni chop ettirdi. Unda olim, ko‘rish trubalari va optik asboblarning nazariy jihatdan tahlil qilib bergan.

Galileyning kashfiyotlarini birinchilardan bo‘lib munosib baholagan inson - boshqa bir buyuk astronom - Iogann Kepler edi. Keplerning

o‘zi  teleskop  yasay  olmagan.  Chunki  unda  mablag‘  muammosi  doimiy  xalal  berardi,  qolaversa,  Kepler  yashagan  muhitda  malakali

optikachi ustalar bo‘lmagan. Biroq, Kepler tamoyili bo‘yicha birmuncha mukammal teleskopni boshqa bir astronom - Sheyner yasagan.

Ko‘plab  olimlar,  teleskopining  quvvatini  Galileynikidan  ham  oshirish  uchun  jiddiy  urinishlar  olib  borganlar.  Ba'zilarga  kattalashtirish

darajasini 100 barobargacha olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan, biroq, bunda truba uzunligi 30-40 metrga yetib qolar edi. Tarixiy rekord

astronom  Ozuga  tegishli  bo‘lib,  1664-yilda  u  600  marta  kattalashtira  oladigan  teleskop  yasashga  erishgan.  Uning  teleskopi  trubkasi

uzunligi  98  metrga  teng  bo'lgan.  1672-yilda  yana  bir  buyuk  olim  Isaak  Nyuton  tomonidan  mazkur  muammoning  o‘ziga  xos

yechimlaridan biri optik amaliyotga joriy qilingan bo‘lib, Nyuton teleskopi Reflektor deb atalgan. Unda qavariq shisha linza o‘rniga botiq

metall ko‘zgu qo‘llanilgan edi.

Yuqorida  hikoya  qilinganidan  ko‘rinib  turibdiki,  teleskopning  ixtiro  qilinishi  fanda  yangi  davr,  aniqlikka  asoslangan  optik  kuzatishlar

erasini boshlab berdi. Astronomik, geografik izlanishlarda, dengizchilikda beqiyos optik asbob, butun insoniyatga beminnat xizmat qila

boshladi.

[1]


Perspektiva - "Kelajak" ma'nosida emas, optikadagi proyeksiyaning turlaridan biri ma'nosida qo‘llanilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: 

https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: 

@OrbitaUz

Google+ : 

https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: 

https://telegram.me/OrbitaUz

< avvаlgi

 

kеyingi >

 

Do‘stlaringiz nimani yoqtirishini ko‘rish uchun 



Ro‘yxatdan o‘tish

.

Yoqdi



Download 211,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish