Fanidan yozgan kurs ishi mavzu



Download 46,72 Kb.
bet2/3
Sana01.01.2022
Hajmi46,72 Kb.
#299989
1   2   3
Bog'liq
Obidjonov Otabek Fizika o'qitish metodkasi

Temperatura (lot. temperatura — zarur siljish, oʻlchamdorlik, normal holat) — makroskopik tizimning termodinamik muvozanat holatini xarakterlovchi asosiy parametrlardan biri. Termodinamik muvozanat holatida turgan tizimning barcha qismlarining Temperaturasi bir xil boʻladi. Agar tizim muvozanat holatdan chiqarilsa, uning issiqroq qismlaridan sovuqroq qismlariga issiqlik uzatilishi natijasida maʼlum vaqgdan soʻng tizimning hamma qismlarida Temperaturaning tenglashishi vujudga kelib, termodinamik muvozanat holatiga qaytadi.

Tizim tarkibidagi jismlarni isitish yoki sovitish, yaʼni t’asirini oʻzgartirish ularning qariyb barcha fizik xossalariga taʼsir qiladi: jismlarning chizikli oʻlchamlari, elastikligi, elektr oʻtkazuvchanligi va boshqa xossalari oʻzgaradi. Temperaturani oʻlchash uchun bu oʻzgarishlarning istalgan biridan foydalanish mumkin. Temeratura bevosita oʻlchanmaydigan kattalik. U boshka kattaliklarni oʻlchash orqali anikdanadi. Mas., tizimning Temperaturasini isitish yoki sovitish natijasida gaz hajmi yoki bosimining oʻzgarishi (suyuqlik, jumladan, simobli termometrlar) oʻtkazgichlarning elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) lari oʻzgarishi (termoparalar) va boshqa orqali aniqlash mumkin.



Statistik fizikada Temperatura termodinamik muvozanat holatdagi tizimni tashkil etgan zarralarning oʻrtacha kinetik energiyalarini tavsiflovchi kattalikdir. Astrofizikada Temperatura — muhitning fizik holatini ifodalovchi parametr. Osmon jismlarining Temperaturasini baʼzi nazariy farazlarga asoslangan holda ularning nurlanishini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadi. Temperaturaning quyidagi xillari mavjud: yulduz (yoki boshqa obʼyektning , mas., Quyosh toji) ning effektiv Temperaturasi — yulduz oʻlchamiga teng va yulduz tarqatayotgan toʻliq nurlanishni chaqara oladigan mutlak qora jism Temperatura Ravshanlik Temperaturasi — berilgan yoʻnalishda kuzatilayotgan muayyan toʻlqin uzunlikdagi nurlanish intensivligiga teng nurlanish chiqara oladigan mutlaq qora jism Temperatura Spektrofotometrik Temperatura — kuzatilayotgan spektral sohadagi nurlanish intensivligining nisbiy taqsimlanishiga yaqin nurlanish chiqara oladigan mutlaq qora jism Temperatura Spektrometrik Temperatura spektrning turli sohalarida turlicha boʻlishi mumkin. Gʻalayonlash Temperaturasi — atomlarning gʻalayonlash holatlari boʻyicha taqsimlanishini ifodalovchi parametr. Ionlanganlik Temperaturasi — spektral chiziqlarning nisbiy intensivligi boʻyicha aniqlanuvchi va moddaning ionlanganlik darajasini belgilovchi parametr.

Temperatura ishlab chiqarishda texnologik jarayonning borishi hamda borish davrini xarakterlovchi asosiy kattaliklardan biridir. Avtomatik boshqarishning samaradorligi temperaturaning aniq bahosini belgilaydi.

Amaliyot uchun yaroqli issiqlikni o’lchash uchun ilk termometr asboblarini 1714 yilda olmon fizigi Gabriel Daniel Farengeyt yaratdi. U simobli termometr yasab, buning uchun muz va tuz aralashmasining temperaturasini 0 darajada deb belgiladi, inson tanasining normal temperaturasini esa 96 daraja etib belgiladi. Bunday nisbatda suvning muzlash nuqtasi 32 darajadan biroz pastroq, qaynash nuqtasi esa 212 darajadan biroz pastroq edi. Farengeyt bu raqamlarni aniq qilib, 32 va 212 deb oldi, xuddi shu tuzatishlardan inson tanasining temperaturasi bu nisbat bo’yicha 98,6 darajaga teng edi. 1740 yillarda fransuz tabiatshunosi Rene Antuan Reomyur muz erishining doimiy nuqtasi (10 daraja) va suvning qaynash nuqtasi (80 daraja)ga asoslangan spirtli termometrni taklif qildi. Muzning erishi bilan suvning qaynashi o’rtasidagi masofani Reomyur 80 qismga ajratib chiqdi. Deyarli u bilan bir vaqtda shved astronomi Anders Selsiy simobli termometrni qo’llay boshladi, u muzning erishi va suvning qaynash nuqtalari oralig’ini 100 qismga bo’ldi. Quyi temperaturalarni o’lchashda noaniq miqdorga yo’l qo’ymaslik uchun u suvning muzlash nuqtasini 100 darajadan ziyod, qaynash nuqtasini esa ular hamisha erishib bo’lmaydigan narsalarni 0 daraja qilib belgiladi. Biroq issiqlikning ortib borishini o’sib boruvchi darajalar bilan ko’rsatish tabiiyroq edi. Shu sababli Selsiy bir yildan keyin o’z termometri shkalasini teskari ag’darib, muzning erish darajasini 0 daraja, suvning qaynash darajasini esa 100 daraja qilib belgiladi. Xuddi shunday termometrlardan biz bugun ham foydalanamiz. Selsiy shkalasi-nisbati aksariyat rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan. Biroq inglizlar Farengeyt shkalasini qabul qilishib, unga hozirgacha amal qilib kelmoqdalar. Inglizlarga «vorislik» tarzida bu shkala AQShda ham saqlanib qoldi, unga sobiq Angliya koloniyasi hisoblangan boshqa bir necha davlatlarda ham amal qilinadi. Reomyur shkalasiga kelsak, u yashab qolmadi. Taxminan 1860 yilda Kelvin lordi unvonini endigina olgan ingliz olimi Uilyam Tom-son molekulalarning kinetik energiyasidan kelib chiqqan temperatura shkalasi nisbatini yaratishni taklif qildi. Selsiy bo’yicha — 273 daraja (aniqrog’i— 273,16 daraja)da molekulalar nol 0 kinetik energiyaga ega bo’ladi. Hech bir moddani bundan ortiq sovutib bo’lmaydi. Demak,— 273 darajani «absolyut nol» daraja deb qabul qilsa bo’ladi. Lord Kelvin «absolyut nol» boshlang’ich nuqta qilib olingan, bo’linmalari esa Selsiy darajalariga teng ravishda olingan shkalani taklif etdi. Buni «absolyut shkala», yoki «Kelvin shkalasi» deb atashadi. Ma'lum bo’lishicha, olimlarga butun Olamdagi temperatura o’zgarishlarida yuz beradigan barcha hodisalarni bayon qilishga boshqa barcha shkalalarga nisbatan bu shkala ancha qulaylik tug’dirar ekan. Har gal qanday temperatura haqida gap ketayotganligini farqlash uchun matnlarda daraja miqdoridan keyin quyidagi harflardan biri quyiladi: Ғ (Farengeyt), K (Reomyur), K (Kelvin), S (Selsiy), A (absolyut).

Fizikaning rivojlanish tarixini, unga Sharqning buyuk allomalari qo’shgan hissalarini, jamiyat rivojlanishida fizika va tеxn   kaning ahamiyatini, O’zbеkistonda fizika va tеxnika sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar haqida umumiy ma’lumotlarni bilish;

– fizik kattaliklarning Xalharo birliklar tizimsini tushuntira olish;

– mеxanika: kinеmatika, dinamika, Nyuton va mеxanikada saqlanish qonunlari, statika elеmеntlari, suyuqliklar va gazlar mеxanikasiga oid qonuniyatlarni bilish va misollar yordamida tushuntira olish;

– molеkulyar fizika va tеrmodinamika asoslari: molеkulyar–kinеtik nazariya asoslari, gaz va tеrmodinamika qonunlari, suyuqlik va gazlarning o’zaro aylanishi, qattiq jismlar fizikasiga oid qonuniyatlarni bilish;

– elеktrodinamika: elеktostatika, o’zgarmas tok, turli mu?itlarda elеktr toki, magnit maydon, moddalrning magnit xossalari, elеktomagnit induktsiya qonuniyatlarini bilish;

– tеbranish va to’lqinlar. Optika. Atom va yadro fizikasi: mеxanik va elеktromagnit tеbranishlar va to’lqinlar, tovush, gеomеtrik optika, nisbiylik nazariyasi elеmеntlari, kvant, atom va elеmеntar zarralar fizikalariga oid qonunlarini bilish hamda olamning fizik manzarasi to’g’risidagi bilimlarga ega bo’lish;

O’qituvchi zamon talabi darajasida dars bеrishi va yaxshi samara olishi uchun darsning kеrakli shakllarini va unga mos o’qitish mеtodini to’g’ri tanlay bilishi kеrak.

So’ngi vaqtlarda vaqtli matbuotda va pеdagogik hamda mеtodik adabiyotlarda mavjud darsning axborot shakli jiddiy tanqid qilinmoqda. Fizika o’quv mashg’ulotlari va dars shakllarining yangi-yangi usullari tavsiya etilmoqda. Tabiiy ravshda nima uchun hozirgi dars shaklini o’zgartirish zarur bo’lib holadi, dеgan savol tuqiladi. Buning bir qator bir qator ob’еktiv va sub’еktiv sabablari bor.

Birinchidan: hozirgi kunda kеng tar qalgan dars shakllari ta’limning asosiy vazifasi bo’lgan politеxnik ta’lim bеrish, ilmiy tеxnika taraqqiyotini yoritib bеrish, fan mеtodlari bilan to’liq roya tanishtirish, ta’lim asosida tarbiyalash kabi qator vazifalarni hal eta olmayotir.

Ikkinchidan: Ta’lim sohasidagi islohotlar, o’zgarishlar, ham eski, zеrikarli dars turlaridan voz kеchishni va intеrfaol, mazmunli dars shakllarini hamda shunga mos o’qitish mеtodlarini pеdagogik hamkorlik, ta’lim oluvchilar faolligini va qiziqshini oshirish yo’llari borasida izlanish va ta’lim tizimiga tadbig’ etishni talab etmoqda.

Uchinchidan: hozirgi zamon ta’lim oluvchisi bundan 15-20 yil oldingi ta’lim oluvchilardan psixologik, etsеtik, ijtimoiy tarraqqiyoti va shu kabilar bilan farq qilishini ham e’tibordan chеtda qodirmaslik kеrak.

To’ritinchidan: Zamonaviy pеdagogikaning usullarini o’rgangan holda har bir ta’lim muassasasi va o’qituvchi  o’zining induvidual xususiyatini hisobga olgan holda o’rganilayotgan matеrialning mazmuni va mohiyatiga qarab dars shaklini va unga mos o’qitish usulini tanlashi lozim.

Biz viloyatimizdagi, rеspublikamizdagi va so’ngi yillarda vujudga kеlgan samarali darslar va o’quv mash?ulotlarni kuzatish, vaqtli matbuotda, pеdagogik va mеtodik adabiyotlarda bayon etilgan mash?ulot shakllarini tahlil qilish asosida shunday xulosaga kеldik.

Tahlillar shuni ko’rsatadiki samarali ijodiy darslarni tashkil etilishi shakliga ko’ra quyidagicha guruxlar ajratish mumkin ekan:

1.Ta’lim oluvchilarda insonparvarlik g’oyalarini shakllantiruvchi darslar, bu darslarning xaraktеrli tomoni shundaki bunda ta’lim bеrish bilan bir qatorda ta’lim oluvchilarni insonparvarlik va o’z-o’zini boshharish asosida tarbiyalash g’oyasi yotadi.Tashkiliy jihatdan bu darslarda ko’proq guruhlarga bo’linib, ta’lim oluvchilarni o’z-o’zini o’qitish uslubi qo’llaniladi.

2.Eng oddiy tajribalardan foydalanish asosida fizikaning oson va hayotiy ekanligini ko’rsatish yo’li bilan ta’lim oluvchi faolligini oshirish darsi. Bunday darslarning o’zagini oddiy fizik tajribalar tashkil etadi.

3.Kasbiy – o’yinlar darsi. Darsning bu shaklida ekspеrimеntal mеtod “Qora yashik” mеtodi qo’llanilib, ta’lim oluvchilarni ijodkorlikka yo’llaydi.

4.Bеrilish darslari. Darsning bu shakli M.L. Tеtеning g’oyasi asosida tashkil etilgan.Darsning bu turi asosan ikkinchi bosqichda qo’llaniladi. U quyidagicha rеjalashtirish: yil davomida o’tilgan darslar soat soni hamma choraklarga tеng bo’linadi. Masalan, mеxanika kursi 25 soatdan qilib to’rt chorakka bo’linadi.haftaning bеsh kuniga surunkasiga bеsh soatdan ta’lim oluvchilar fizikani o’rganadilar. Boshqacha aytganda bir chorak davomida bir marta ta’lim oluvchilar fizikani bеrilib o’rganadilar. Bu hafta davomida fizikani sifat jihatidan o’rganadi. Bunda o’quvilardan faqat qonun, tushuncha, nazariya va faktlarni ayta so’zlab bеrishgina talab etiladi. Kеyingi chorakda esa o’quv matеriallariga aytiladi, kеngaytirilgan va cho’qurlashtirilgan holda o’rganiladi. Bunda ta’lim oluvchilar standart hollarda olgan bilimlarini shlata olishlariga o’rgatiladi. Kеyingi chorakda o’quv matеriallari yana cho’qurroq o’rganiladi. Yangi vaziyatlarda bilimlarni qo’llay olish ko’nikmasi shakllantiriladi. Oxirgi chorak ta’lim oluvchilar bilimini no standart vaziyatlarda ham qo’llay olish ko’nikmasi hosil qilinadi, ya’ni ijodiy bosqichga o’tiladi.

      Zamonaviy fizika darsning o’ziga xos tomoni va unga qo’yiladigan talab, samarali mеtodlar asosida ta’lim oluvchilarni o’qitish va tarbiyalash, u o’qituvchidan barcha o’qitish vositalaridan yuksak mahorat bilan foydalangan holda ijodkorlik bilan darsni tashkil etishni ta’lim oluvchilarning ijodiy mustaqilligiga alohida e’tibor haratishni muammoli holatlarni o’qitish jarayonida ko’proq qo’llashni talab etadi.  Zamonaviy fizika darslarining tahlili shuni ko’rsatadiki, darslarda ta’lim oluvchilar guruhining faolligiga erishishi bilan bir qatorda, ularning yakka-alohida xususiyatlariga e’tibor haratish ham alohida talab etiladi.

O’sib kelayotgan o’g’il-qizlarimizning har tomonlama barkamol avlod bo’lib, hayotga kirib kelishlarini ta’minlash jamiyat oldidagi eng ulug’ maqsadlardandir. Bugungi tezkor davr o’quvchilardan mukammal bilim olishni talab etmoqda. Zero, yoshlarimizning kelajakda erishadigan muvaffaqiyati mustaqil bilim olish layoqati, o’z-o’zini rivojlantirish va takomillashtirish qobiliyatiga ega bo’lishi bilan belgilanadi. Bolalarga bunday munosabat ta’limga oid davlat siyosatida, uning hayotga joriy bo’layotgan tamoyillarida to’la namoyon bo’lmoqda.

“Fizika” fani 6-9-sinflarda haftasiga ikki soatdan o’qitiladi. 6-sinfda o’quvchilarga fizik hodisalar va kattaliklar haqida umumiy ma’lumotlar beriladi. Bu bilan o’quvchilarni fizikaga qiziqtiriladi, fizika fani haqida dastlabki tasavvur hosil qilinadi, tevarak-atrofdagi fizik hodisalarning mohiyatini elementar tarzda tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarashlari shakllantiriladi.

6-sinfda o’quvchilar 4-sinfda o’qitilgan tabiatshunoslik fani va 5-sinfda o’tilgan botanika va geografiya fanlarida o’rganilgan:

-suv, yer, havo, olov, yomg’ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o’t, qush, baliq kabilarni;

- yorug’lik va qorong’ulikning farqini, osmon, quyosh, oy, yulduzlar haqidagi bilimlarni, ularning har kuni chiqishi va botishi haqidagi tasavvurlarni;

- o’zi yashayotgan joyning xususiyatiga muvofiq tog’, vodiy, dala, daryo, qishloq, shahar nima ekanligini bilishi kerak.

Bu tushunchalar orqali o’quvchilar jism va hodisalarni ko’ra olishi, eshitishi, qabul qila olishi va kuzata olishi kerak. Bu kuzatishlar orqali tabiiy geografiya, biologiya va kimyo predmetlari mazmunida uchraydigan fizikaga oid bilimlarni o’zlashtirishga tayyorlanadi.

O’quvchilar yuqori sinflarda fizika kursining barcha bo’limlarini sistemali ravishda o’rganadilar. Bunda fizika ta’limi mazmuni ijtimoiy hayotda, tevarakatrofda uchraydigan fizik hodisalar va jarayonlar bilan bog’lab o’rgatiladi.

Fizika fani o’quvchilar qalbiga oson kirib borishi, ularning xotirasidan mustahkam o’rin olishida jonli misollar, hayotiy taqqoslar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni tajribadan har bir fan misolida samarali foydalanish mumkin.

Fizikaning tabiat sirlarini ochishdagi fundamental ahamiyatini va uning qonunlarining hozirgi zamon texnologiyasining asosini tashkil qilganligi hamda fizika sohasidagi bilimlar kelajakda jamiyat taraqqiyoti uchun benihoya katta ahamiyatga ega. Fizika o’quv predmeti sifatida shakllantirish uchun yetarli darajada imkoniyatlarga ega. Bu o’quv predmetining barcha texnik qurilmalarning asosi sifatida namoyon bo’lishi, egallagan bilimlarining hayotda hayotda qo’llash imkoniyatlarning ko’pligi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, fizikani o’rganish jarayonida o’quvchi bilishning barcha bosqichlari (kuzatish, gipoteza, tajriba o’tkazish, mushohada qilish va natijalarni umumlashtirish)da o’tkaziladi.

O’quvchilarni fizika faniga qiziqtirishni bir nechta usullari mavjud. Masalan, fizikani boshlang’ich kursida o’quvchilarni xalq ertaklari va matallaridan foydalanish , yaxshi samara beradi. Bu ertak va matallar dars jarayonida, savol-javoblar , qiziqarli kechalar, fizikadan har xil mushoiralar, viktorinalar, quvnoqlar va zukkolar tanlovini o’tkazishda hamda darsdan tashqari mashg’ulotlar qo’l keladi. Ertak va matallardagi bunday obrazli o’xshatishlar fizika fanini boshqa fanlar bilan yaqinlashtirish, fizikadagi bir-biriga yaqin bo’lgan mavzularni birlashtirishda muhim ro’l o’ynaydi. Masalan, 6-sinfdagi boshlang’ich tushunchalarda moddiy nuqta, trayektoriya, yo’l va ko’chish, vaqt, tezlik kabi kattaliklarni tushuntirishda o’quvchilarni o’zlari uchun qiziqarli bo’lib qolgan ,, Bo’g’irsoq ’’ ertagi orqali qiziqtirish muhim ro’l o’yanaydi. O’rmon tomon yo’l olgan bo’g’irsoq trayektoriya orqali o’rmon yo’lagidan yurib, yo’lida har xil hayvonlarga duch keladi. Qo’shiq aytib berib, vaqtdan yutadi. Bu vaqt har xil hayvonlarda har xil bo’ladi. Bu mavzularda bo’g’irsoqning shakli sababli harakatining osonligi yo’lning notekisligi harakatga salbiy ta’sir qilmaydi. Ertak orqali ko’chish, yo’l, trayektoriya, tezlik ,vaqt kabi fizik kattalikar o’quvchilarga qiziqarli qilib tushuntiriladi.

Yana shunday ertaklardan ,,Qizil qalpoqcha’’ ertagi. Buvisinikiga yo’l olgan qizil qalpoqcha o’rmon yo’lagi orqali harakat qiladi. Bo’ri esa yo’lakdan yurmay, ko’chish orqali qizil shapkachadan oldin buvisinikiga yetib oladi. Bu ertak orqali ham yuqoridagi mavzularda foydalanib, o’quvchilarni fizika faniga qiziqtirish mumkin.

Yoshlik chog’larida o’quvchilarni sevimli ertaklaridan bo’lgan ,, Sholg’om’’ ertagidagi hodisalar- kuch, og’irlik kuchi, ishqalanish kuchi, tortish kuchi mavzularida foydalanish mumkin. Bobo sholg’omni torta olmagach, yordamga buvi, nabira, it, mushuk va sichqonni chaqiradi: kuchlarni qo’shilish natijasida, sholg’om ornidan jiladi.

O’quvchilarni fizik hodisalarni o’rganishda mustaqil ravishda kuzatish, tajribalar o’tkazish, tajriba natijalarini umumlashtirish hamda darsliklar, o’quv qo’llanmalari va boshqa qo’shimcha adabiyotlardan foydalana olishga o’rgatish muhim o’rin tutadi.

Ma’lumki, organizm muhitning harorat (temperatura), ravshanlik(yorug’lik), namlik(absolyut va nisbiy), havo bosimi, shovqin, elektr va magnit maydoni, radiatsiya oqimi, radiaktivlik va shu kabi fizik xarakteristikalarning o’zgarishidan darhol ta’sirlanadi.

Fizikani o’rganishda o’quvchilarga biofizikaga oid materiallardan ham foydalanish mumkin. Biofizika elementlarini o’quvchilarga o’rgatishda o’qitishning turli formalaridan foydalanish mumkin:dars, ekskursiya, amaliy ish va laboratoriya

mashg’ulotlari, o’quvchilarning mustaqil tadqiqot olib borish faoliyati, referatlar tayyorlashi va boshqalar. Biroq biofizikaga oid materialni o’rganishda ko’pincha darsdan foydalanish yaxshi natija beradi.

Kuzatishlar o’quvchilarni biofizika elementlari bilan tanishtirishda fragmentdan foydalanish maqsadga muvofiq ekanini ko’rsatdi, chunki u juda kam o’quv vaqtini sarf qilishni talab etadi va fizika bilan biologiyaning bog’lanishini sistemali amalga oshirilishini ta’minlaydi. Buning uchun ancha ko’p vaqtdan foydalanish o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqi faoliyatining turli xillari va fakultetiv mashg’ulotlar uchun xarakterli deb hisoblanadi.

O’rganish uchun ajratib olingan biofizik materialni didaktik jihatdan shunday o’zgartirish kerakki, uni fizikaning aniq bir mavzularini o’rganish uchun eng yaxshi holga keltirish lozim bo’lsin, chunki, o’quchilarga biofizika elementlarining mazmunini ochib berishning metod va formalari o’quvchilar o’quv faoliyatini tashkil etishning turli usullarini va alohida o’qitish metodlarini talab qilmaydi. Ular o’quvchilarni texnika elementlari bilan tanishtirish uchun foydalanadigan metodlardan deyarli farq qilmaydi. Albatta, bunda biofizik jismning o’ziga xos mazmuni hisobga olinishi, materialni chuqur bayon qilish usuli to’g’ri aniqlanishi, aniq dars orasiga jismlarning xususiyati va xossasini hisobga olinishi kerak.

Issiqlik hodisalari mavzularida issiqlikning inson hayotida eng muhim o’rin tutishi ko’rsatib beriladi. Bunda o’quvchilarning yosh xususiyatini hisobga olib, televizorda ko’rgan multfilmlari, qadimgi dunyo tarixi darslarida eshitgan olov haqidagi afsonalari eslatilib, insonning yashash uchun tabiatda olib borgan kurashlari qiziqarli holda o’tkaziladi. Darslikda ulardan ayrimli keltirilgan. ,,Olovni bo’ysundirish’’ nafaqat qadimgi davrda, balki hozirgi zamonning eng baquvvat texnikasida ham asosiy harakatlantiruvchi kuch ekanligi ko’rsatib beriladi. Masalan: Kosmik uchiruvchi raketa, qit’alararo raketa, barcha kemalar, avtomobillar, traktorlar, poyezdlar va hokazo. Shunga ko’ra issiqlik hodisalarni o’rgaish, u bilan bog’liq mashinalarni ishlatish, sozlash va takomillashtirishda kerak bo’lishi uqtiriladi. Undan keying mavzu ,,issiqlikni hosil qiluvchi va qabul qiluvchilar’’ga o’tish bir tekisda boradi. Yerdagi issiqlikning asosiy manbai-Quyoshdir. Avtomobil dvigatelida yonib turgan benzinning ham asosi Quyosh ekanligi tushuntirib o’tiladi. Bu bilan birga issiqlikni faqatgina nimanidir yondirish orqali emas, balki ish bajarib ham hosil qilish mumkinligi isbotlab ko’rsatiladi. Bundan tangani jun materialga ishqalaganda isiganligi namoyish qilinadi. Bu bilan ishning energiyaga, energiyaning ishga aylanishi tushunchasi hosil qilinishiga zamin yaratiladi.

Hozirgi fan-texnikaning rivojlanishi bilim, amaliyot va tajriba o’zaro aloqani uzviy bog’lab borilishini taqozo qiladi. Fizika fani ishlab chiqarishdan ajratilgan holda o’qitilsa, o’quvchilar bu fanning nima uchun kerakligini, uni o’rganishning nima uchun zarurligini tushuna olmaydilar. O’quvchilarning faqatgina fizika faniga qiziqishini oshirishga qaratilmay, balki ularning texnik faolligini rivojlantirish, fan va texnika yutuqlarining zamonaviy ishlab chiqarishdagi o’rni va ahamiyatini ko’rsatish bilan ularning politexnik tayyorgarligini kuchaytirishni ham ko’zda tutadi. Jumladan, “Elektr sig’imi”, “Kondensatorlar”, “Yarim o’tkazgichli asboblar”, “Elektromagnit tebranishlar va to’lqinlar” mavzular o’tilayotgan vaqtda uning amaliy ahamiyatiga e’tibor berilishi, o’quvchilarning texnik ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.

O’quvchilar “Tokning magnit maydoni” masalasini o’rganishda organizm to’qimalarining magnit xossalari, to’qimalar ma’lum darajada suvga o’xshab diamagnit ekani, shuning uchun u tashqi magnit maydon ta’sirida umuman magnitlanmasligi haqida bilib oladilar. Biroq organizmda paramagnit moddalar, molekulalar, ionlar mavjud(organizmda ferramagnit zarralar bo’lmaydi). Magnit maydon ularga ta’sir etib, hayot faoliyatining ko’pgina jarayonlariga, masalan, hujayralarning holatiga, to’qimalarning nafas olishiga, odamning nerv sistemasiga va boshqalariga ta’sir etadi. Yana shuni ham nazarda tutish kerakki, o’tkazgichning qarshiligi kichik bo’lganda qarshilik qancha kam bo’lsa, tok kuchi shuncha katta bo’ladi. Bunga e’tiborsizlik qilingan hollarda og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Fizika fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarni bu fanga qiziqtirishni yana bir usullaridan biri dars mobaynida fizik tajribalar tabiatdagi fizik jarayonlarni o’quvchilarning o’zlari fizikani o’rganishga qadar kuzatganlar. Lekin bu kuzatishlar natijasidabarcha o’quvchilar ularning mohiyati haqida to’g’ri xulosa chiqara olmaydilar, albatta. Bundan tashqari hamma o’quvchilar ham mavjud jarayonlarning barchasini ko’rmagan. Shu sababli maktab sharoiti doirasida sinfda maxsus tashkil etiladigan fizik tajribalarni ko’rsatish zaruriyati tug’iladi. Fizikadan to’g’ri tashkil etilib, namoyish qilingan va talqin etilgan tajribalar o’quvchida nafaqat asbobuskunalar tuzilishi, ishlashini o’rganib qolmay, balki ulardagi qonuniyatlarni payqashga ham imkoniyat tug’diradi. Fizik namoyishlar o’quvchilarga mazkur fanga bo’lgan qiziqishlarini ham orttiradi. Namoyishlar yordmida fizik tushunchalar, fizik kattaliklar va ularni o’lchash imkoniyatlari ko’rsatilad. Ular so’ngra laboratoriya ishlarini bajarishda, masalalarni yechishda shakllanadi, rivojlanadi va bilimlari chuqurlashib boradi. Fizika darslarining boshida shunday tajribalarni namoyish etish kerakki, ular oddiy bo’lsa-da, boshlang’ich nuqta bo’lsin. Ularda ko’rgan hodisalar, keyinchalik boshqalarini tushuntirish uchun asos bo’ladi. Fizik kattaliklarning o’lchamlari(uzunlik, vaqt, massa, bosim, temperatura va h.k) aniqlanadi va ular orasidagi miqdoriy va sifat bog’lanishlari ko’rsatiladi(suyulik bosimining idish tubiga bosimi).

Namoyish tajribalarini o’rgatish jarayonida fizika qonunlaridan amalda foydalanishni ko’rsatishdan iborat(issiqlik mashinasi, termometr).

Keyingi namoyishlari bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgandir. Ularda ko’rsatiladigan tajribalarda bir nechta fizik qonun ishlatilgan murakkab jarayon ko’rsatiladi. Albatta, bunday tajribalar unchalik ko’p bo’lmay, o’quvchilarda ma’lum miqdorda bilimlar to’planganda o’tkaziladi. Ko’rsatiladigan namoyishlar soni ko’p bo’lmasligi kerak. Tajriba o’qituvchi tushuntirishiga ko’makchi sifatida berilgani ma’qul. Ishlatiladigan asboblar sodda va turli xil bo’lib, o’quvchi diqqatini charchatmasligi kerak. Eng muhimi namoyish qisqa muddatli bo’lishi talab qilinadi. Shuningdek, uyga bajarish uchun qiziqarli tajribalar ham berish mumkin.

1. Yupqa devorli stakan olib, issiq suvga botirib qo’ying. So’ngra ochiq tomoni bilan sovuq suvga to’nkarib qo’ying. Birozdan so’ng stakan ichida sovuq suv ko’tariladi. Nimaga?

2. Ikkita stakan oling. Ularning og’zi bilan bir xil diametrda rezina halqa qirqib oling. Birinchi stakan og’ziga rezina halqani qo’ying. Kichik qog’oz bo’lagini stakan ichiga tashlab yoqib yuboring. Darhol ikkinchi stakan og’zini rezina halqa ustiga qo’yib yoping.1-2 s dan so’ng yuqoridagi stakanni ko’tarsangiz pastkisi ham qo’shib ko’tariladi. Nega?

3. Qalinroq karton qog’ozdan quticha yasang. Uning ichiga suv quyib qizigan elektr plitkasiga qo’ying. Suv isiydi va nihoyat qaynaydi. Quti butun qoladi. Sababini tushuntiring.

Fizikadan ekskursiyalar o’tkazish metodikasi bir qator tadqiqotlarda o’z aksini topadi, biroq ularda kuzatish obyekti sifatida asosan qishloq xo’jalik va sanoat korxonalari xizmat qiladi. O’quvchilarning fizikadan olgan bilimlari sifatini yaxshilash ularni kasbga yo’llash uchun uyushtiriladigan ekskursiyalar yaxshi natija beradi.

Masalan, kosmonavtikaga oid ko’rgazmalari bor muzeylar, meditsina texnikasiga oid poliklinikalarda kuzatuvlar. Maqsad- o’quvchilarni elektr tokining organizmga biologik ta’sirini ko’rsatish va uning meditsina asboblarida bemorlarni diagnostika qilish va davolashda qo’llanilishini o’quvchilarga ko’rsatish. Ekskursiya poliklinikaning fizioterapevtik kabinetida o’tkaziladi.

Ekskursiyalarni mavzuviy, fikriy-ilmiy sayohat usulida ham olib borish mumkin. Buning uchun ko’hna Samarqand imoratlari, rasadxona rasmlari tushirilgan otkritkadan foydalaniladi. Fizika xonasida epidiaskop ishlasa, ularni kattalashtirib, ekranga tushirish mumkin . O’quvchilar ilmiy sayohat ishtirokchilari, o’qituvchi esa ,,gid’’ vazifasini bajaradi.

Tanishtirish temuriylar davrida qurilgan tarixiy obidalar bilan boshlab, rasadxona rasmiga kelib to’xtaydi. Rasadxonani qurish uchun loyihaning boshida Ulug’bekning o’zi turganligini, o’sha davrning buyuk matematigi G’iyosiddin Jamshid loyihalarga tuzatish kiritganligini, astronomik asboblarni tayyorlash va qurishda katta hissa qo’shganligi aytiladi. Bu tadqiqotlarning davomi sifatida teleskoplar yaratilishi va hozirgi zamondagi radioteleskop, rentgen teleskoplari va kosmosga chiqarilgan teleskoplar haqida tushuncha beradi.

O’quvchilarni fizika faniga qiziqtirishda har xil fizikaga oid topishmoqlardan ham foydalanish mumkin. Topishmoqlar aql-zakovat, fikr o’tkirligining sinov quroli hisoblanadi. Chunki u o’quvchini hozirjavoblikka o’rgatadi. Dars jarayonida ruhiy charchashning oldini oladi. O’qituvchiga esa o’quvchilarning zehni dunyoni o’rganishga, ularni individual xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi.

Ko’zga ko’rinmas

Qo’lga ilinmas,

Shusiz hech joyda,

Hayot ham bo’lmas. (Havo)

Kerak har bir xonadonga,

Issiqligi huzur jonga.

Televizor, xolodelnik,

U bor bo’lsa jonli tirik. (Elektr toki)

Nur sochadi har yoqqa,

Kerakmas unga gugurt.

U bilan ravshandir yurt. (Lampochka)

Ming chiroqda yuzta son,

O’lchar yuza va tomon. (Santimetr)

Fizikadan o’tkaziladigan to’garaklar o’quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirishing eng qulay shakli bo’lib, unda fizikaga, uning amaliy tadbiqlariga qiziqish mayllarini ixtiyoriy ravishda jalb qilinadi. To’garaklarining muvaffaqiyati uni to’g’ri tashkil qilishda to’garakdan maqsad o’quvchilarni fizik tajriba o’tkazishda mustaqillik, tashabbuskorlik va faolligini oshirishdir. To’garak mashg’ulotlarini qiziqarli qilib tashkil etish maqsadida ba’zi hollarda o’quvchilar dars bilan kamroq band bo’lgan kunlarida, ularning o’tkazish usul va metodlarini juda tez o’zgartirib turish maqsadga muvofiqdir.

Maktabning ta’limiy muhitiga fizika xonasining jihozlanganligi, kompyuter sinflarining mavjudligi kiradi. Hududda ishlab chiqarish korxonasi, muzeylarning borligi va ularga ilmiy sayohatlar uyushtirish imkoniyatlari esa maktabdan tashqari ta’lim muhiti hisoblanadi. O’quvchilarning ta’limga bo’lgan ehtiyojini o’rganishning usullaridan biri - bu kuzatishdir. Kuzatish ishlari darsda va darsdan tashqari paytlarda ham o’tkazilishi kerak. Bunda qaysi mavzudagi kitoblarni ko’proq o’qishi, qanday to’garakka qatnashi, sayohatga chiqqanda, muzeyga borganida, ko’rgazmalarda bo’lganida o’zini tutishi ham hisobga olinadi.

Maktabda o’quvchilarni fizika faniga qiziqtirishda tatbiqiy fizika hamda fanlararo bog’lanishlarning ahamiyati katta. Shu munosabat bilan maktabda, biofizika elementlarining kiritilishi eng avval o’quvchilarda fizika predmetini chuqur va keng o’rganishlarida zamin yaratadi, fanlararo aloqadorlikni jonlanatiradi, o’quvchilarda kasbga bo’lgan qiziqishlarini oshirib, uni ongli ravishda tanlash imkoniyatlarini yaratadi, politexnik ta’limni yanada kuchaytiradi. Fizika o’qituvchisi fizikaga oid materiallarni boshqa predmetlar bilan bog’lagan holda o’tishlari uchun ular eng avval, o’rta maktabda o’tiladigan predmetlarning programmalari bilan yaxshi tanishishlari hamda taklif etilayotgan materiallar mazmuni, maqsadi va vazifalarini yaxshi bilishlari zarur. Shuningdek, fizika o’qituvchisi o’quvchilarning fizika predmeti materiallaridan olgan bilim va ko’nikmalarini qaysi biri qachon va qaysi temani o’tishda boshqa predmet-o’qituvchisiga yordam berishini, xuddi shuningdek, fizik materiallar amaliyotda qayerda, qancha miqdorda qo’llanishini ham bilishlari kerak. Aks holda fizika o’qituvchisi boshqa predmet o’qituvchilariga yaqindan yordam bera olmaydi va o’z predmetini ham boshqa fan materiallariga, ayniqsa, amaliyot bilan bog’lagan holda tushuntira olmaydilar. Biofizika elementlarini fizika kursida hamda boshqa predmet materiallari bilan bog’lab o’qitish va tarbiya jarayonida, samaradorligini oshirishda, o’quvchilarning har tomonlama to’liq va mustahkam bilim olishlariga katta imkoniyat yaratib beradi.

Keyingi yillarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari (shamol, quyosh, geothermal, biomassa) haqida ommaviy axborot vositalari, ilmiy-amaliy konferensiyalarda ko’plab yangi ma’lumotlar e’lon qilinmoqda. Shu bois, bu ma’lumotlarni ta’lim jarayoniga , xususan, fizika darslariga tatbiq qilish, energiya, energetikaning eng so’nggi zamonaviy fizik va texnologik asoslarini o’quvchilarga yetkazish, ularda bu soha bo’yicha yetarlicha bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Ilm-fanga, ustoz-murabbiylarga e’tibor qaratilayotgan shunday zamonda biz o’qituvchilardan yangi zamonga yangicha qarash, yondoshish va texnologiyalar bilan o’quvchilar ongiga, qalbiga kirib borish talab qilinar ekan, shu oliy maqsad ila qadam tashlashimiz lozimdir.

Turli idishdagi suvlarga barmog‘imizni tiqib, ulardan qaysi biri issiqroq, qaysinisi sovuqroq ekanini seza olamiz. Issiq suvning temperaturasini yuqori, sovuq suvnikini esa past deymiz.

Odam tanasining temperaturasini o‘lchashda tana bilan termometr ichidagi simob orasida issiqlik muvozanati qaror topguncha ma’lum vaqt o‘tadi. Issiqlik muvozanati qaror topgandan keyin termometr ko‘rsatishi o‘zgarmaydi.

Moddalarda issiqlik almashinishi natijasida ularning temperaturalari tenglashishiga issiqlik muvozanati deyiladi.

Turli temperaturali moddalar tashqi ta’sir bo‘lmasa, vaqt o‘tishi bilan issiqlik muvozanatiga keladi. Masalan, muzlatgichdan sovuq suvni olib, stol ustiga qo‘ying. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin uning temperaturasi xona temperaturasi bilan tenglashadi, ya’ni muvozanatli holatga keladi.

Temperaturaning Selsiy shkalasi

Moddalarning temperaturasi termometr yordamida o‘lchanadi. Odatda, ko‘p foydalaniladigan termometr — simobli termometr . Bunday termometr rezervuarida simob bo‘ladi. Temperatura ortganda rezervuardagi simob hajmi kengayadi va u naycha orqali yuqoriga ko‘tariladi. Termometr shkalasi darajalangan bo‘lib, simobning qancha ko‘tarilganligiga qarab temperaturani bilib olish mumkin. Temperaturaning o‘lchov birligi qilib gradus olingan. Normal atmosfera bosimida muzning erish temperaturasi 0 gradus deb, suvning qaynash temperaturasi 100 gradus deb olingan. Bu oraliq 100 ta teng bo‘laklarga bo‘lingan va har bir bo‘lak 1 gradus deb qabul qilingan. «Gradus» lotinchada «qadam» degan ma’noni bildiradi. Bunday shkala 1742-yilda shved olimi A.Selsiy tomonidan tavsiya etilgan va u temperaturaning Selsiy shkalasi deb ataladi. I bob. Modda tuzilishining molekular-kinetik nazariyasi asoslari 16 Selsiy shkalasida o‘lchangan temperatura °C shaklida belgilanadi va «gradus selsiy» deb o‘qiladi. Termometrlar turlicha darajalangan bo‘ladi. Masalan, suvning temperaturasini o‘lchaydigan termometrlar 0 dan 100°C gacha, odam temperaturasini o‘lchaydigan tibbiyot termometri 35 dan 42°C gacha, havo temperaturasini o‘lchaydigan termometr esa, odatda, −20 dan 50°C gacha darajalangan bo‘ladi.

Absolut temperatura.

Turmushda asosan Selsiy shkalasida ifodalangan t temperatura qo‘llaniladi. Lekin moddalardagi issiqlik hodisalarini o‘rganishda absolut temperatura deb ataladigan va T harfi bilan belgilanadigan temperaturadan foydalaniladi. Absolut nol temperatura mumkin bo‘lgan eng past temperatura. Bunday temperaturada modda molekulalarining harakati to‘xtaydi. Kelvin tomonidan 1848-yilda taklif etilgan absolut temperatura shkalasi Kelvin shkalasi deb ataladi. Unda T temperatura kelvin (1 K) hisobida o‘lchanadi. Kelvin shkalasida olingan temperatura birligining qadamlari qiymati Selsiy shkalasidagi qiymatga teng qilib olingan. Selsiy shkalasida o‘lchanganda absolut nol temperatura −273,15°C ga teng ekanligi aniqlangan. Bu demakki, t = 0°C da T = 273,15 K bo‘ladi. Agar 273,15 K ni yaxlitlab 273 K deb olsak, Selsiy shkalasidan Kelvin shkalasiga o‘tish formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:

T = t + 273. (1)

Temperaturaning molekular-kinetik talqini

Bir stakanda issiq, ikkinchi stakanda sovuq suv olaylik. Issiq suv molekulalarining o‘rtacha tezligi sovuq suv molekulalarining o‘rtacha tezligidan katta bo‘ladi. Stakanlardagi issiq va sovuq suvni aralashtir8-rasm sak, to‘qnashishlar paytida tez harakatlanayotgan molekulalarning tezliklari nisbatan kamayadi, sekin harakatlanayotgan molekulalarning tezliklari esa nisbatan ortadi. Vaqt o‘tishi bilan sovuq va issiq suv molekulalarining o‘rtacha tezliklari tenglasha boradi.

Molekulalarning kinetik energiyasi ularning tezliklari kvadratiga proporsional. Shu sababli turli tezlikdagi molekulalar to‘qnashganda o‘zaro energiya almashadi. Issiqlik muvozanati qaror topganda molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi aniq bir qiymatga ega bo‘ladi.

Makroskopik nuqtayi nazardan temperatura modda issiqlik holatining miqdoriy o‘lchovidir. Shuningdek, molekular-kinetik nuqtayi nazardan modda issiqlik holatining miqdoriy o‘lchovi molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasidir.

Temperatura va molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi bitta mohiyat — modda issiqlik holatining ikki xil ifodasidir. Ular masshtablari va o‘lchov birliklari bilangina farqlanuvchi fizik kattaliklardir.

Temperatura va molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi orasidagi bog‘lanish quyidagicha ifodalanadi:

Ek=(3/2)kT, (2)

bunda k = 1,38 ⋅ 10-23 J/K — Bolsman doimiysi. Bu kattalik eksperimental ravishda o‘lchangan.

Bolsman doimiysi gaz molekulalarining o‘rtacha kinetik energiyasi va gaz temperaturasi orasidagi bog‘lanish koeffitsiyentini ifodalaydi.

Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi bo‘lgan p=(2/3)nEk ifodadagi Ek o‘rniga (2) ifoda qo‘yilsa, ideal gaz bosimining temperatura orqali ifodasi kelib chiqadi:

p=(2/3)nEk=(2/3)n(3/2)kT yoki p=nkT (3)

Ideal gazning bosimi gaz molekulalarining konsentratsiyasi va uning temperaturasiga to‘g‘ri proporsionaldir.

Xulosa o’rnida shuni ayta olamanki biz o’qituvchi bo’lganimizdan so’ng nafaqat 9-sinf balkim boshqa snflarda dars o’tar ekanmiz dars jarayonlarini qiziqarli tarzda o’quvchi tushunadigan til orqali bron o’yin yoki boshqa br yo’nalish orqali o’rgatishmiz mumkin. Masalan 6-sinfdan fizika kursi boshlanadigan bo’lsa 6-sinf o’quvchilariga biz fizikani ilmiy tilde aytadigan bo’lsak ular darsni yxshi o’zlashtira olmaydilar. Shuning uchun ham biz darniqiziqarlitarzda hayotiy olb sodda tilde tushuntirishni boshlagan holda sekin asta ilmiy til orqali tushuntirsak ularning darsni o’zlashtirish salohiyati o’z o’zidan ortadi. Misol uchun elektr qarshilikni biz ilmiy til orqali “Elektir qarshilik


Download 46,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish