3-§. Fuqarolar yig'inini tashkil etish
Fuqarolar yig'ini fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlaridir. Ularni tashkil etish konstitutsiyaviy asosga ega. Bu institut mamlakatdagi demokratik institutlar tizimida yetakchi mavqega ega. Uni tashkil qilish, faoliyati demokratik prinsiplarga asoslanadi. Qonunda bu prinsplar alohida moddada mustahkamlab qo yilgan bo'lib, quyidagilardir: 1. Qonuniylik prinsipi - barcha masalalar qonun asosida am alga oshirilishi, qonun oldida barchaning tengligi, qonun ustuvorligida ko'rinadi. O'zini o'zi boshqarish organlari fuqarolarni qonunga hurm at ruhida tarbiyalashdek m uhim vazifani bajaradi. 2. Insonparvarlik prinsipi - inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi prinsipi, bu shaxs manfaati, fuqaro manfaati ustun qo'yilishida, fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati joyiga qo'yilishida, yoshlarning axloqiy tarbiyasiga, oilada yaxshi muhit bo'lishiga e'tiborda ko'rinadi. 3. Demokratizm prinsipi - Fuqarolarnig o'zini o'zi boshqarish organlarini tashkil etishda, faoliyatida hududdagi barcha aholi to'liq ravishda ishtirok etadi. M asalalar ko'pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Fuqarolar yig'ini organlari tarkibiga saylash va saylanishda hamma teng huquqqa ega. Fuqarolar o'z hohish-irodasini erkin bildira oladi, buning uchun ular hech qanday ta’qiblarga uchramaydi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida fuqarolarning ishtiroki, fuqarolarning jamiyat ishlarida ishtirokining boshlang'ich va shu bilan birga eng muhim bosqichidir. Bu demokratiya maktabi hisoblanadi. 4. Oshkoralik prinsipi — barcha m asalalar aholi yoki ularning vakillari ishtirokida kollegial ravishda hal qilinishi, ko'riladigan masalalar haqida xabarlarning oldindan tarqatilishi, qabul qilingan hujjatlarni barchaga yetkazishda ko'rinadi. Fuqarolar yig'ini faoliyatidan barcha xabardor bo'lib turadi. 5. Ijtimoiy adolat prinsipi — hududdagi barcha fuqarolarning manfaati, ularning ish joyi, mulkiy ahvolidan qa’ti nazar teng himoya qilinishida, yordamga muhtojlarga alohida yordam qilinishida, ularni qo'lab-quvvatlash choralari ko'rilishida namoyon bo'ladi. 6. Mustaqillik prinsipi — fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari o'z vakolati doirasida mahalliy ahamiyatga molik masalalarni: obodonlashtirish, atrof- muhitni saqlash, hududda turli xil xizmatlar ko'rsatish masalalarida mustaqil qaror qabul qiladi. Ularning vakolatlariga taalluqli masalalarni hal qilishga hech kirn va hech qanday organ aralashmaydi. 7. Jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam prinsipi - ozini о zi boshqarish organlari faoliyati jamoatchilikka asoslanadi. Unga tegishli ко p masalalar jamoatchilik asosida haq olinmasdan amalga oshiriladi. Mahalla hududida yashovchi barcha fuqarolar o'z imkoniyatiga qarab, xolisona fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etadi, ularni moddiy tomondan qo'llab-quvvatlaydi. 8. Ijtimoiy sheriklik prinsipi — o'z faoliyatini yuritishda o'zini o'zi boshqarish organlari davlat organlari, jamoat birlashmalari, fuqarolar bilan yaqindan aloqada bo'ladi. 9. Mahalliy urf-odatlar va an’analarni hisobga olish prinsipi - mahalliy urf-odatlar, an’analar sobiq tuzum davrida ancha zarbalarga uchragan bo'lsa, ularni tiklashda, ulardan jamiyat, inson manfaatiari yo'lida foydalanishda o'zini o'zi boshqarish organlari muhim rol o'ynaydi. O'zbek xalqining umumiy qadriyatlaridan tashqari alohida hududlarda o'ziga xos urf-odatlar, an’analar mavjudki, ularni hisobga olish taraqqiyotimizga ijobiy ta’sir qiladi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishi mamlakatning butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar o'zini o'zi boshqarishning hududiy birligi, makonidir. Bu birliklarni tuzish, tugatish, shuningdek chegaralarini o'zgartirish, ularga nom berish va uiarning nomini o'zgartirish fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishning tegishli organlari fikrini xisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mahallani tuzish, qo'shib yuborish va tugatish, shuningdek uning chegaralarini belgilash va o'zgartirish o'zin o'zi boshqarish organlari tashabbusi bilan mahalliy davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolar yig'inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga yetgan shaxslar qatnashadilar. Fuqarolar yig'ini organlari quyidagilardan iborat: fuqarolar yig'ini Kengashi; fuqarolar yig'ini faoliyatining asosiy yonalishlari boyicha komissiyalar; fuqarolar yig'ini taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo'lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi). Fuqarolar yig'ini faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha komissiyalar, fuqarolar yig'ini taftish komissiyasi va ma’muriy komissiyani saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo'li bilan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga ko'rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig'inida (vakillar yig'ilishida) hozir bo'lganlarning yarmidan ko'prog'i uni yoqlab ovoz bergan bo'lsa, saylangan hisoblanadi. Fuqarolar yig'ini fuqarolar yig'inining raisi (oqsoqoli), (bundan keyin faqat rais deyiladi) yig'in kengashi tomonidan zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yig'ini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, tuman, shahar hokimining yoki o'n sakkiz yoshga to'lgan va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. Fuqarolarning yig'ini fuqarolar yig'inida qatnashish huquqiga ega bo'lgan barcha aholining yarmidan ko'prog'i hozir bo'lgan taqdirda vakolatlidir. Fuqarolar yig'inini olib borish uchun rayosat saylanadi. Yig'inni fuqarolar yig'inining raisi (oqsoqoli) yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar bo'yicha qarorlar ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Har bir yig'inda yig'in o'tkazilgan sana, hozir bo'lgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar ko'rsatilgan holda bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yig'inining bayonnomasi va qarorini fuqarolar yig'inining raisi va mas’ul kotibi imzolaydilar. Rais yo'qligida, fuqarolar yig'inining bayonnomasini raisning maslahatchilaridan biri va mas’ul kotib imzolaydi. Fuqarolar yig'inini chaqirishning imkoni bo'lmagan taqdirda, fuqarolar vakillarining yig'ilishi o'tkaziladi. Yig'ilishga hovlilar, uylar, ко chalar, mahallalar, mavzelar, dahalardan fuqarolarning namoyondalari vakil qilinadilar. Vakillik normasini fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish ishlari bo'yicha tegishli tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashi belgilaydi. Fuqarolar vakillarining yig'ilishi unda vakillarning kamida uchdan ikki qismi hozir bo'lgan taqdirda vakolatlidir va bunday yig'ilish ushbu Qonunda fuqarolar yig'inlarini o'tkazish tartibiga nisbatan qo'yiladigan talablarga muvofiq o'tkaziladi. Fuqarolar yig'inida shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarning vakillari o'z faoliyatlariga doir masalalar bo'yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir. Fuqarolar yig'ining qarorlarini bajarish va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining fuqarolar yig'inlari oraliq davrdagi joriy faoliyatni amalga oshirish uchun fuqarolar yig'ining raisi, uning maslahatchilari, fuqarolar yig'ini faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha komissiyalarning raislari va yig'ining mas’ul kotibidan iborat tartibda fuqarolar yig'ining kengashi tuziladi. Fuqarolar yig'ini kengashining majlisi fuqarolar yig'inining raisi (oqsoqoli) tomonidan, zaruratga qarab, lekin oyida kamida bir marta o'tkaziladi. Fuqarolar yig'ini kengashining majlisi, agar uning ishida Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo'lsa, vakolatli hisoblanadi. Qaror, agar uni fuqarolar yig'ini kengashining hozir bo'lgan a’zolaridan yarmidan ko'prog'i yoqlab ovoz bergan bo'lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Fuqarolar yig'ini kengashining qarori ochiq ovoz berish yo li bilan qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |