NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETUTI
TABIIY FANLAR KAFEDRASI
KIMYO YO’NALISHI
K.KIM AU 21 GURUH TALABASI ABDURAHIMOV IBROHIMNING
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
FANIDAN TAYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
O'zbekistonda o'zini o'zi boshqaruvning mahalliy о’zini о’zi boshqaruv emas, fuqarolarning o'zini o‘zi boshqaruvi deb nomlanishi masalaning asl mohiyatiga mos keladi va ozini o'zi boshqaruvning davlat boshqaruvidan holi ekanligini ko'rsatadi. O'zini o'zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo'nalishi, jahon davlatchiligi va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institut hisoblanadi. О’zini o'zi boshqarish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan bo'lib, bu huquq fuqarolarning o'zini o'zi boshqaruv organlari orqali amalga oshiriladi. О’zini о zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat ko'rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tizimidir. O'zini o'zi boshqarish tushunchasi bilan o'zini o'zi boshqarish organlari tushunchasi bir biridan farq qiladi. O'zini o'zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat faoliyat bo'lsa, o'zini o'zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi. O'zini o'zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat ishlarida ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o'zini o'zi boshqaruv fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini ta’minlovchi muhim vositalardan biridir. Bu Konstitutsiyaning 32-moddasida ham o'z ifodasini topgan. Unga asosan fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o'zini o'zi boshqarish orqali ishtirok etadi. Bizning Konstitutsiyamiz o'zini o'zi boshqarish masalasiga faqat fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini faoliyatini belgilasl bilan yondashgan. Aslida o'zini o'zi boshqarish ancha keng faoliyat bo'lib, bir necha harakatlarni o'z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umumxalq ovozi) ham ayrim mamlakatlarning Konstitutsiya va qonunlarida o'zini o'zi boshqarish hisoblanadi. Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkiloti, korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham o'zini o'zi boshqarish orqali faoliyat olib boradi. O’quv yurtlardagi ota-onalar qo'mitalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang'ich tashkilotlari ham o'zini o'zi boshqarish ko'rinishidadir. Shunday qilib, o'zini o'zi boshqaruv aholi tomonidan turli xil Kengash, qo'mita va boshqa tuzilmalar orqali amalga oshiriladi. O'zini o'zi boshqaruv demokratiyaning bir ko'rinishi bo'lib, xalq hokimyatini ro'yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib borgan sari o'zini o'zi boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va muhim instituti hisoblanadi. O'zini o'zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o'zini o'zi boshqarish organlarini tuzishda, uiarning tashkiliy tuzulmalar ishida ishtirok etishda ko'rinadi. Biror-bir yo'l bilan o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni cheklash, to'sqinlik qilish mumkin emas. “Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida”’gi Qonunda (8-modda) fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi ko'rsatilgan va uiarning amaliy faoliyati ham shuni ko'rsatadi. Ayrim xorijiy mamlakatlarda o'zini o'zi boshqaruv davlat organlaridan mustaqil deb ko'rsatilgani bilan (Rossiya Konstitutsiyasining 12-moddasida, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari davlat hokimyati organlari tizimiga kirmaydi, deb belgilangan), ba’zan bu qoidaga zid holatlar mavjud. Masalan, Rossiyada 50 mingdan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy boshqaruv ma’- muriyati boshlig'i - o'lka, viloyat m a’muriyati boshlig'i, davlat organi tomonidan tayinlanishi belgilangan. O'zbekistonda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini aniq bir xil pog'onada mahallalarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, uiarning O'zbekistonning siyosiy tizimida o'zining munosib o'rnini topishiga, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga sabab bo'ladi. Albatta, shahar va mahallalarda tuzilgan o'zini o'zi boshqarish organlari vakolatlarida farq bor. O'zini o'zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini ta’minlovchi, ularning m a’naviy tarbiyasiga, ijtimoy himoyasiga ta’sir qiluvchi va boshqa manfaatlarini ro'yobga chiqarishga hissa qo'shuvchi muhim tuzilmadir. Keyingi paytda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyati yanada faollashdi va kengaydi. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga katta umid bog'lanmoqda. Buni Prezidentimizning “Biz fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o'zini o'zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir”, degan so'zlaridan ham bilsa bo'ladi. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar faqat davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish bilan chegaralanmaydi. Bu jamiyatda har bir shaxsning fikri, ovozi e ’tiborga olinishi, har bir kishi o'zini to'laqonli shaxs, jamiyatning to'la a’zosi deb his qilishi kerak. Bunda ham fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining roli kattadir. O'zini o'zi boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakllantirishda, O'zbekistonning eng katta yutug'i ushbu masalani hal qilishga milliy an’analar, qadriyatlarni tiklash, aholining tub m anfaatlariga mos keluvchi yo'lni tanlash nuqtai nazaridan yondashish bo'ldi. Ya’ni, o'zini o'zi boshqarishda asosiy tayanch (makon) qilib mahallar belgilandi. O'zbekiston mahallalari kabi kuchli, samarali va ta’sirchan vosita boshqa mamlakatlarda yo‘q. U uzoq davrlardan ijtimoiy hayotda beqiyos o'ringa ega bo'lib kelgan. Inson qalbida Vatan tuyg'usining shakllanishiga, milliy g'ururning vujudga kelishiga, millatchilik illatlaridan holi bo'lishga katta ta’sir ko'rsatgan. Mahallalardagi muhit orqali jamoat fikrini to'laroq aniqlasa bo'ladi. Demak, ushbu xislat O'zbekistonga xos xususiyatdir. Bu esa, um um e’tirof etilgan demokratiya yo'llariga mamlakatimizning qo'shgan hissasidir. Yoki boshqacha qilib aytganda, O'zbekiston demokratiyani yangi xislatlar bilan boyitmoqda. Mahallalar faqat eski mahalla o'rinlarida tashkil qilinib qolmasdan, ularga ko'p qavatli binolarning qo'shilishi yoki ko'p qavatli binolardan iborat mahallalarning tashkil etilishi esa, ayni muddaobo'ldi. Chunki, bu ko'p qavatli binolarda yashovchilarning hayotiga mahallalardagi ijobiy holatlarni olib kirish imkoniyatini beradi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati demokratik jarayonlarni rivojlantirish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Bu esa, asosiy maqsad - fuqarolik jamiyatini qurishga ko'maklashadi. “Biz islohotlarni chuqurlashtirish, demokratik tub o'zgarishlar yo'lidan olg'a siljish, hayotimizda asl demokratik qadriyatlar qaror topayotgani to'g'risida gapirganda, avvalo, fuqarolik jamiyati asoslariga o'tish, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish muassasalarini butun choralar bilan kengaytirishni nazarda tutamiz. Bu barcha islohotlarning asosiy mohiyati va bosh mantiqidir”, — deb ta’kidlandi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to'rtinchi sessiyasida. O'zini o'zi boshqarish muassasalari va ular faoliyatining kengayishi esa, bevosita mahallalarning mavqeini kuchaytirish bilan bog'liq. Mahalla boshqa mamlakatlarda mavjud bo'lmagan, faqat O'zbekistonga xos, davlat bilan fuqarolarni bog'lovchi muhim ko'prikdir. Uning faoliyati natijasida davlat bilan fuqarolar o'rtasida alohida munosabat vujudga keladi. Fuqarolik jamiyati qurilar ekan, bu jamiyat faqat fuqarolarning jamiyat va davlat ishlaridagi ishtirokini ta ’minlash bilan chegaralanmaydi. Jamiyat azolarini jamiyatning to'la qonli a’zosi bo lish uchun imkoniyat yaratilishini nazarda tutadi. Bu o'z ichiga siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy masalalarni oladi. О zini о zi boshqarish organlari, mahallalar fuqarolarining davlat va jamiyat hayotida ma’Ium mavqyega ega bo'lish uchun asos yaratadi. Bunga esa tarbiya, ijtimoiy muhofaza choralarini kuchaytirish ham kiradi. Demak, o'zini o'zi boshqarish organlari yoki mahallalarning vazifasi, aholini davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta’minlash, kam taminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bilan cheklanib qolmaydi. Ularning muhim vazifasi har bir shaxsning ongini, manaviy kamolotini oshirish uchun, millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy jihatlarni yo'qotish uchun ish olib borishi va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’anlarga, Vatanga, davlatga, boshqa fuqarolarning manfaatiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashdir. 0 ‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallarning faoliyati, bundan so ng ham takomillashtirilib, vazifalari kengayib boradi. “Fuqarolarning o'zini o‘zi boshqarish instituti - mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini, yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko'lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o'zoro yaqin munosabatlarini ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi” 1. Hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri - davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatishda ham fuqarolarning o'zini o‘zi boshqarish organlariga katta umid qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |