9-mavzu. Xorijiy investitsiyalarni sug’urtalash va tavakkalchilik
(4 soat)
9.1.
O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorining rivojlanishi
9.2.
Xorijiy investitsiyalarni sug’urtalash
9.3.
O’zbekiston Respublikasida xalqaro kafolatlarni qo’llash
masalalari
9.4.
Investitsiyalarning tavakkalchilik darajasi
9.1. O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorining rivojlanishi
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov
tashabbuslari bilan moliyaviy bozorni yanada rivojlantirish, uning oshkoraligi va
barqaror faoliyatini ta’minlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini tatbiq etish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan investitsiyalar
jalb etilishini faollashtirish borasida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan jadal
ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa o’z navbatida, aholi turmush tarzini
yaxshilanishiga, ishsizlikni oldini olishga va eng asosiysi kambag’allikni yo’qotishga
turtki bo’ladi. Oxirgi yillarda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha
sohalarida shu jumladan, sug’urta sohasida ham chuqur islohotlar amalga oshirildi.
O’zbekiston Respublikasi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga kiritilgan
o’zgartirish va qo’shimchalar hamda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007
yil 10 apreldagi 618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi va 2008 yil 21 maydagi 872-sonli
“Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorlari, sug’urta, sug’urta faoliyati va sug’urta
nazoratining qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishning
yaqqol misoldir.
Bundan tashqari, mazkur Prezident qarori asosida, mol-mulk sug’urtasi va
hayotni uzoq muddatli sug’urtalash bo’yicha aholi va korxonalarning to’lagan
sug’urta mukofotlari ularning daromad solig’i bazasidan chiqarilishi belgilandi, bu
bilan shaxsiy sug’urtani va avvalo jamg’arib boriladigan sug’urta turlarini
rivojlanishiga ulkan baza yaratib berildi. Hozirda O’zbekistonda 29 ta sug’urta
kompaniyasi faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sug’urta kompaniyalaridan 4 tasi
davlat ulushiga ega sug’urta kompaniyalari hisoblanadi, bular “O’zbekinvest”
33
EIMSK, “O’zagrosug’urta” DASK, “Kafolat” DASK va “Madad” Sug’urta
agentligidir. “O’zbekinvest hayot” sug’urta kompaniyasi hayot sug’urtasi sohasida
faoliyat yuritadi va yana bitta qayta sug’urta faoliyatini amalga oshiruvchi
“Transinshurans” sug’urta kompaniyasi mavjud. Qolgan 27 ta sug’urta kompaniyasi
umumiy sug’urta sohasida faoliyat yuritmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |