Fanidan o‘quv uslubiy majmua


Uglerod yoqilg‘ining asosiy tarkibiy qismidir



Download 9,17 Mb.
bet68/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

Uglerod yoqilg‘ining asosiy tarkibiy qismidir. 1 kg sof uglerod to‘la yonganda 33900 kJ issiqlik chiqadi. 1 kg vodorod yonganda 125600 kJ issiqlik chiqadi. Yoqilg‘i tarkibiga kiruvchi vodorodning bir qismi yoqilg‘idagi kislorod bilan birikkan bo‘ladi va yonishda ishtirok etmaydi. Yoqilg‘i yonganda oltingugurt sulpfid angidrid SO­2 ga aylanadi va suv bug‘lari bilan birikib sulpfid kislota H2SO3 hosil qiladi. Oltingugurtning yonishidan hosil bo‘lgan suyuq va gaz maxsulotlar ichki yonuv dvigatelllari hamda qozon agregatlari metall qismlarining zanglashiga sabab bo‘ladi, havoni va o‘simliklarni zaharlaydi va ularni nobud qiladi, qurilish inshootlarini yemirilishini tezlashtiradi. Oltingugurtning zararli xossalarini eptiborga olib, uni ballast qatoriga kiritish mumkin. Kislorod va azot shartli ravishda yonuvchan massa tarkibiga kiritilgan. Ular ichki ballast hisoblanadi, chunki yonuvchan massaning foiz miqdorini kamaytiradi va yonish sohasini sovitadi. Bundan tashqari yoqilg‘ida kislorod miqdori ko‘p bo‘lsa, u yonish sohasida vodorod bilan birikib, suv hosil qiladi.
Yoqilg‘i namligi. Yoqilg‘ini qazib olish, tashish, saqlash va shu kabilarga bog‘liq ravishda yoqilg‘i namligi o‘zgarib turadi. Masalan, torf uchun 50%, slanetslar uchun 13-17%, tosh-ko‘mir uchun 5-14%, va antratsit uchun 5-8%. Yoqilg‘idagi namlik yoqilg‘i foydali qismini xajmini kamaytirishi jihatidangina emas, balki yonish sohasida bug‘ga aylanishi jihatidan ham zararlidir. Issiqlikning anchagina miqdori bug‘ hosil bo‘lishiga sarflanmagani holda, chiqib ketayotgan gazlar bilan birga chiqadi. Namlik qattiq yoqilg‘i saqlanganda uning o‘z-o‘zidan yonib va uvalanib ketishiga sabab bo‘ladi.
Yoqilg‘i kuli. Yoqilg‘i tarkibida kulning bo‘lishi yonish vaqtida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorini kamaytiradi, uskunalarning metall qismlarini yemiradi, o‘txonalarning ishlashini qiyinlashtiradi. Kul tarkibiga asosan ishqoriy metallar tuzlari, temir va alyuminiy oksidlari hamda oltingugurt sulpfati kiradi. Bundan tashqari kulda CaCO3, MgCO3 bo‘lishi mumkin. Yoqilg‘ilar tarkibida kulning miqdori xar-xil bo‘ladi. Masalan quruq yoqilg‘ilar uchun Aq ning qiymati quyidagicha bo‘ladi, %: yog‘och uchun 1, torf uchun  10, toshko‘mir uchun 10-20, qo‘ng‘ir ko‘mir uchun 30, slanetslar uchun 60. Suyuqyoqilg‘i (mazut) tarkibidahamozmiqdorda (0,2-1%) mineralaralashmabo‘ldi.
Uchuvchanmoddalarvakoks. Qattiqyoqilg‘ihavosizfazoda 870-1070 Ktemperaturagachaqizdirilgandaundanuchuvchanmoddalarajralibchiqadi. UchuvchanmoddalartarkibigaazotN2, vodorodH2,kislorodO2, uglerodoksidiCO, uglevodorodgazlariCH4, C2H4vashukabilarhamdanamlikdanhosilbo‘lgansuvbug‘larikiradi. Uchuvchanmoddalartarkibiyoqilg‘iniqizdirishjarayonigabog‘liqbo‘ladi. Uchuvchanmoddalaryig‘indisiVU­­­­­­­­­xarfibilanbelgilanadivafaqatyonuvchanmassagataaluqlibo‘ladi. Uchuvchan moddalar slanetsda (VU=90%) va torfda (VU=75%) eng ko‘p bo‘ladi. Qo‘ng‘ir ko‘mirda 40-50%, antratsitda esa 4-6% bo‘ladi.
Chala kokslash jarayoni maxsus pechlarda (havosiz muhitda) amalga oshiriladi, bunda qayta ishlanadigan yoqilg‘i 770-830 K temperaturaga qodir bir me’yorda qizdiriladi. Yuqori temperatura ta’sirida yoqilg‘ining organik qismi parchalanadi, parchalanish mahsulotlari esa, o‘zaro yana kimyoviy reaktsiyaga kirishadi. 770-830 K temperaturada yoqilg‘ining parchalanishi to‘xtaydi va pechda uglerodga aylangan qattiq qoldiq – chala kokslanishning asosiy maxsuloti bo‘lgan chala koks qoladi. Chala koksda ko‘pgina uchuvchan moddalar qoladi. Undan turmushda va energetika maqsadlarida ishlatiladigan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Chala kokslanishda hosil bo‘ladigan gazlar – qimmatli yoqilg‘i va keyingi kimyoviy qayta ishlash uchun xom-ashyodir. Masalan, yog‘och va torfni quruq xaydashda olingan suv yana kimyoviy qayta ishlansa, atseton, sirka kislota, metil spirti, formalin va boshqa kimmatli maxsulotlar hosil bo‘ladi. Yoqilg‘ini havosiz muhitda 1275-1375 K temperaturada qizdirib, qayta ishlash jarayoni kokslash deyiladi. Kokslash natijasida 70-80% metallurgiya koksi olinadi, qolgani esa koks gazi, smola va suv bo‘ladi. Koks gazi qayta ishlanib, undan ammiak va boshqa kimyoviy maxsulotlar olinadi. Kokslashda hosil bo‘lgan smola va suv yana qayta kimyoviy ishlanadi.

Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish