Fanidan o‘quv uslubiy majmua


Gaz yoqilg’isini uzatishning texnologik chizmasi



Download 9,17 Mb.
bet49/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

4. Gaz yoqilg’isini uzatishning texnologik chizmasi


Elektr stansiyaga gaz 0,7-1,3 MPa bosimli gaz taqsimlash stansiyasi yoki magistral gaz quvurlari orqali keladi. Elektr stansiyalar gaz saqlovchi omborga ega emas. YOndirgichlarda yonadigan gazni kerakli 0,13-0,2 MPa bosimgacha tushirish uchun gaz taqsimlash markazi (GTM) da drossellanish hosil qilinadi. Portlash xavfi bo’lganligi va drossellash vaqtida qattiq shovqin chiqqanligi uchun bu GTM lar issiqlik elektr stansiyalar chetida alohida joylashadi. Gaz yoqilg’isini uzatishning texnologik chizmasi 25.8-rasmda ko’rsatilgan.
Har bir GTM da bir nechta (ko’pincha uchta) bosim rostlagichlari o’rnatilgan gaz quvurlari mavjud, ammo bularning bittasi doimo zahirada turadi. Bundan tashqari rostlagichlardan alohida baypas tizimi ham bor. Gazni har xil chiqindilardan tozalash maqsadida rostlagich klapanlar oldida filtrlar (tozalagichlar) bor.
Rostlagich klapanlar “o’zidan keyingi” kerakli bosimni ushlab turishga xizmat qiladi. Favqulotda (avariya) holatlarda gaz bosimi keragidan ortiqcha ko’tarilib ketganda, saqlovchi klapanlar ishlab, gazni havoga chiqarib yuboradi va gaz quvuridagi kerakli bosimni saqlab qoladi. Qozonga kelgan gaz quvurining asosiy qurilmalari gaz sarfining avtomatik rostlagichi va tez ishlaydigan kesuvchi klapandir.
Gaz sarfining avtomatik rostlagichi bug’ qozondagi doimiy issiqlik quvvatini ta’minlab turadi. Gaz kelishida portlash xavfi tug’ilganda impulsli rostlagich qozonga gaz kelishini avariya holatda (o’txonada mash’al o’chib qolsa, yondirgich oldida havo bosimining kamayishi, tutun so’rgich va havo uzatuvchi ventilyatorlar to’xtab qolishi va hakozolar) to’xtatadi.

25.7 – rasm. Tabiiy gazda ishlovchi elektr stansiyani gaz bilan ta’minlash chizmasi: 1-gaz magistrali; 2-elektr yuritmali gazli surma qopqoq; 3-gaz tiqinli surma qopqoq; 4-filtr; 5-bosim rostlagichi; 6-saqlagich klapani; 7-baypasli liniya; 8-sarf o’lchagich; 9-gaz sarfi rostlagichi; 10-tez harakatlanuvchi klapan; 11-boshqariladigan gazli surma qopqoq; 12-probkali kran; 13-gazli sham(svecha); 14-gazli yondirgich; 15-gaz quvurini bosimli havo bilan purkash quvuri; 16-yondirgichning zapalnikiga gaz uzatish.
Quvurlarni ta’mirlashdan oldin ishlamay turgan paytida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan portlovchi gaz va aralashmalarni yo’q qilish uchun quvurlar havo yordamida tozalanadi. Quvurlarni tozalagan gazni xavfsiz bo’lgan joylarga chiqariladi. Ta’mirga to’xtatilgan yoki zahiraga qo’yilgan qozonlarni ishga tushirishdan oldin gaz quvuridagi gaz-havo aralashmasini katta bosimli havo yordamida siqib chiqariladi.
Gaz quvurining tozaligi olingan namunadan, gazda kislorodning 1% dan ortiq emasligi bilan tekshiriladi. Gaz quvurlari sekin-asta bir tomonga og’ib boradigan qilib ishlanadi, natijada kondensat (suv bug’larining yig’indisi) uloqtiriladi.
Elektr stansiyalarda gaz qurilmalarini ishlatish Davlat texnik nazoratining “Gaz xo’jaligidagi xavfsizlik qoidalari” asosida olib boriladi. Elektr stansiyalarda har kuni gaz quvurlari tekshirilib turiladi. Bu tashqi omillar (hidi, ovoz chiqishi) orqali yoki gaz chiqishi mumkin bo’lgan joylarda sovun ko’pigi yordamida tekshiriladi.



Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish