Fanidan o‘quv uslubiy majmua


Gaz-mazut yondirgichlarini hisoblash uslubi



Download 9,17 Mb.
bet44/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

2. Gaz-mazut yondirgichlarini hisoblash uslubi
Yoqilg‘ini yonish jarayoni avtomatik boshqariladigan zamonaviy yondirgich qurilmalari bilan jihozlangan gaz-mazut о‘txonalari ortiqcha havo koeffitsiyentini kichik qiymatlarida ham tabiiy gaz va mazutni 0,5 %dan kichik kimyoviy chala yonish kо‘rsatkichi bildan yondirish imkoniyatiga ega. Shuningdek, bu yoqilg‘ilarni yondirish jarayonida bug‘ о‘ta qizdirgichdan keyingi ortiqcha havo koeffitsiyentini 1,03 – 1,05 dan oshirmaslik tavsiya qilinadi.
Gaz-mazut yondirgichlarini, hamda oldindan aralashtirgichli va oldindan aralashtirilmaydigan gaz yondirgichlarini hisoblash bitta yondirgichga gaz va havo sarfini aniqlashni ham о‘z ichiga oladi. Yondirgichga havo sarfi (m3/s) quyidagi formuladan aniqlanadi:
(24.12)
bu yerda n – bug‘ generatoridagi yondirgichlar soni, ta; Vg – normal sharoitda nominal ish unumdorligiga ega bug‘ generatori uchun gaz sarfi, m3/s; V0 – gazni yondirish uchun nazariy jihatdan zarur bо‘lgan havo hajmi, m3/m3; αg – yondirgichdagi ortiqcha havo koeffitsiyenti.
Gaz va havoning tavsiya etilgan tezliklarida Vg va Vh qiymatlariga kо‘ra yondirgichning gaz va havo yо‘llari kesimi aniqlanadi. Chiqish tezligini hosil qilish uchun talab etilgan gaz va havoning statik napori mahalliy qarshilikni hisobga olgan holda quyidagi formuladan hisoblanadi:
(24.13)
Bu hisob о‘txona kamerasidagi yondirgich sathida bosim yoki siyraklanishni hisobga olish uchun bajariladi. Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti ξ yondirgichning aerodinamik qarshiligini xarakterlovchi jadvaldan aniqlanadi. Keyin esa ushbu yondirgichlarning maxsus hisoblari olib boriladi.
Qisman aralashishli yondirgichlarda gaz va havoni yaxshi aralashishini ta’minlash uchun aralashtiruvchi moslama gaz oqimini yondirgichda teng taqsimlanganligi va havo oqimida tо‘liq yoyilganligiga kо‘ra hisoblanadi. Buning uchun havo oqimiga gaz oqimini kirishi va qо‘shilib ketishini hisoblash asosiy sanaladi.
Y.V. Ivanov tomonidan о‘tkazilgan tajriba tadqiqotlari asosida gaz oqimining kо‘ndalang havo oqimi ichiga nisbiy tarqalishini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
(24.14)
bu yerda H – oqimning absolyut singish chuqurligi, mm; d – gaz soplosining diametri, mm; Ks – soplolar orasidagi nisbiy qadamga bog‘liq tajriba koeffitsiyenti bо‘lib, S/d = 4,27; 8,7 va 12 bо‘lganda mos ravishda Ks = 1,6; 1,7 va 1,8 bо‘ladi; s – yonma-yon soplo о‘qlari orasidagi masofa, mm; Wg va Wh – soplodagi gazning oqish tezligi va havo oqimining о‘rtacha tezligi; ρg va ρh – gaz va havoning zichligi, kg/m3.
Havo oqimi yо‘nalishida qabul qilingan oqim diametri:
. (24.15)
2b0 kenglikdagi tо‘g‘ri oqimli tirqishli yondirgichni hisoblash uslubini kо‘rib chiqamiz. Gaz oqimini yondirgich kesimi bо‘yicha teng taqsimlash uchun gaz uzatish kollektorlari ikki qator soploli qilib yondirgich chiqish kanalining ikkita uzun tomoniga о‘rnatiladi. Kollektordagi soplolar shunday joylashtiriladiki, havoni harakat yо‘nalishi bо‘yicha avval katta diametrli, keyin esa kichik diametrli soplolar о‘rnatiladi. Yondirgichlar kesimining 2/3 qismi katta soplolar orqali, 1/3 qismi esa kichik soplolar orqali gaz bilan ta’minlanadi. Shunda gaz oqimining diametri quyidagicha:
katta soplodagi oqimlar uchun
. (24.16)
kichik soplodagi oqimlar uchun
(24.17)
Shunga mos ravishda singish chuqurligi quyidagicha bо‘ladi:
katta soplodagi oqimlar uchun
. (24.18)
kichik soplodagi oqimlar uchun
(24.19)
Shunday singish chuqurligini ta’minlash uchun katta soplodagi gaz oqimi tezligini (13.14) formulaga muvofiq quyidagicha yozish mumkin:
(24.20)
Katta va kichik soplolarda bir xil bosim pasayishida ulardagi oqim tezligi ham taxminan bir xil bо‘ladi. Shu shartga kо‘ra kichik soplolarning diametrini aniqlash uchun quyidagi ifodani hosil qilamiz:
(24.21)
Katta soplolar kesimining umumiy yuzasi:
(24.22)
Katta soplolarning soni, ta:
(24.23)
Kichik soplolarning soni, ta.:
(24.24)
Katta soploni о‘rnatilish qadami
(24.25)
bu yerda l – yondirgichning chiqish kanali balandligi.
Kichik va katta soplolar qirralari orasidai masofa:
(24.26)
Kichik soplolarning о‘rnatilish qadami:
(24.27)
Gaz-mazut va kukun-gaz yondirgichlarining aralashtirish moslamalari ham tabiiy gaz yondirgichlari kabi hisoblanadi.
Oldindan aralashtirilmaydigan gaz yondirgichlarini hisoblash uslubi oddiy. Hisoblash ishlariga gaz va havoni chiqish kesimlarini yondirgich kanallarining mos keluvchi chiqish tezliklari bо‘yicha aniqlash kiradi.
Oldindan aralashtirish yondirgichlarida bosim ostida berilayotgan gaz bevosita atmosferadan olinayotgan havoni injeksiyalaydi va gaz-havo aralashmasini hosil qiladi. Bu turdagi yondirgichlar uchun injeksiyalanishni hisoblash ham asosiy sanaladi.



Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish