Fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Birinchidan, notiq o’zi gapirayotgan mavzuni yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi shart. Ikkinchidan



Download 0,99 Mb.
bet10/19
Sana09.02.2023
Hajmi0,99 Mb.
#909510
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
NOTIQLIK MAJMUA

Birinchidan, notiq o’zi gapirayotgan mavzuni yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi shart. Ikkinchidan, notiq nutq madaniyati nima ekanligini bilib olgan bo’lishi va o’zi amal qilishi zarur. Uchinchidan, notiq chiroyli gapirishidan tashqari, notiqlik san’atini yaxshi o’zlashtirgan, har qanday holatda nutqi tayyor bo’lishi lozim. To’rtinchidan, notiq o’zbek tili qonun-qoidalarini, fonetikani, grammatikani, sintaksisni yaxshi o’zlashtirgan va bu sohadagi bilimga to’liq ega bo’lishi kerak. Beshinchidan, notiqning so’z boyligi etarli, ko’plab lug’atlarni, badiiy asarlarni o’qigan va uqqan, o’zlashtirgan bo’lishi lozim. Oltinchidan, notiqlik san’ati va nutq madaniyati fanidan dars berayotgan ustoz xotirasi nihoyatda baquvvat bo’lishi zarur. Yettinchidan, notiqda fahm-farosat, did o’ta rivojlangan, o’tkir bo’lishi kerak. Sakkizinchidan, notiqlik san’ati va nutq madaniyatidan dars beradigan ustozda aktyorlik xususiyati bo’lishi talab qilinadi. To’qqizinchidan, notiqlikda faoliyat ko’rsatmoqchi bo’lgan mutaxassis shoirtabiat, baxshitabiat, askiyachi, o’ta hozirjavob bo’lishi kerak. O’ninchidan, notiq so’zga chechan, so’zamollik san’ati rivojlangan, gapga usta, chiroyli gapira oladigan, har bir so’zga urg’uni to’g’ri qo’ya oladigan, yoqimli ovozga ega bo’lgan, notiqlik ta’sir usullarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. O’n birinchidan, notiqlik san’ati va nutq madaniyati fanidan dars beradigan yoki viloyat, tuman, shahar targ’ibot-tashviqot guruhi a’zosi bo’lgan tashviqotchi o’ta aqlli, qachon, nimani, qaerda, qancha gapirishning farqiga bora olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur. O’n ikkinchidan, notiq o’z ustida doimo ishlab so’z boyligini oshirib borishi, yangiliklardan doimo xabardor bo’lishi kerak. O’n uchinchidan, o’zi odob-axloqli, kamtar, madaniyatli, har jihatdan namuna olsa bo’ladigan etuk shaxs bo’lishi lozim. O’n to’rtinchidan, namunali nutqqa xos bo’lgan barcha sifatlarni (soflik, to’g’rilik, tushunarlilik, jo’yalilik, aniqlik, ta’sirchanlik, mantiqiylik, qisqalik kabilar) nazarda tutgan holda og’zaki va yozma nutq tuza olish malakasiga ega bo’lmog’i muhim.
Biz yangi O’zbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulug’vor maqsadni o’z oldimizga qo’yganmiz. Bu borada “Jamiyat – islohotlar tashabbuskor” degan yangi g’oya kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda”, degan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida. Prezident g’oyalarini amalga oshirishda notiqlik san’ati va nutq madaniyatini yaxshi egallagan targ’ibotchi-tashviqotchilarning ham hissasi katta. Prezident Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari, Murojaatnomalari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va qabul qilinayotgan yangi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng xalq ommasiga etkazishda notiqlarning ham katta mas’uliyati bor.
Ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning quyidagi fikrlarini hech kim unutmasligi kerak:
“Fano ahliga ko’p so’zlamak – maqbul emas, ko’p eshitmoq – matlub va yaxshidur. Eshitmoq kishini to’latadi, aytmoq bo’shatadi... Ko’p degan ko’p yanglishadi, ko’p egan ko’p yiqiladi. Tan kasalliklarining asosi ko’p emakdir, ko’ngil kasalliklarining asosi ko’p demakdir. Ko’p demak so’zga bino qo’yganlik, ko’p emak nafsga bo’ysunganlikdir. Kishiga bu sifatlar ortiqchalik qiladi, barchasi o’ziga berilganlikka olib boradi”, degan edi.
So’z so’ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak”, deganlar sevimli yozuvchi Abdulla Qodiriy. Buni unutib bo’lmaydi.
“Nimaga men faylasuf emas, yozuvchiman? Chunki men so’zlar bilan fikrlayman, g’oyalar bilan emas”, degan edi fransuz yozuvchisi Alber Kamyu.
So’z – gul, ish - meva” (al-Xorazmiy.)
Kishining go’zalligi libosida emas, balki tilida” (Aristotel.)
Kishining qanchalik o’qib-o’rganligi, bilimliligi, madaniylik darajasi uning nutqida namoyon bo’ladi”, deydi professor S.Ibrohimov.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kun talabidan kelib chiqib, zamonaviy notiqqa qo’yiladigan talablar quyidagilardir:
1. Notiq kundalik yangiliklardan “O’zbekiston-24”, “Axborot”, “Davr”, “Markaziy studiya”, “Zamon”, “Diyor yangiliklari”, “Xalq so’zi”, “Yoshlar ovozi”, “Tafakkur”, “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Hurriyat”, “Yangi O’zbekiston” kabi gazeta-jurnallardan, boshqa vositalar-internet materiallaridan doimo xabardor bo’lishi talab etiladi.
2. Notiq sermutolaalikni odat qilib, badiiy kitoblarni, ayniqsa, she’rlarni, g’azallarni yod biladigan bo’lishi zarur.
3. Notiq mamlakatda bo’layotgan barcha yangiliklardan xabardor bo’lishi shart.
4. Prezident, hukumat qabul qilayotgan farmon va qarorlardan, qonunlardan ogoh bo’lishi, qiziquvchanlik, intiluvchanlik xususiyatga ega bo’lishi lozim.
5. Notiqning hozirjavoblik xususiyatiga ega bo’lishi ham fazilat hisoblanadi.
6. Notiq har bir mavzu bo’yicha ma’ruzaga tayyorgarlik ko’rayotganda shu sohadagi yangiliklarni, qarorlarni, qonunlarni, me’yoriy hujjatlarni o’rganishi va ulardan ogoh bo’lishi zarur.
7. Agar ma’ruza qishloqlarda, maktablarda, kollej, litseyda yoki oliy o’quv yurtida o’tkazilayotgan bo’lsa, o’sha joylardagi eng obro’li, mehnati singgan oqsoqollar, onaxonlar, ustozlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishi ham zarur. Nutqida o’sha obro’li-e’tiborli insonlar haqida iliq gaplar aytib o’tishi kerak.
8. Notiq ma’ruzani nomigagina ro’yxatdan o’tkazish uchungina o’tkazaman, desa, katta xato qilgan bo’ladi va bunday holda notiqni, ma’ruzachini obro’-e’tibori keng xalq ommasi hamda talabalar o’rtasida tushib ketadi. Yaxshisi shunday o’ylaydiganlar notiqlikni yig’ishtirgani, ma’ruza o’qimagani, suhbat o’tkazmagani maqsadga muvofiq bo’ladi.
9. Notiq qayerda, kimlarni oldida gapirishidan qat’iy nazar doimo notiqlik ma’suliyatini his qilib gapirishi, so’zlashi zarur.
10. Tinglovchilar orasida mendan aqlli, mendan ko’p narsa biladigan, bilimli insonlar bor, deb gapirishga odatlanish kerak.
11. Notiq qaerda, qachon, kimlarga qarata gapirishdan qat’iy nazar samimiy, go’zal gapirishi shart. Oilasidagi, ishxonasidagi ko’ngil buzilishlar uchun tinglovchilar jabr tortmasliklari kerak.
12. Notiq kiyinish madaniyatiga e’tibor berishi zarur.
13. Notiq yumorni, hazil-mutoyibani, ma’rifatga aloqador rivoyatlarni ko’p bilishi va ulardan ma’ruzasida o’rinli foydalana olishi kerak. Yumor o’z o’rnida, mavzuga taalluqli bo’lishi zarur.
14. Notiq gapirayotgan paytida, umuman, hammaning diqqat-e’tiborida ekanligini unutmasligi, (bosh, quloq, burun, elkasini qashimasligi) turli yaxshi-yomon qiliqlar qilmasligi talab qilinadi.
15. Notiqning har bir xatti-harakati, har bir so’zi,fikri, ijtimoiy axloq, estetika me’yorlariga mos holda bo’lishi zarur.
16. Notiqning obro’-e’tibori uni faqat yaxshi, chiroyli, jozibali so’zlashi bilangina emas, balki uning lug’at boyligi kengligi, hamma tushunadigan, qofiyali so’zlarini o’z o’rnida ishlata bilishi bilan ham o’lchanadi.
17. Notiq nutqida tinglovchilar tushunmaydigan so’zlarni qo’llamasligi kerak, o’zbek adabiy tilida gapirishi zarur.
18. O’z nutqini san’at darajasiga ko’tarishi notiqning o’ziga bog’liq. Ya’ni, notiq iste’dodga ega bo’lishi, u so’zlar, qo’l harakati, imo-ishoralardan unumli foydalanishi ham muhim. Fikrini aniq, sodda, emotsional ifodalay olishi kerak. Talab darajasidagi notiq bo’lishi, notiqlik san’atini to’liq egallashi uchun u, avvalo, o’qimishli, so’zga chechan, estetik jihatdan didi o’tkir bo’lishi lozim.
19. Notiq o’zi so’z yuritayotgan mavzu bilangina chegaralanmasdan kundalik hayotdagi muammolar, masalalar, odob-axloq, nafosat, estetik did, o’tkir ma’naviyatlilik, xush madaniyatlilik haqida ham to’liq ma’lumotga ega bo’lishi zarur. Bu xususiyatlar notiqning kiyimi, xatti-harakati va qiliqlarida o’z aksini topadi. Shuning uchun ham, notiq ozoda, chiroyli, yoqimli, did bilan kiyingan bo’lishi shart. Notiqning chehrasi doimo ochiq, samimiy, sodda ifodaliligi bilan tinglovchilarni o’ziga rom etishi kerak.
20. Notiq tinlovchilar oldiga chiqqanda ortiqcha va sun’iy harakatlarsiz (minbarga suyanmay, tomoq qirmay, sun’iy yo’talmay) ularga salom berishi va ohista so’z boshlashi, hayajonlanmay, o’rtacha ovozda gapirishi kerak.
21. Notiq o’z nomi bilan notiq, u ma’ruzani o’qib bermasligi kerak.
22. Notiq vaqtdan unumli va samarali foydalanishni bilishi, ya’ni mavzusini belgilangan vaqtda yoritib berishi va rejadagi barcha gaplarni to’liq bayon etishi va savol-javobga vaqt qoldirishi kerak.
23. Notiq savol-javobga alohida diqqat e’tibor qaratishi talab etiladi. U har bir savolga sodda, tushunarli qilib javob berishi zarur. Va savol bergan kishidan javobidan qoniqqanini so’rashi kerak. Savol bergan kishiga javobdan oldin va keyin minnatdorchilik bildirishi lozim.
24. Notiqlik san’ati ham boshqa san’atlar kabi kishidan matonat, bilim, ilmiy asosda o’z ustida tinmay ishlash, izlanishni talab qiladi.
25. Bugungi notiq kompyuterni mukammal bilishi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi, ulardagi yangiliklardan ma’ruzalarida, suhbatlarida unumli foydalanishi lozim.
Yuqorida keltirilgan talablarga amal qilgan notiqning bo’sh vaqti bo’lmaydi. Turli tashkilotlar ma’ruza o’qishga, suhbat o’tkazishga, muxbirlar esa ko’rsatuviga, eshittirishiga, “Xalqaro press klub”ga, “Ochiq muloqot”ga taklif qilib, izlab yurishadi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish