Fanidan O`quv metodik majmua


Ta'lim jarayonining tuzilmasi



Download 4,41 Mb.
bet155/447
Sana29.01.2022
Hajmi4,41 Mb.
#417710
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   447
Bog'liq
УМК 2016 КТМ ИАТ 4 к (Lotincha)

Ta'lim jarayonining tuzilmasi



O`qituvchi



O`zaro faoliyat


O`quvchi



Mazmun
Metod
Shakl
Vosita




Maqsad











Baholash va tahlil qilish




Natija

Ta'lim modellari


Ta'lim modeli-ta'lim jarayoni tuzilmasidir.
Ta'lim modellari ikki turga ajratiladi:
- an'anaviy ta'lim modeli;
-noan'anaviy ta'lim modeli.



Noan'anaviy ta'lim modelini o`z navbatida uch qismga ajratish mumkin.

Tadqiqot natijasi shuni ko`rsatadiki, an'anaviy dars o`tish ta'limning samarali modellaridan biri bo`lib qolmoqda.


An'anaviy dars- muayyan muddatda mo`ljallangan ta'lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta'lim modelidir.
O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo`lganda, an'anaviy dars ko`p hollarda ta'ldim jarayonining birdan-bir metodi bo`lib qolmoqda.
Ma'lumki an'anaviy dars ta'lim jarayonining markazida o`qituvchi turadi. Shu bois, ba'zida an'anaviy darsni markazida o`qituvchi turgan o`qitish usuli deb ham atashadi.
An'anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma'ruza, savol-javob, Amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an'anaviy dars samaradorligi ancha past bo`lib, o`quvchilar ta'lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman o`quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini ko`tarilishiga olib keladi.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning qiziqishini ortirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag`batlantirilib turilishi, o`quv materialini kichik-kichik bo`laklarga bo`lib, ularning mazmunini ochishga baxs, munozara, aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli o`yinlar metodlarini qo`llash, turil-tuman qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi,Yu o`quvchilarni amaliy mashqlarini musstaqil bajarishga undash, turli baholash usullaridan foydalanish, ta'lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.
Bu modellar asosida o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib va ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta'lim modellari deb ham atashadi.
An'anaviy ta'lim modeli-o`quvchilarning o`zlashtirish tushunib etish, bilimini ustahkamlash, o`zlashtirish faoliyatini taminlaydi. Tayyor holatda o`quvchilarga bayon qilingan o`qitish va bilim olish modelidir. An'anaviy ta'lim modelining metodlari dars jarayonida qo`llaniladigan ta'lim jarayonining markazida o`qituvchi turadi. An'anviy ta'lim modeliga ma'ruza, namoyish, video usul, to`rt pag`onali usul laboratoriya ishlari, amaliy mashqlar kabi metodlar kiradi.
Hamkorlikda o`rganish modeli o`quvchilar bilimini o`zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bo`yicha reproduktiv faoliyatni ta'minlovchi mohorat va malakani ketma-ketlik bo`yicha o`quvchining bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o`qitish va bilim olish modelidir.
Ushbu model o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta'lim olishni ko`zda tutadigan metodlardan iborat. Bularga kitob Bilan ishlash, o`quv suhbati, davra suhbati, aqliy xujum, kichik guruxlarga ishlash, baxs-munozara kabi metodlarni kiritish mumkin.
Modellashtirish modeli-real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta'lim olishini ko`zda tutuvchi metodlardan iborat. Ushbu metodlarning asosiy maqsadi o`quvchilarning faqat tinglashi emas, balki bilimlarini o`zlashtirishda bevosita ishtirokini ta'minlash orqali ta'lim jarayonini samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bularga ishbop o`yinlar va rolli o`yinlar kabi metodlarni ko`rish mumkin.
Tadqiqot modeli-o`quvchilar tomonidan muammoni tushunish va echish mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullari yihindisidan iborat. Tadqiqot modelining maqsadi dars jarayonida o`quvchilarga savol qo`yish va ularda javob izlashda qiziqishini uyg`otishga qaratilgandir. Ushbu model bo`yicha o`qitish o`quvchilarni Amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta'minlaydi. Bularga muammoli vaziya, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yo`naltiruvchi matn kabi metodlar kiradi. Quyidagi ta'lim modellari bo`yicha metodlar tizimiga batafsil to`xtalib o`tamiz.
Metod-(grekcha “metodos” so`zidan olingan bo`lib izlanish yoki bilish yo`li, nazariya, ta'limot ma'nosini anglatadi). Aniq vaziyatni echishga bo`ysindirilgan borliqni amaliy yoki nazariy o`zlashtirish operastiyalarining yoki yo`llarining yig`indisidir.
Metod-o`quvchi va o`qituvchining muayyan maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullar yig`indisidir. Amaliyotdagi oddiy qoida shu haqda guvohlik beradiki ya'ni bilimlarni berish nazariy darsini dastlabki 20 daqiqasida amalga oshirish keyin esa baxs munozara, kichik guruhlarda ishlash va boshqa kabi noan'anaviy metodlarni amalga oshirib o`quvchilarning bilimlarini mustahkamlash kerak. Har qanday qanday holatda ham nazariy dars jarayonida masalan, faqat ma'ruza o`qiladigan vaqt 20 daqiqadan oshmasligi kerak, chunki o`rganishning daslabki 20 daqiqasi eng samarali, 30 daqiqadan keyin esa o`rganishni davom ettirish motivastiyasi tezda pasaya boshlaydi. Bu hamma takliflar o`quvchilar diqqatini uzoqroq vaqtgacha saqlab turishga xizmat qiladi. Idrok qilish paytida qancha ko`p sensorik (sezgi) kanallaridan foydalanilsa esda olib qolingan bilimlarning miqdori va sifati shunchalik yuqori bo`ladi. Agar bilimlar faqat ma'ruzalar orqali (passiv tinglash yo`lida) berilgan bo`lsa unda 3 kundan so`ng ularning faqat 25% ni esda saqlash mumkin. Agar u ma'ruzalar o`qish (tinglash) namoyish va ko`rgazmali qilish, (ko`rish, ushlab ko`rish va shu kabilar) orqali berilsa va shu to`g`risida baxslashsa unda 3 kundan so`ng 75% ni esga tushirishi mumkin. Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sinsorik kanallar birgalikda ishga solingan bo`lsa ma'lumotlarning qisqa xotiradan uzoq xotiraga o`tish jarayoni tezlashadi. Bu esa bilishning asosi bo`lib hisoblanadi.
Bundan quyidagi qoidalar kelib chiqadi:
1.O`quv vaziyatini tayyorlashda noan'anaviy metodlar va audio-vizual vositalarini samarali ishlatish lozim.Bunda birdaniga ko`pgina sensorik kanallar jalb etiladi.
2.O`quv materiali to`g`risida baxslashishga doim imkon beradi.O`quv suhbatlar guruhiy baxs munozaralar tavsiya etiladi, chunki bu metodlar o`quvchini faollikka chaqiradi. O`qitish metodlarini tanlashda uning samaradorligini e'tiborga olish muhim ahamiyatga ega.
O`quvchilarning o`zlashtirish darajasiga o`qitish metodlarining ta'sir darajasi.
1.Ma'ruza-eshittirganimizning 5 %
2.O`qish o`qiganimizning 10%
3.Videousul namoyish-ko`rganimizning 20%
4.Tajribani namoyish qilish, ko`rgan va eshitganimizning 30%
5.Baxs munozara muhokama qilganimizning40%
6.mashqlar-o`qigan, yozgan, gapirganimizning 50%
7.Ishbop o`yin, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash, mustaqil o`qiganimizning tahlil va muhokama qilganimizning, himoya va namoyish qilganimizning 75%
8.Yo`naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o`qitish-mustaqil o`rgshanganimizning tahlil va muhokama qilganimizning boshqalarni o`qitgan narsalarimizning 90%
Yuqoridagi ma'lumotlar shuni ko`rsatadiki, dars jarayonida noan'anaviy metodlar qo`llanilganda o`quvchilarning axborotini eslab qolish xususiyatini eng yuqori darajasi 30% ni tashkil etar ekan. Noan'anaviy metodlar qo`llanilganda esa o`quvchilarning axborotlarni o`zlashtirish darajasi yanada ko`tarila boradi.
Quyidagi dars jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun qo`llaniladigan an'anaviy va noan'anaviy metodlardan qanday foydalanish mumkinligi to`g`risida ma'lumot beradi.
O`quvchilarning o`zlashtirish darajasiga o`qitish metodlarining ta'sir darajasi.
1.Ma'ruza eshitganimizning-50%
2.O`qish o`qiganimizning-10%
3.Videousul, namoyish ko`rganimizning-20%
4.Tajribani namoyish qilish, ko`rgan vaeshitganimizning -30%
5.Bahs, munozara, muhokama qilganimizning-40%
6.Mashqlar o`qigan, yozgan, gapirganimizning-50%

Download 4,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   447




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish