1.YAngi bilimlarni o‘rganish darsi. Bunday darslarda mavzu va ko‘zlangan maqsad aytilib, yangi o‘quv materiali bayon etiladi va o‘quvchilarning mustaqil ishlashi uyushtiriladi, uyga topshiriqlar beriladi, darsning bu xili o‘quv materialini o‘zlashtirish oson hollarda o‘tkaziladi.
2.Umumiy yoki aralash dars. Bunday darslarda har xil didaktik masalalar hal etiladi, uy topshiriqlarini va o‘quvchilarning bilimlarini tekshirish, yangi materialni bayon qilish va boshqalar amalga oshiriladi. Ular maxsus fanlarni o‘rganishda bir-biriga eng yaqin zvenolarini o‘z ichiga oladi, bu esa o‘quvchilar bilimlarini puxta va ongli o‘zlashtirishini ta’minlash uchun muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |