Kasbiy faoliyat sohasi (KFS) - kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning qo‘llanish doirasidir, uning nomlanishi iqtisodiy sohalari nomlari bilan moslashtiriladi.
O‘MKHT ta’lim muassasalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari -aniq kasbiy faoliyat sohasida mutaxassislarga kasbiy ta’lim berish doirasidir. Mutaxassislarning kasbiy faoliyatining aniq sohasi bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlarining nomi mehnat faoliyatining mazmuni va xususiyati orqali aniqlanadi.
O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari va kasblar kodi - kasbiy faoliyat sohalariga muvofiq kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari ixtisoslashtirilgan ro‘yxatining raqamli belgisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |