132
vositalari, bo‘yoqni yuvib ketkazuvchi moddalar yoki bog‘dorchilikda ishlatiladigan kimyoviy moddalar
ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.
Kimyoviy modda teriga ta’sir etib turar ekan, kuydirishda davom
etaveradi. Shuning uchun bunday modda teriga tushsa, uni darxol bartaraf etish chorasini ko‘rish kerak.
Buning uchun:
1. Quruq kimyoviy moddalarni himoyalangan qo‘l bilan teridan sidirib tashlanadi.
2. Kuygan joyni kamida 20 minut davomida sovuq suv quyib yuvib tashlanadi. Yuqori bosimli oqimdan
foydalanmaslik kerak, chunki bu kuygan teriga yanada ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Tez yordam yetib
kelgunicha kuygan joyni yuvish davom ettiriladi.
3. Jabrlanuvchidan kimyoviy modda tekkan kiyimini yechishni iltimos qilinadi.
4. Ko‘zga kimyoviy modda tushgan bo‘lsa, 20 minut davomida yoki tez yordam yetib kelguniga qadar
yuvish kerak. Kimyoviy modda sog‘ ko‘zga tushmasligi uchun jarohatlangan ko‘zni pastroq tutish,
zararlangan ko‘zni bog‘lab qo‘yish lozim.
4. Zaharlanish turlari, sabablari, zaharlanishga qarshi birinchi yordam
Zaharlanish organizm ichiga zaharli modda tushganda sodir bo‘ladi. Bu — dori-darmon yoki odam
bilib-bilmay qabul qilgan har qanday kimyoviy modda bo‘lishi mumkin. Zaharlanish - tasodifan sodir
bo‘ladigan o‘limning uchinchi keng tarqalgan sabablaridan. Ko‘pincha zaharlanish uyda ro‘y beradi.
Zaharlanish biror zaharli kimyoviy moddaning me’da-ichak, nafas yo‘llari orqali organizmga kirgani,
teridan so‘rilgani, teri osti, mushaklar orasi yoxud vena qon tomiriga yuborilganida sodir bo‘ladigan kasallik
holatidir.
Zaharlanish ikki guruhga bo‘linadi: tasodifiy va qasddan zaharlanish. Tasodifiy zaharlanishlar hayotda
ko‘p va tez uchrab, umumiy zaharlanishlarning deyarli 80% ini tashkil etadi. Turli dorivor vositalarni
shifokorlarning maslahatisiz, o‘z holicha meyoridan ziyod katta miqdorda iste’mol qilish, sifatsiz kimyoviy
modda yoki dorini ichimlik o‘rnida ichib qo‘yish tasodifiy zaharlanishlar turkumiga kiradi. Qasddan
zaharlanish hayotda kam uchrasada, biror ruhiy kasallikka chalingan yoki beqarorroq odamlarga xosdir.
Bunday kimsalar biror kuchli ta’sir etuvchi dorivor moddani katta miqdorda iste’mol qilib, zaharlanadilar, o‘z
hayotlariga suiqasd qiladilar.
Ishlаb chiqаrish shаrоitidа zаhаrlаnish оrgаnizmgа zаhаrli gаzlаr suyuqlikаr yoki changlаrni kirishidаn
sоdir bo’lаdi. Uglerоd оksidi (is gаzi) bilаn zаhаrlаnish isitish uskunаlаridаn nоto’g’ri fоydаlаngаndа yuz
beradi. Ichki yonuv dvigаtеllаridаn chiqаyotgаn gаz tаrkibidа hаm ugryerоd оksidi ko’p miqdоrdа bo’lаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: