Fanidan O‘quv metodik majmua



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/263
Sana01.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#726336
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   263
Bog'liq
MAJMUA

Evakuatsiya
- evakuatsiya chiqish yo‘llari orqali amalga oshiriladi. Odamlarga yong‘inning xavfli 
omillari ta’sir etganda yoki, shunday ta’sir xavfi bevosita taxlid solganda majburiy harajatlanishi, qutqarishga 
kiradi. Qutqarish ishlari ham yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yordamida yoki maxsus o‘rgatilgan xodimlar 
tomonidan, shu jumladan, maxsus qutqaruv vositalaridan foydalanilgan holda evakuatsiya va avariya 
chiqishlari orqali mustaqil amalga oshiriladi. Odamlarni evakuatsiya yo‘llarida himoya qilish xajmiy-rejaviy, 
iqtisodiy, konstruktiv, muxandislik-texnik va tashkiliy tadbirlar majmuasi bilan ta’minlanadi. Xona miqyosida 
evakuatsiya yo‘llari, shu xonadan evakuatsiya chiqish yo‘llari orqali, ularda yong‘in o‘chirish va tutunga 
qarshi himoya vositalari hisobga olmagan holda odamlarni bexatar evakuatsiya qilinishini ta’minlashi lozim. 
Xonalar tashqarisida evakuatsiya yo‘llarini himoyasi odamlarni bexatar evakuatsiya qilish sharoitidan kelib 
chiqib, evakuatsiya yo‘liga chiqadigan xonalarning funksional yong‘in xavfi evakuatsiya kilinuvchilar soni, 
binoning yong‘in bardoshlik darajasi va konstruktiv yong‘in xavflik sinfi, qavatdan va butun binodan 
evakuatsiya chiqish sonini hisobga olgan holda nazarda tutish kerak.
Xonalarda va evakuatsiya yo‘lida osma shiftlar sirti yonmaydigan ashyolardan tayyorlanishi kerak. 
Umumiy yo‘laklarda, ShNQ 2.01.02-04ning 5.9-bandida ko‘rsatilangan bo‘yicha, me’yorlarda maxsus eslab 
o‘tilgan hollar bundan mustasno, 2 metrdan past balandlikda devorlar satxida gaz quvurlari va yonuvchi 
suyuqliklar quvur o‘tgazgichlari, shundek biriktirma shkaflar, kommunikatsiya va yong‘in jumraklari uchun 
shkaflardan tashqari, jihozlar joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Zina maydonlari eni, zinapoya enidan kam bo‘lmasligi, kengaytirilgan eshikli liftlarga chiqish oldida – 
zinapoya eni va lift eshigi enining yarimi yig‘indisidan, ammo 1,6 m dan kam bo‘lmasligi shart. To‘g‘ri 
zinapoyalarda ora maydonchalar eni 1m dan kam bo‘lmasligi lozim. Zina katagiga chiquvchi eshiklar ochiq 
holda zina maydonlarini va zina poyalarni enini kamaytirmasligi kerak. Zina kataklarida gaz quvurlari va 
yonuvchi suyuqliklar quvur o‘tgazgichlarini, tirkash shkaflarni, kommunikatsiya va yong‘in jumraklari uchun 
shkaflardan tashqari, elektr kabellari va simlari (yo‘laklar zina kataklarni yoritish uchun elektr o‘tkazgichlar 


102 
bundan mustasno) istalgan xonalarni jipslashtirib qurish, yuk liftlari va yuk ko‘targichlaridan chiqish joylarini 
nazarda tutish, hamda devor sathida pog‘ona va zina maydonchasi yuzasidan 2,2 m gacha balandlikda, bo‘rtib 
chiqib turuvchi jihozlar joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Balandligi 28 metrdagi bo‘lgan binolarda odatiy zina 
kataklarida axlat to‘tkazgichlar va xonalarini yoritish uchun elektr o‘tkazgichlar nazarda tutishga yo‘l 
qo‘yiladi. Oddiy zina kataklarning xajmida faqat saqlash xonalarni joylashtirishga ruxsat beriladi. Birinchi 
yoki yertula qavatning zina katagining ostida isitish, suv ulchagich, elektr asboblarni tekshirish uchun 
xonalarni joylashtirish lozim. Zina kataklari bevosita tashqariga bino atrofidagi xududga chiqishi kerak. Qavat 
ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqish joyiga ega bo‘lishi kerak, agar qavatda 2-ta dan kam bo‘lmagan 
evakuatsiya chiqish yo‘liga ega bo‘luvchi xona joylashgan bo‘lsa. Binodan evakuatsiya chiqish joylari va 
yo‘llarning soni, binoning istalgan qavatidagi evakuatsiya chiqish joylari sonidan kam bo‘lmasligi kerak. Ikki 
va undan ortiq evakuatsiya chiqish yo‘llari mavjud bo‘lsa ular tarqatilgan holda joylanishi kerak. Ikki 
evakuatsiya chiqish joylari o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda ularning har biri xonada, qavatda yoki binoda mavjud 
bo‘lgan hamma odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilinishini ta’minlash lozim. Balandligi 15 m dan ortiq 
binolarda xonalardan tashqari bu eshiklar ochilmagan yoki qalin oynadan bo‘lishi kerak.
Texnik qavatlarda evakuatsiya chiqish joylari 1,8 m dan kam bo‘lishi mumkin emas. Bu chiqish 
joylarini texnik yerto‘lalarda, binodan chiqish joylaridan alohida bo‘lishi va bevosita tashqariga olib chiqishi 
lozim.
Ushbu talablarga muvofiq evakuatsiya chiqish joyi hisoblanadi, agar ular olib chiqsa: 
a) yerto‘la va sokol qavatlardan bevosita tashqariga olib chiqsa;
b) birinchi qavat xonasidan bevosita tashqariga yoki zina katagi, koridor, vestibyul orqali olib chiqsa;
v) birinchi qavatdan tashqari istalgan qavatning xonasidan koridor, zina katagiga olib boruvchi yoki 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri zina katagiga olib chiqsa. Bunda zina katagida tashqariga chiqish joy bo‘lish kerak yoki 
vestibyul orqali alohida koridoga tutash joyida to‘siqli eshik bo‘lishi lozim.
Me’yor talablariga asosan tambur orqali tashqariga chiqish joyini o‘rnatishga ruxsat etiladi. Evakuatsiya 
yo‘llari va chiqish joylariga qo‘yiladigan talablar qurilish me’yorlari va qoidalari tomonidan belgilanadi. 
Evakuatsiya yo‘llariga koridor, o‘tish joyi, foye, zina kataklari va vestibyullar kiradi. Lift va eskalatorlar 
evakuatsiya yo‘llari hisoblanmaydi. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish