Bakalavriat - ta'lim yo`nalishi buyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, o`qish muddati kamidaturt yil bo`lgan tayanch oliy ta'limdir.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so`ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb buyicha «bakalavr» darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish hukuqini beradigan diplom topshiriladi.
Magistratura - aniq mutaxassislik buyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir.
Magistrlik dasturi tugallanganidan so`ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan "magistr" akademik darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Shuningdek fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma asosida olishga haqli ekanligi belgilab berilgan.
Uzbekiston Respublikasi «Ta'lim to`g`risida»gi Qonunining 3-moddasida ta'lim sohasidagi daalat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berilgan bo`lib, unga ko`ra ta'lim Uzbekiston Respublikasi ijtimoiy tarakkiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilingan.
Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyil ko`yidagilardan iborat:
ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o`rta, shuningdek o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yo`nalishi: akademiy litsey yoki
kasb-hunar kollejida o`qiishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning xamma uchun ochikligi;
ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo`lishni va iste'dodni rag`batlantirish;
ta'lim tizimida davlat va jamoat boshkaruvini uyg`unlashtirish.
Respublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar o`sib kelayotgan yosh avlodda intellektual kobiliyatlar va kasbiy bilimlarni rivojlantirishni ko`zda tutadi. Bunday kelib chikkan holdamutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi fanining maksadi bo`lajak mutaxassislarning ixtisoslik fanlaridan ta'lim berish metodikasi, oliy ta'lim tizimida o`qitish shakllari hamda o`kitishning ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalariga oid bilim va ko`nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.