Keng malakali ishchi-mutaxassisni modeli quyidagi ko`rinishda tuzilishi mumkin:
Prognoztik – oldindan bilish va ish rivojini xarakterlash. bu maqsadda maxsus ruxsat etilgan va tasdiqlangan hujjatlarni keng foydalaniladi.
Malakaviy – texnik mazmuniga qo`yiladigan talablar. Ishchilarni malakaviy tayyorlashda ishlab chiqilgan talab va mazmun.
O`quv dasturi - ta'limining aniq mazmuni mazkur fanning hajmi va o`rganish tizimini belgilaydi.
Eksternat – oliy ta'limning ta'lim muassasalarida attestatsiyalangan (joriy va yakuniy) holda mustaqil o`qish.
Masofali o`qitish – oliy ta'limning o`quv-professional dasturini asosiy faoliyatdan ajralmagan holda ta'lim muassasi bilan masofadan turgan holda o`zlashtirish. U zamonaviy informatsion texnologiyalarni va telekomunikatsiyaning texnik vositalarini qo`llashga asoslanadi.
Shaxs – kadrlar tayyorlash sistemasining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim xizmatining istemolchisi va ishlab chiqaruvchisi;
Uzluksiz ta'lim – malakaviy kadrlarni tayyorlashning asosi;
Fan – yuqori malakali mutaxassislarni ishlab chiqaruvchi va iste'molchi ilg`or pedagogik va informatsion texnologiyalarni ishlab chiquvchi;
Ishlab chiqarish – kadrlarning asosiy buyurtmachisi, kadrlar tayyorlash sistemasini moddiy-texnik ta'minlashga va moliyalashga qatnashuvchi.
Ta'limning demokratizatsiyalashuvi- ta'lim va tarbiya usullarini tanlashda ta'lim muassasalari mustaqilligining kengayishi.
Gumanizatsiya- inson qobiliyatining ochilishi va rivojlanishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligini ta'minlash.
Milliy yo`naltirma- milliy tarix, an'ana, udum, madaniyat bilan yakdillik.
O`quv rejasi - bu davlat hujjati bo`lib, mazkur O`quv muassasida O`quv – tarbiyaviy jarayonning mazmunini, hajmini, turini, ketma-ketligini, davrini va muddatini aniqlab beradi. Bu hujjatda ko`rsatilgan O`quv fanining ro`yxati, ularni o`rganish ketma-ketligi, soatlar miqdori, maslahat va imtihonlar, shuningdek imtihonlar ro`yxati har bir guruh uchun majburiy hisoblanadi va uni O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta'lim vazirligi ruxsatisiz o`zgartirib bo`lmaydi.
O`quv rejasi o`ziga umumta'lim va professional- texnik ta'lim zanjirini biriktiradi va bu fanlar bo`yicha fan tartibi, haftadagi soatlar miqdori, ta'lim davri keltiriladi. Barcha bu tavsiflar soatlar setkasida namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |