Fanidan O`quv metodik majmua



Download 4,41 Mb.
bet185/299
Sana16.06.2022
Hajmi4,41 Mb.
#676062
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   299
Bog'liq
Fanidan O`quv metodik majmua

to‘qqizinchi bosqichda umummehnat va kasbiy ko‘nikma hamda malakalarni rivojlanganlik darajasini baholashning ko‘rsatkich va mezonlari tajriba-sinov ishlari asosida sinab ko‘riladi va ta’lim jarayonining yakunlanganlik darajasi (K>0,7 ko‘rsatkichga erishish maqsadida) tekshirildi. Bosqich natijasida loyihaga tegishli tuzatishlar kiritildi.

Ko‘nikma va malakalarni faoliyat tavsifiga ko‘ra, tasniflash mumkin (5-shakl). Misol, uchun bir guruhni intellektual ko‘nikma (eshitish qobiliyati, kitob bilan ishlash, insho yozish, reja tuzish, o‘z ishini rejalashtirish, uni qulay tashkil etish) va malakalar (yozuv savodxonligi, ifodali o‘qish) tashkil qiladi. Ikkinchi guruhga mehnat ko‘nikmalari (chizmalar bo‘yicha buyum yasay olish) va alohida avtomatlashgan mehnat operatsiyalari {arralash, qirqish, randalash, kesish malakalari) kiradi. Bu guruhga harakat va konstruktiv texnik ko‘nikma va malakalar kiradi, bunda ikkinchisi hamma vaqt asbob va mashinalar bilan ishlashga bog‘liq bo‘ladi.
Uchinchi guruhni jismoniy tarbiya va sport ko‘nikmalari (jismoniy tarbiya mashqlarini bajara olish) va malakalar (sakrash, suzish, arqonga chiqish) tashkil qiladi. Odatda, gigienik ko‘nikma va malakalarni ham alohida guruh sifatida qaraladi.
Bundan tashqari, malakalar murakkablik va avtomatlashganlik darajalariga ko‘ra ham farqlanadi.
O`quv jarayonini yanada takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari o`quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish, mustaqilligini rivojlantirish, o`qitishning eng samarali forma va metodlaridan fodalanishdir.
Ilg`or o`qituvchilar o`quv jarayonining yangi strukturasini tobora keng tadbiq etmokdalar. Bu strukturaga kura, bilimlarni o`zlashtirish va o`quv hamda malakalar xosil qilish o`quvchilarning mustaqil amaliy va aqliy faoliyatlari natijasida sodir bo`ladi. Muammoli vaziyatlar yaratish, ularni xal qilish yullarini izlash va aniqlash, muammoni xal qilish jarayonining o`zi, chiqarilgan xulasalarni qanchalik to`g`ri ekanligini amalda tekshirib ko`rish o`quv jarayonining muhim elementlari bo`lib kolmokda.
Muammoli jarayon xosil qilish o`quvchilar aktiv aqliy faoliyatning zarur shartidir. O`quvchi oldiga muayyan vazifa kuyiladi, bu vazifa unda qiziqish uygotadi va o`quvchi bu vazifani xal qilishga urinadi, ammo o`z bilimlari hamda tajribalari etarli darajada tula va chuqur emasligini paykaydi, ya'ni aniq kiyinchilikka duch keladi. O`quvchida xosil bo`lgan vaziyatdan chiqish yulini topishdek ichki extiyoj paydo bo`ladi, kiyinchilikni xis etish paydo bo`lgan sharoitni analiz qilishga va kuyilagn masalani echish yullarini topishga undaydi. Shunday qilib, bilish lozim bo`lgan va amaliy vazifalar bilan o`quvchilarning bilimlari darajasi orasida ziddiyatlar paydo bo`ladi, bu ziddiyatlar yuzaga kelgan kiyinchilikni bartaraf etishga qaratilgan intensiv fikrlash faoliyatini uygotadi.
O`quv materialini bayon etishning muammoli to`zilishini chuqurrok bilib olish uchun fikrlash jarayonining ba'zi qonuniyatlarini ko`rib chikamiz. Bu sohada olib borilgan eksperimental tadkikotlar shuni ko`rsatadiki, fikrlash va yangi bilimlarni o`zlashtirish jarayoni qonuniyatlari bir-biriga ma'lum darajada to`g`rikeladi. Fikrlashdagi harakatlar narsani, hodisani o`zgartirishning shunday amaliy hamda nazariy usullarini o`z ichga oladiki, bular uning yangi xossalari va yangi nisbatlarini paykashga olib keladi. Fikrlashning asosiy vazifasi yangi bilimlarni va yangi harakat usullarini egallashga imkoniyat yaratishdan iborat. Shu bilan birga, insonning bilimlari tafakkurining pirovard natijasi, bilishning asosiy vositasidir. Inson yangi narsani o`ziga ilgari ma'lum bo`lgan narsa asosida biladi. Inson ma'lum bo`lgan narsaga tayanibgina o`zining bilish faoliyatida ilgari siljiydi. Insonning bilimlari qanchalik aniq va chuqur bo`lsa, uning faoliyati shunchalik mukammal, mehnati unumli bo`ladi.
Inson bilimlar sistemasini bilib olar ekan, ayni zamonda bu bilimlarni ishlatish usullarini, amaliy va nazariy masalalarni echishda bilimlardan foydalanish uchun zarur bo`ladigan intellektual harakatlarning murakkab sistemasini ham o`zlashtiradi. Fikrlashdagi harakatlarni “dilda” bajarishga qaratilgan aqliy operatsiyalar sistemasi, debgina tushinish yaramaydi. Tafakkur amaliy yoki nazariy harakatdan ajralmasdir, u insonning butun faoliyatiga xizmat qiladi, inson o`z oldiga vujudga keladigan muammolarni echishning tayyor usullariga ega bulmagan yoki harakatlarni bajarishning yangi usullarini topishi zarur bo`lgan xollarda uning faoliyatini tartibga solishga yordam beradi.
Fikrlash jarayoni amalga oshadigan asosiy forma muammolarini, ya'ni bilish lozim bo`lgan, echilish yuli noma'lum yoki mavjud bilim hamda malakalarni yangi, odatlanilmagan sharoitda tadbiq etishni talab qiladigan intellektual va amaliy vazifalarni xal qilishdan iborat.
O`qitishda tafakkurning vazifasi shundan iboratki, u yangi harakat usullarini va o`zlashtirilishi lozim bo`lgan yangi bilimlarni “kashf etishga” xizmat qiladi. o`qitish jarayonida tafakkur bu vazifani fikrlash zaruriyatini, ya'ni ilgari ma'lum bulmagan bilimlarni yoki harakat usullarini “kashf etish” yoki o`zlashtirishni talab etadigan vazifani bajarish vaqtida o`quvchida paydo bo`ladigan psixik xolatni kelitrib chiqaradigan muayyan vaziyatlar sharoitida bajaradi. bunday vaziyatlar va ularga mos keladigan vazifalar muammoli vaziyat hamda vazifalar deb ataladi.
Yangi bilimlarni o`zlashtirish jarayoni muayyan muammoni xal qilinishidan iborat fikrlashning namoyon bo`lishi ekan, yangi bilimlarni o`zlashtirishning har bir elementi- bu, muammoli vaziyatlarning xal qilinishi, deb aytish mumkin. Buni fikrlashning psixologik qonuniyatlaridan o`qitish jarayonini boshqarish uchun foydalanish masalalariga bagishlangan barcha tadkikotlar tasdiqlaydi.
Bu xulosa o`quvchilarning mustaqil ravishda bilimlar olish jarayonini boshqarish maqsadida muammoli vaziyatlar sistemasini ishlab chiqish va uni tadbiq etishni nazarda tutadi. Muammoli vaziyatni xal etish asosida tashkil qilingan o`quv jarayoni pedogogikada muammoli o`qitish deb ataladi. Muammoli o`qitish vaqtida hamma vaqt masala (muammo) kuyiladi va xal qilinadi. Bu muammo savol, topshiriq, masala tarzida beriladi. Ammo o`qitishda, shu jumladan, o`quv materialini o`zlashtirishdan oldin savol va masalalardan foydalanish muammoli o`qitish shartlariga hamma vaqt ham to`g`ri kelavermaydi. “Muammoli vaziyat” hamda “masala” tushunchalarining ma'nosi bir xil emas. “Masala” tushunchasi bilan harakatning ba'zi ob'ektiv beriladigan harakteristikalarigina belgilanadi, ishtirok etuvchi shaxs- sub'ekt esa kushilmaydi. Masalani echish jarayoni izlanayotgan zarur narsaning topilishini ta'minlaydigan masala shartlarini o`zgartirish sistemasidan iborat. Kupchilik xollarda masala ma'lum bo`lgan bilim, o`quv va malakalarni bevosita tadbiq etish asosida bajariladi yoki xal qilinadi.
Muammoli vaziyat- sub'ekt (o`quvchi) bilan ob'ekt (masala) o`zaro ta'sirining o`ziga xos turi. Muammoli vaziyat avvalo o`quvchining fan to`g`risida, topshiriqni bajarish usullari yoki shartlari to`g`risida yangi bilimlarni “kashf etishni” (o`zlashtirishni) talab etadigan vazifani bajarish jarayonida paydo bo`ladigan muayyan psixik xolatni harakterlaydi. Agar masalni echishda o`quvchi harakatlarni o`qituvchi ko`rsatmasiga binoan bajarib, uni hamma vaqt ham “kabul qila” olmasa, muammoli vaziyat vujudga kelishining mukarrar sharti yangi xossa yoki harakat usulini ochish zarurati bo`ladi. Bunday zaruriyat bevosita amaliy sharoitlar bilan ham, ijtimoiy extiyojlar bilan ham belgilanishi mumkin.
Muammoli vaziyatlar yaratishda pedogogika fani ishlab chikkan hamda amalda tekshirib kurilgan quyidagi qoidalarga amal qilish zarur.
Muammoli vaziyat yaratish shunday amaliy yoki nazariy masalani nazarda tutadiki, bu vazifani bajarishda o`quvchi o`zlashtirishi kerak bo`lgan yangi bilimlar yoki harakatlarni “kashf” etish lozim.
Masala quyidagi shakllarda berilishi mumkin: savol shaklida, bunda ma'lumotlar surok gapga kiritilgan bo`ladi; bunda savolning ta'rifi, uning moxiyati vazifani bajarishda o`quvchida paydo bo`ladigan real savolga mos kelishi kerak;
topshiriq shaklida, bunday masalada xulosa chiqarish, nimanidir tushintirish, asoslash taklif etiladi.
Masala hamisha o`quvchining bilim va o`quvlariga asoslanishi lozim. Ular savol yoki vazifaning moxiyatini, tub maqsadini va echish yullarini tushunish uchun etarli bo`lishi kerak.
O`quvchiga taklif etiladigan muammoli vazifa o`quvchining intellektual imkoniyatlariga mos kelishi zarur. Vazifaning kiyinlik darajasi ikkita asosiy ko`rsatkich: o`zlashtirilishi kerak bo`lgan o`quv materialining yangilik darajasi va uning umumlashtirilganlik darajasi bilan baxolanadi.
Odatda, muammoli vazifa o`zlashtirilishi lozim bo`lgan o`quv materialdan oldin berilishi darkor. Ammo o`quvchilarda muammoli vazifani xal qilish uchun etarli darajada bilim va o`quvlar bulmasa, ularga zarur ma'lumotlarni bayon etish yoki ularni muayyan harakatlarga o`rgatish lozim. Bunday xollarda o`qituvchi jarayonlarning xususiyatlari, aniq ma'lumotlar va shu kabilarni aytib beradi, o`quvchilar esa ana shu ma'lumotlar asosida, o`rganiladigan harakatlarning umumiy qonuniyatlarini, bajarish usullari hamda shartlarini ijodiy o`zlashtiradilar.
O`quvchilarning muammoli masalalar echish yuli bilan yangi bilimlarni o`zlashtirish jarayoniga o`qituvchi doimo bevosita rahbarlik qilishi kerak. O`qituvchi muammoli vaziyat yuzaga keltiradi, masalani ta'riflaydi, shundan keyin yordamchi savollar berish, aniqliklar kiritish, ba'zi narsalarni aytib berish yuli bilan o`quvchilarga talab etiladigan qonuniyatlarni mustaqil tushunish hamda ta'riflashga, qilinadigan ish usuli yoki shartini topishga, zarur xulosa chiqarishga yordam beradi.
Bilim va harakatlarning ma'lum darajada murakkab sistemasini muammoli o`zlashtirishni ta'minlash uchun muammoli vaziyatlar yaratishda muayyan sistemaga rioya qilish kerak:
murakkab topshiriqni ancha mayda, xususiy topshiriqlarga bo`lish zarur; ba'zi xollarda asosiy masala bir necha dars yoki, xatto, butun boshli mavzu doirasida yagona bo`ladi va xususiy vazifalar sifatida echiladi;
har xil muammoli vaziyatlar uchun xos bo`lgan didaktik funktsiyalarni farq qilish kerak:
mavzuni o`rganish boshida xosil qilinadigan birinchi muammoli vaziyat o`quvchilarda o`rganilayotgan umumiy qonuniyatni o`zlashtirish uchun extiyoj uygotishi darkor; shundan keyin aniq muammoli vaziyatlar sistemasining hammasi shu asosiy masalani ochishga xizmat qiladi;
muammoli vaziyatlar sharoitida o`qituvchi bayon etadigan o`quv materialini va o`quvchilar mustaqil o`zdashtiradigan materialni aniqlashga differentsiallangan tarzda yondoshish kerak; bir darsning o`zida, odatda, ikkala tipdagi materialdan foydalaniladi.
Muammoli o`rganish uchun ochik oydin ifodalangan sabab-natijali bog`langan, eng muhim sifatlarni, hodisalarni, munosabatlarni umulashtirishni, qonuniyatlarni aniqlashni talab etadigan material, ya'ni asos harakteridagi material tanlab olinadi. Axborot xikoya rejasidagi aniq materialni o`qituvchining o`zi bayon etadi. Shu sababli pedogogika adabiyotida muammoli o`qitishni tavsiflashda uchraydigan “muammoli dars” terminiga tula kushilib bo`lmaydi.
Xotimada shuni ta'kidlab o`tish zarurki, darsda muammoli vaziyatlar xosil qilish oqibat natijada aniq o`quv materialini ongli ravishda o`zlashtirishga karaganda ancha kup narsani bilishga yordam beradi, chunki o`quvchilar ularni xal etib, fikrlashga, muloxaza yuritishga, xulosalar chiqarishga o`rganadilar. O`qitishning bunday usulubi insonni aktiv, ijodiy uylaydigan qilib tarbiyalashga yordam beradi.

Download 4,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish