Hovlining ichki qismida. Zangi otaning otasi Tojxo‘ja, uning otasi Abdul
Malik ota bo‘lib, ul zot o‘zining piri murshidi Mansur ota orqali Xo‘ja Axmad
Yassaviyga borib taqaladi. Tojxo‘janing o‘zi ham hazrat Yassaviyning xizmatida
bo‘lib, ul zotdan bevosita tasavvufiy-ma’naviy ta’limot va yo‘llanma olgan.
Tojxo‘ja 1218-yilda vafot etgan.
Hazrati Arslonbobo avlodi hisoblangan Zangi ota Xo‘ja Axmad Yassaviyning
beshinchi muridi Sulaymon Haqim ota Bakirg‘oniyning shogirdi hisoblangan.
Zangi ota xalq orasida cho‘ponlarning piri hisoblanib, manbalarda qayd
etilishicha 1258-yilda vafot etgan. Uning qabri ustida Qur’oni Karimdan bir
qancha oyatlar bilan bir qatorda uning vafot etgan yili ham ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |