Fanidan mustaqil ish



Download 1,36 Mb.
bet2/2
Sana14.04.2023
Hajmi1,36 Mb.
#928254
1   2
Bog'liq
bino va inshootlar

Tom yopmalari


Asbest-sement listlardan iborat bo’lgan tom og‘irligi 25-30 kg/m3, cherepitsali tomlaming og‘irligi esa 60-70 kg/m3 bocladi. Bunday tomlar uzoq vaqt ishlatilishi, olovga bardoshligi, tashqi ko‘rinishining ko‘rkamligi hamda arzonligi bilan ajralib turadi. Yumshoq o’rama materiallardan qilingan tom yopmalari qalinligi 19-25 mm bo’lgan yaxlit (tekis) taxta to‘shama ustidan yotqiziladi. Bunda yog‘och zamin ikki qavat bo’lib, usti yaxlit himoya qatlam chirishiga qarshi ishlov berilgan, qalinligi 16-19 mm va kengligi 50-70 mm bo‘lgan brusoklardan iborat bo‘ladi. Bunday qatlam ishchi qatlamga nisbatan 45° burchak hosil qilib qoqiladi. Bunday konstruksiyalarda to‘shama to’l tashlab ketmaydi va o‘rama materialni yirtilishdan saqlaydi.
Tomlarga o‘rama materiallar ikki qatlamli (agar tom nishabi 12° dan katta bo‘Isa) yoki uch qavatli (agar tom nishabi 12° gacha bo‘Isa) qilib yopishtiriladi.
Nishabi 12° dan katta bo‘lgan tomlarda o‘rama materiallar chordoq «konyok» qismiga perpendikular (tikka), nishabi 12° gacha bo‘lganda esa unga parallel qilib yopishtiriladi. Polimer materiallardan (izol, polietilen plyonka va hokazolar) tayyorlangan tom yopmalari ruberoidlar kabi yopishtiriladi. Qalinligi 0,2-0,3 mm bo‘lgan polietilen plyonkalar umuman namlikni o‘tkazmaydi. Ular zaminga bitum yoki maxsus plastik mastikalar yordamida yopishtiriladi. Temirbetondan ishlangan tomlar uzoq vaqtga chidamliligi va olov bardoshligi bilan boshqa tom konstruksiyalaridan farq qiladi. Bunday nishabli tomlar o'lchamlari 6,0x1,2 m bo'lgan qovurg‘ali temirbeton plitalardan qilinadi

Birlashtirilgan tomlar va tom qoplamalari


Birlashgan tomlarning konstruktiv sxemalari:
a,b - shamollatilmaydigan; d - shamollatiladigan; 1 - himoya qatlami; 2 - o ‘rama to ‘shama; 2 - tekislovchi qatlam (qorishmayoki yig ‘ma temirbetondan); 4 - issiq-sovuqdan izolatsiya qatlami;
5 - bug ‘dan himoya qatlami; 6 -ko‘taruvchi konstruksiya;
7 - suvoqli shift; 8 - issiq-sovuqdan izolatsiya qiluvchi ko‘taruvchi konstruksiya (yopma konstruksiyasi); 9 - havo qatlami.

Birlashgan tomlarda yopma qismi chordoq ora yopmasi konstruksiyasi bilan birlashgan bo‘lib, ularda chordoq qismi bo‘inmaydi va chordoq ora yopmasining ostki qismi yuqori qavat uchun shift vazifasini o‘taydi.


Ko‘pchilik hollarda birlashgan tomlar temirbeton elementlardan tayyorlanadi. Birlashgan tomlar chordoqli (nishabli) tomlarga nisbatan 10-15% arzonga tushadi, ekspluatatsiya narxi esa 5 baravar kam bo‘ladi.
Birlashgan tomlaming shamollatilmaydigan yoki shamollatiladigan turlari bo‘ladi.
Shamollatilmaydigan tomlarda temirbeton yopma plitasi ustidan bir yoki ikki, uch qavat ruberoid issiq bitum bilan yopishtiriladi. Bu qatlamning asosiy vazifasi issiqlikni o‘tkazmaslik va temirbeton plita orqali xona ichidan ko‘tarilayotgan bug‘dan namlanishining oldini olishdir. Plita yoki sochiluvchan material ko‘rinishiga ega bo‘lgan g‘ovak beton, fibrolit, shisha paxta, shlak, keramzit va boshqa issiqlik izolatsiyasi materiallari to‘sham qalinligi teplotexnik usulda hisoblab topiladi.
Issiqlik izolatsiyasi qatlami ustidan qalinligi 15-20 mm bo‘lgan sement qorishmasidan tekislovchi qavat yozib chiqiladi. Agar issiqlik izolatsiyasi materiali sochiluvchan bo‘Isa, tekislovchi qavat qalinligi 25-30 mm qilib olinib, kataklari 200-300 mm bo‘lgan to‘r qo‘yib yuboriladi. Tekislovchi qatlam ustidan bir necha qavat ruberoid yoki boshqa materialdan qilingan to‘shamalar maxsus yopma mastikalar yoki issiq bitumlar yordamida yelimlanib, ustidan 6-8 mm qalinlikda mayda yengil keramzit shag‘al yoki shlakdan himoya qatlami yozib chiqiladi. Ayrim hollarda issiqlik izolatsiyasi qatlamining o‘rnini bosuvchi va bir yo‘la yopmani ko‘taruvchi konstruksiya vazifasini bajaruvchi g‘ovak beton yoki yengil beton (ko‘pik beton, keramzit beton va boshqa)lardan iborat yopma konstruksiyasi ishlatiladi.
Shamollatiladigan tomlar shamollatilmaydigan tomlardan issiqlik izolatsiyasi qatlami ustida qoldirilgan ochiq joy (tirqish) hamda tekislovchi qatlam o‘miga yupqa temirbeton plita yoki panel qo‘yilishi bilan farq qiladi. Qoldirilgan ochiq joy issiqlik izolatsiyasi qatlami- dagi ortiqcha namlikni chiqarib yuborishga va uning izolatsiya xususiyatlarini yaxshilashga mo’ljallangan bo’ladi. Birlashgan tomlarni turini tanlashda mahalliy iqlim sharoiti va binoning ichki harorat- namlik rejimi holati e’tiborga olinadi: masalan, shamollatiladigan tomlami har qanday iqlim sharoitli mintaqalarda qurish mumkin. Shamollatilmaydigan tomlar esa, qishki o‘rtacha sovuqligi - 30° dan kam bo’lmagan mintaqalarda quriladi.
Quruq yoki harorat-namlik rejimi normal bo’lgan xonalar ustidan tosh shamollatilmaydigan bo’lishi mumkin. Atmosfera suvlarini oqizib yuborish uchun bunday tomlar nishabi 2°dan 8° gacha olinadi, ayrim hollarda esa tekis tomlarda ham ishlatiladi. Tomlaming nishabi asosan 3, 4 va 5 qavatli ruberoidlar bilan yopiladi. Masalan, nishabi 5- 8° bo’lgan tomlarda 3 qavat, 2-5° tomlarda - 4 qavat va 1,5-2° tomlarda 5 qavat ruberoid to‘shaladi.
XULOSA

Ushbu mustaqil ishini bajarish davomida Navoiy viloyatida loyihalashda tomlar, stropilali tomlar va tom qoplamalari, birlashtirilgan tomlar va tom qoplamalari, konstruktiv tugunlarni chizishni o’rgandim.




FOYDALANILGAN ABIYOTLAR
1. Miralimov M.M., S.Sayfiddinov, M.B.Babajanov «Turar-joу va jamoat binolarini loyihalash asoslari». O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2010 y.
2. Sh.R.Mirzayev, М.М.Vaxitov. Me’morchilik: II qism. Fuqorolik binolari. Darslik. Toshkent: «Tafakkur», 2010
3. Х.А.Акрамов, Р.А.Кучкаров, Р.Х.Пирматов. Кўп қаватли саноат биноларини зилзилавий ҳудудларда лойиҳалаш асослари. Ўқув қўлланма Тошкент, 2002 й.
Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish