Harakatni optik tutib olish tizimlari
Harakatni optik tutib olish zamonaviy tizimlardan foydalanib, belgilangan harakatni tutib olishning juda ham aniq metodi hisoblanadi. Optik qabul qilingan ma’lumotlar foydalanishda kerakli bo‘lishi uchun katta hajmli qayta ishlashlarni talab etadi. Odatdagi harakatni optik tutib olish tizimi kameralarning bir qancha raqamli zaryadlanuvchi aloqa qurilmasi (charge-coupled device (CCD)) kirishini boshqaruvchi bitta kompyuterga asoslanadi. CCDlar yorug‘likni sezadigan qurilma bo‘lib, yorug‘likni tutib olish va so‘ngra har bir yacheyka uchun yorug‘lik intensivligini o‘zgartirib, tasvirning raqamli taqdim etilishini yaratish uchun fotoelementlar massivini (shuningdek, piksel deb ham nomlanadi) ishlatadi. CCD kamera piksellar massividan tarkib topgan bo‘lib, eng quyi 128 x 128 dan, 4096 x 4096 gacha va undan yuqori ekran o‘lchamlari bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Tabiiyki, ekran o‘lchami qanchalik yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi, ammo boshqa kelishuvlar ham bor. Juda ham tezkor harakatlarning sezilar-sezilmas farqlarini tutib olish uchun kadrlar chastotasi yoki bir soniyadagi nusxalar ko‘rsatkichi yetarlicha tezkor bo‘lishi lozim. Aksariyat holatlarda, bir soniyada 512 nusxa yetarli bo‘ladi.
1-rasm. Harakatni tutib olishning optik Vicon 8 tizimi
Kameralar odatda, o‘zining yoritish manbalari bilan ta’minlangan bo‘ladi, belgilardan yo‘naltirilgan akslarni yaratadi. Infraqizil nur manbalari foydalanuvchi uchun kamroq vizual buzilishni yuzaga keltirganligi sababli afzal ko‘riladi. Ish olib borilayotgan maydondagi belgilar duymlar juftligida kichkina sohani tutib olish uchun, diametr bo‘yicha bir necha millimetrlarda o‘zgarishi mumkin. 1-rasmda keltirilgan Vicon 8 tizimi 24ta kameraga moslashishi mumkin bo‘lgan zamonaviy optik tizimga misol bo‘ladi.
2-rasm. Harakatni optik tutib olish sahnasining ijro etilishi
Obyektni ma’lum o‘lchamlar bilan kuzatib borishni hisobga olgan holda dasturiy ta’minot tanib olishi mumkin bo‘lgan barcha kameralarning optik tizimi aniq bir o‘lchamga keltirilgan bo‘lishi kerak. Bitta nuqtaning 3D holatini kuzatish uchun hech bo‘lmaganda ikkita ko‘rinish mavjud va qo‘shimcha kameralar to‘g‘ri ko‘rinish chiziqlarini quvvatlash uchun zarur, har ehtimolga qarshi, har bir belgi uchun kamida ikkita kamera qo‘llanadi. Bu degani kameralar ko‘p bo‘lsa, yaxshi degani emas, chunki har bir qo‘shimcha kamera mahsulotni yakuniy qayta ishlash vaqtini oshiradi. To‘siqlarni kamaytirishning boshqa usullari ham bor, bu dasturiy ta’minotda amalga oshiriladi va yakuniy qayta ishlash vaqtida foydalaniladi. Ko‘p vaqtlarda iqtisodiy samarali yechimlar harakat turi, tezligi va davomiyligi, shuningdek, tutib olish hajmi va mavjud yorug‘likka bog‘liq ravishda har bir aniq vaziyatlar uchun farqlanadi. 2-rasmda optik harakatni tutib olish bosqichidagi filmni olinishi keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |