Siydik ajralishini o‟rganish usullari. Buyrakdan siydik ajralishini o‘rganish maqsadida, 1883 yili I.P.Pavlov qovuq(siydik pufagi)ning ichki siydik yo‘llari qo‘yiladigan joyini kesib olib tashqariga, qorin terisining yuzasiga chiqarib tikish usuliga asos soldi. Bu usulni keyinchalik Orbeli bir oz o'zgartirib mukammallashtradi. U tovuqning har ikkala siydik yo‘llari qo‘yiladigan qismini alohida-alohida, tashqariga chiqarib tikdi. Oqibatda har ikkala buyrakdan siydik ajralishini alohida-alohida o‘rganish imkoni tug‘ildi.
Buyrakning tuzilishi haqida qisqacha ma‟lumot.
Odam va hayvonlar buyragi juft organlar bo‘lib, organizmning bel qismida joylashgan.
Har qaysi buyrak ikki qavat-po‘stloq qavati va mag‘iz qavatlardan tashkil topgan.
Po‘stloq qavatini nefronlar tashkil qiladi. Nefronlar dastlab, 1872-yilda Shumlyanskiy tomonidan tasvirlab berilgan. Ular buyrakning morfofunksional birligidir,chunki siydik hosil bo‘lishining barcha jarayonlari nefronlarda bo‘lib o‘tadi. Alohida chiqqan har bir nefron qo‘sh devorli kichik kapsuladan boshlanadi, uning ichida kapillyarlar chigali bor va shun Mal‘pigi koptokchasi deb ataladi. Qo‘sh devorli kapsula (Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi) devorlari orasidagi bo‘shliqdan kanalcha boshlanadi.
Nefronning tuzilishini ifodalovchi sxema.
A-nefron; B-boumen kapsulasi; B-boshlang‘ich siydikni kapsuladan mikropipetka yordamida olish. 1- Malpigi koptokchasi,2-egri bugri kanalcha ,3- yiguvchi naycha,4-Genli qovuzlogi,5-qon olib keluvchi tomir,6-qon olib ketuvchi tomir,7- Malpigi koptokchasining kapillyarlar turi,8-kapsula bushligi,9-egri kanalchaning boshlanishi,10- kapsulaning tashqi pustlogi,11-shisha tayoqcha,12- kanalcha,13- pipetka,14-simob,15-koptokcha suyuqligi,16 –arteriolalar
Kanalcha kapsulaga yaqin joyda ikki-uch marta egilib buralgan, bunga birinchi tartibli burama kanalcha deyiladi. Bu kanalcha buyrakning po‘stloq va mi ag‘iz qavatlari chegarasida to‘g‘rilanib, torayadi va mag‘iz qavatga tushib chiqadi. Oqibatda Genle qovuzlog‘ini hosil qilib, po‘stloq qavatga qaytadi. Kanalcha po‘stloq qavatda yana ikki-uch marta egilib bukiladi. Bunga ikkinchi tartibli burama kanalcha deyiladi. Ikkinchi tartibli burama kanalcha yig‘uvchi kanalchaga quyiladi. Bir necha nefronlarning yig‘uvchi kanalchalari qo‘shilib umumiy chiqaruv kanalchasini hosil qiladi. Umumiy chiqaruv kanalchasi mag‘iz qavatdan o‘tib, buyrak jomiga quyiladi. Buyrakda bu nefronlardan tashqari yukstamamedullyar nefronlar ham bo‘ladi. Bular tasvirlangan nefronlardan bir muncha farq qiladi, chunki yukstamamedullyar nefronlarning koptokchalari po‘stloq va mag‘iz qavatlarning oralig‘ida, Genli qovuzlog‘i esa buyrak jomi atrofida joylashgan. Har xil turga mansub bo‘lgan hayvonlarning buyragida nefronlarning miqdori turlichadir. Jumladan, qoramollarning har ikkala buyragida 8mln.ga yaqin nefron bo‘lib, ularning faol
yuzasi 39,2m2.ni, cho‘chqalarda 1,4mln. nefron bo‘lib, faol yuzasi 7,2m2.ni, qo‘ylarda esa 1mln. nefron bo‘lib, faol yuzasi 3,5m2.ni tashkil qiladi.
Buyrak qorin aortadan chiqib keladigan buyrak arteriyasidan qon oladi. Buyrak arteriyasi arteriolalarga tarmoqlanib, har qaysi kapsulaga alohida tarmoqcha beradi. Arteriola kapsulaga kirgach, yana tarmoqlanib kapillyarlarga bo‘linadi, oqibatda kapillyarlar chigalini -Malpigiy koptokchasini hosil qiladi. Kapsuladan chiqayotgan arteriola unga kirayotgan arterioladan torroq. Kapsuladan chiqqan arteriola, birinchi va ikkinchi tartibli burama kanalchalarda yana kapillyarlarga tarmoqlnib kanalchalarni o‘rab oladi. So‘ngra kapillyarlar venalarga aylanadi. Mayda venalar o‘zaro qo‘shilib, buyrak venasini hosil qiladi. Yukstamedullyar nefronlar kapsulaga kirayotgan arteriola yug‘onligiga teng. Ularda kapsuladan chiqqan arteriola, kanalchalar atrofida kapillyarlar to‘rini hosil qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |