Mavzu: Ayiruv tizimi.
Reja:
Ayiruv organlarining umimiy tavsifi
Buyraklar haqida ma`lumot
Siydik hosil bo`lishi va siydik chiqarish
Ayiruv (chiqaruv) organlarining ahamiyati: ayiruv (chiqaruv) organlariga buyraklar, ter bezlari, o‘pka va ovqat hazm tizimi kiradi. Organizmda kechayotgan moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari ana shu organlar orqali tashqariga ajratiladi. Shuning natijasida organizm keraksiz va to‘rli zararli moddalardan xalos bo‘ladi. Modomiki, moddalar almashinuvi uzluksiz kechar ekan, chiqindi moddalarning hosil bo‘lishi ham uzluksizdir. Bu esa ularning doimo tashqariga chiqarib turish zarurligini taqazo eadi.
O‘pka orqali suv, karbonat angidrid va ba‘zi uchuvchi moddalar, ichaklar orqali esa og‘ir metall tuzlari, turli chiqindi moddalar, o‘t pigmentlarining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar chiqariladi.
Ortiqcha suv va tuzlarning bir qismi, oqsil almashinuvi mahsulotlarining kamgina qismi ter bezlari orqali ajratiladi. Ammo, asosiy chiqaruv organi bo‘lib buyraklar hisoblanadi. Chunki organizmda hosil bo‘layotgan chiqindi moddalarning asosiy qismi ular
orqali ajratiladi. Jumladan, suv oqsil almashinuvidan hosil bo‘lgan mahsulotlar -mochevina, siydik kislota, kreatinin, mineral moddalar va boshqa chiqindi moddalarning asosiy qismi buyraklar orqali siydik bilan birga chiqariladi.
Ayiruv organlari organizm uchun benihoya katta ahamiyatga ega. Ularning faoliyati tufayli organizm zaharli moddalardan tozalanadi. Organizm ichki muhitining nisbatan doimiyligini saqlab turishda ham chiqaruv organlari katta rol o‘ynaydi.
Jumladan, qon, limfa, to'qima suyuqliklarining ion tarkibi, osmotik bosimining turg‘unligini ta‘minlashda ayiruv organlarining roli katta.
Ayiruv organlari, jumladan siydik chiqarish tizimi hayvonot olamining evolyutsion taraqqiyotida talaygina o‘zgarishlarga uchrab, taraqqiy qilgan va mukammallashib borgan. Bir hujayrali organizmlarda dastlabki chiqaruv organi-vakuola mavjud. Ko‘pchilik umurtqasiz ko‘p hujayrali hayvonlarda chiqaruv organi vazifasini shoxlangan ingichka naychalar-nefriyadalar bajaradi.
Bu naychalarning uchlarida maxsus hujayralar bor. Chiqindi moddalar ana shu hujayralarda ushlanib qoladi va naychalar orqali chiqarib yuboriladi. Qo‘yi darajada taraqqiy etgan umurtqali hayvonlarda chiqaruv organi vazifasini birlamchi buyrak, ya‘ni bir uchi kengayib ichiga tomirlar chigali joylashgan, ikkinchi uchi tana yuzasiga chiqqan burama kanalchalarga o‘tadi. Birlamchi buyrak amfibiya va reptiliyalarda bir muncha mukammallashib, issiq qonli hayvonlarda yuksak darajada takomillashgan siydik ayirishga nihoyatda mukammal moslashgan organ-buyrak vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |