Fanidan mavzular majmuasi


Ovqatning oshqozonda hazm bo„lishi



Download 0,64 Mb.
bet18/42
Sana23.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#575529
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
Bog'liq
TIBBIY BIOLOGIK VA IJTIMOIY SOG\'LOMLASHTIRISH ASOSLARI MAJMUA1 (2) copy (1)

Ovqatning oshqozonda hazm bo„lishi.

Oshqozon katta odamlarda noksimon shaklida boo’ladi. Uning kirish va chiqish qismlari, tubi, katta, kichik aylanalari ajratiladi, Oshqozonning kirish va chiqish qismlarida sfinteri bor. Oshqozon shillik, muskul, seroz qavatlaridan tuzilgan. Oshqozon shillik qavatining ostida 14 mln. oshqozon bezlari joylashgan boo’ladi. Oshqozonning xajmi katta odamlarda oo’rta hisobda 2,5-3 dm3 etadi. Ularda bir sutkada 1,5-2 dm3 oshqozon shirasi ishlab chiqariladi. Oshqozon shirasining 99% suv, 0,3-0,4% organik modda va tuzlardan iborat. Oshqozon shirasi tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota saqlanadi. Ovqatlangandan 20-30 minutdan soo’ng oshqozon too’lqinsimon qiskarib ovqat oshqozon shirasi bilan aralashadi. Katta odamlarda aralash ovqat oshqozonda 3-4 soatdan soo’ng 12 barmoqli ichakka oo’tadi. Sut va sutli ovqatlar oshqozondan oo’n ikki barmoqli ichakka tez oo’tadi.


Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning xajmi ham oo’zgarib boradi. YAngi tugo’ilganlarda – 30-4 5smZ bulsa, 10-12 yoshda 1500 sm3 boo’ladi. 2 yoshgacha oshqozon nok shaklida boo’lsa, 7 yoshda kolba shaklida boo’ladi. 5-6 yoshda bolalar oshqozon shirasida


xlorid kislota miqdorining kam boo’lishi bakteriyalarni zararsizlantirish xususiyatini kamaytiradi. Bolalar oshqozon shirasining tarkibida: pepsin, ximozin, lipaza, amilaza va boshqa fermentlar boo’ladi. Lekin bu fermentlarining kuchi kam. Oshqozonning kirish qismidagi kardiy sfinktiri mustaxkam berkilmaydi. 10—12 yoshda oshqozon harakati kuchayadi. Oshqozon massasi: chaqaloqlarda-6,5g, 14-20 yoshda 127 g, 20 yoshdan soo’ng 155 g. Oshqozon massasi yosh bilan barobar 24 marta, gavda esa 20 marta kattalashadi. Ichakda ovqatning hazm boo’lishi

Ingichka ichakning uzunligi katta odamlarda 6-7 m, diametri 2,5-3 sm. U 12 barmoqli ichak- 20 sm, och ichak va yon bosh ichakka boo’linadi. 12 barmoqli ichakda oo’t suyuqligi va oshqozon osti bezining shirasi yordamida va ichak devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi ta‘sirida ovqat boo’tkasi parchalanadi.


Ichak shirasi 99% suv, qolgan qismi fermentlar (eripsin, lipaza, amilaza) va tuzdan iborat boo’ladi. Bir sutkada 1 ,5-2 litr ichak shirasi ishlab chiqariladi. Ichak devori ishqoriy xususiyatga ega. Ichak devorlari juda koo’p soo’rgichlardan iborat boo’lib, ular qon tomirlariga juda boy boo’ladi. Parchalangan ovqat shular yordamida qonga suriladi.


Bolalarda ichakning uzunligi katta odamnikiga qaraganda uzun. Bola yoshi ortishi bilan ichak shirasini miqdori va fermentlarning konsertratsiyasi ortib boradi.


Oshqozon osti bezi ogo’irligi chaqaloqlarda-2,63 g., 12 yoshda uning uzunligi katta odamnikiga teng boo’ladi. Me‘da osti bezining ogo’irligi 70-80 g. barg shaklida, uning boshi, tanasi, dum qismlari boo’ladi. Me‘da osti bezi shirasi tarkibidagi eripsin, oqsillarni aminokislotalargacha, lipaza yogo’larni yogo’ kislotasi va glitsiringacha parchalaydi. JIGAR Jigar Organizmdagi eng katta bez boo’lib, ogo’irligi 1,5 kg., chap qovirgo’alar ostida joylashgan. Jigar qondagi zaharli moddalarni zararsizlantiradi; qon deposi hisoblanadi. Bu erda 10% qon zapasi saqlanadi; oo’lganeritrotsitlar jigarda too’planadi, bolalarda esa eritrotsitlar hosil boo’ladi; Kuper hujayralarida oo’t suyuqligi ishlab chiqariladi; ortiqcha glyukozani glikogen sifatida zapas saqlab turadi; tana temperaturasini turgo’un saqlashda ishtirok etadi. Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20-30 minutdan soo’ng oo’t ajralib chiqadi. Oo’t yogo’larni emulsiyalaydi, ichak harakatini yaxshilaydi, ichakdagi mikroblarni oo’ldiradi. YAngi tugo’ilgan bola jigarning ogo’irligi 130 g, 2-3 yoshda-460 g, 6-7 yoshda-675 g, 8-9 yoshda- 720 g, 12 yoshda-1130 g, 16 yoshda-1260 g. Bolalar oo’tning konsentratsiyasi va miqdori kam boo’ladi.


Hazm kanalining harakatlari.


Odam ovqatlangandan 15 minutdan soo’ng ichak muskullari qiskarib, uch xil peristaltik, segmentli, mayatniksimon harakatlana boshlaydi. Ichak harakatlanganda ovqat massasi qorishadi, too’go’ri ichak tomonga harakatlanadi, Ichakning reflektor yoo’lidan kisqarishi ichak devorini ximik va mexanik ta‘sirlanishi tufayli vujudga keladi. Ovqat butkasi bolalarda ingichka ichakda jami 12-13 soat atrofida oo’tadi.


Soo’rilish


Ovqat moddalari ximik, mexanik, ta‘sirlar natijasida parchalanib, suvda erigan holga kelgandan soo’ng ichak devorlaridan qon tomirlari va limfaga soo’riladi. Oshqozonda suv, alkogol, ba‘zi oziqa moddalari, qisman uglevodlar soo’rila boshlaydi. Ichak soo’rgichlarining qisqarishini piyoz, chesnok va kalampir 5 marta tezlashtiradi. Soo’rgichlar qon tomirlariga juda boy.


Bolalar orasida oshqozon - ichak kasalliklari 1 yoshgacha -40%, 5 yoshgacha - 30% va





  1. yoshdan yuqorilarda 15-20% tashkil etadi. Notoo’go’ri ovqatlanish, ovqatlanish gigienasining buzilishi, issiq sharoit, ogo’riq, jigar etishmasligi bolalarda ovqat hazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi.

Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashqi muxitdan ovqat qabul qilish, organizmda uni oo’zgarishi, xazm qilinishi, hosil boo’lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya hosil boo’ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar kupayadi, yosh organizm oo’sadi va rivojlanadi, tana xaroratining doimiyligi ta‘minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bogo’liq boo’lgan ikki jarayon, ya‘ni assimilyasiya va dissimilyasiya orqali oo’tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga oo’tishi assimilyasiya deyiladi. Assimilyasiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular kupayadi. Organizm qancha yosh boo’lsa, unda assimilyasiya shuncha aktiv oo’tadi, bu esa yosh organizmning oo’sishi va rivojlanishini ta‘minlaydi .

Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi dissimilyasiya deyiladi. Buning natijasida energiya hosil boo’ladi. Dissimilyasiya natijasida hosil boo’lgan qoldiq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi. Keksa odamlar organizmida dissimilyasiya jarayoni ustun boo’ladi. Sogo’lom organizmda bu ikkala jarayon muvozanatda boo’ladi. Jismoniy mehnat, sport, aktiv turmush odam tanasidagi too’qimalarning yangilanishi, organizmning yosh,


sogo’lom va tetik saqlanishiga olib keladi. Moddalar almashinuvida ishtirok etadigan asosiy oziq moddalar-oqsillar; yogo’lar, uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlar va suv hisoblanadi.


Oqsillar almashinuvi. Oqsillar, ya‘ni proteinlar odam organizmining cogo’lom, normal oo’sishi, sogo’ligi va rivojlanishida muhim rol uynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani bajaradi, ya‘ni plastik va energetik. Oksillarning plastik ahamiyati shunday iboratki, ular barcha hujayra va too’qimalarning tarkibiy qismiga kiradi. Oqsillarning energetik vazifasi esa, ular parchalanganda energiya hosil boo’ladi, masalan, 1g oqsil parchalanganda 4,1 kkal. energiya ajratadi. Bu energiya odam tanasini xaroratini birday saqlash, ichki organlarni normal ishlashi, odamning harakatlanishi va boshqa ishlarni bajarish uchun sarflanadi. Oqsillar molekulasidagi aminokislotalar soniga qarab oqsillar sifatli va sifatsiz turlarga boo’linadi. Tarkibida organizm uchun barcha aminokislotalarni uzida too’plagan oksillarga sifatli oqsillar deyiladi. Ular xayvon mahsulotlarida (goo’sht, baliq, ikra, sut va sut mahsulotlarida) boo’ladi. Tarkibida ba‘zi aminokislotalari boo’lmagan oqsillar sifatsiz oqsillar deyiladi. Ular non, non mahsulotlarida boo’ladi. Bolalar organizmini normal oo’sishi va rivojlanishi uchun kundalik ovqat tarkibida sifatli oqsillar 80-90% tashkil etishi kerak. Bolalar ovqati tarkibida sifatli oqsillarning kam boo’lishi oo’sish va rivojlanishni sekinlashtiradi, yuqumli kasalliklarga chidamlilik xususiyati pasayadi, nerv sistemasining kuzgo’aluvchanligi, akliy faoliyat susayadi. Oqsillar ortiqcha boo’lsa nerv sistemasi, jigar va buyraklar faoliyati buziladi .


Uglevodlar almashinuvi. Uglevoddar organizmda asosiy energiya manbai boo’lib, hisoblanadi, 1 g uglevod parchalanganda 4,2 kkal energiya ajraladi, Bir sutkalik energiyaning 56% uglevodlar hisobiga hosil boo’ladi. Uglevodlar asosan oo’simliklardan olinadigan ovqat maxsulotlarida koo’p boo’ladi (non, kartoshka, mevalar, qovun-tarvuz, shirinliklar). Uglevodlar normadan ortik iste‘mol qilinsa, organizmda yogo’ga aylanib semirishga olib keladi. Jismoniy mexnat, sport bilan shugullanuvchi odamlarda me‘yoridan ortiq uglevodlar qabul qilinsa, uning parchalanib energiya hosil qilgan qismidan tashkari qolgan qismi glikogenga aylanadi. Glikogen parchalanganda energiya hosil boo’ladi.


YOglar almashinuvi. YOgo’lap hujayralarda boo’lib, oqsillar singari plastik va energetik vazifani bajaradi. 1g yog parchalanganda 9,3 kkal. energiya ajratadi. YOglar ikki xil boo’ladi: xayvon, oo’simlik. xayvon yoglariga dumba, charvi, capyogo’, baliq yoglari kiradi. Oo’simlik yorlariga zigo’ir, paxta, kungaboqar, kunjut, makkajoo’xori va zaytun moylari kiradi.


Kundalik ovqat tarkibida yoglar etishmasligi yuqumli kasalliklarga, tashqi muxitning noqulay ta‘siri- sovuqqa odamning chidamliligi, akliy va jismoniy ish bajarish qobiliyati pasayadi. YOglarni ortikcha iste‘mol qilish semirishga olib keladi.



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish