O’tkir RS-bronxiolit o‘tkazgan bolalarda, ko‘p qo‘llarda bronxlar nospesifik giperreaktivligi shakllanadi va bronxial astmaga bo‘lgan moyillik yuqori bo‘ladi.
Klinikasi. O‘tkir obstruktiv bronxit tana qaroratining kotarilishi, yuqori nafas yollari kataral o‘zgarishlari bilan o‘tkir boshlanadi. Bolaning umumiy ahvoli birdan o‘zgarmaydi.
Respirator buzilishlar belgilari kasallikning birinchi kunida yuzaga kelishi mumkin, ba'zida 3-5 kunida yuzaga chiqadi. Asta-sekin nafas olish harakati va nafas chiqarish davomiyligi bir minutda 50 martagacha yetadi, shovqinli, hushtaksimon bo‘ladi. Perkutor tovushning qutichasimon bo‘lishiga fonida, nafas chiqarishi uzaygan, ikki tomonlama quruq, qushtaksimon xirillashlar eshitiladi. Bronxial bezlar gipersekresiyasi natijasida, kichik yoshdagi bolalarda mayda va o‘rta pufakli nam xirillashlar eshitiladi va jarayonga bronxiolalarning qo‘sqilishi kuzatiladi. Xirillashlar masofadan eshitiladi.
Obstruksiya rivojlanishi kuchayganda bola bezovtalanadi, qo‘zg‘aluvchanligi ortadi, qollariga tayangan holda majburiy o‘tirgan holatni tanlaydi.
Nafas olishda yo‘rdamchi mushaklar qatnashadi, burun qanotlari kerikkan, qovurg′alar oralig′ida va epigastral sohada tortilish kuzatiladi. Ba'zida og‘iz atrofida yengil sianoz kuzatiladi. Periferik qonning o‘zgarishi virusli infeksiyadagi kabi bo‘ladi (leyko‘peniya, limfositoz, EChT qisman oshishi).
O‘tkir bronxiolitda obstruksiyaning og‘irlik darajasi va nafas yetishmovchiligining yaqqolligi yalliglanishning mayda bronxlarda joylashishi, erta yoshdagi bolalarda brox-op‘ka tizimining anatomo-fiziologik xususiyati va virusli yalliglanishning o‘ziga xosligiga bog‘liq. Nafas yo‘llari yengil kataridan 2-4 kundan keyin hansirash nafas harakatining minutiga 70-90 taga yetishi kuzatiladi, nafas chiqarishning qiyinlashishi, yordamchi ko‘krak mushaklarining ishtirok etishi, ko‘krak qafasi chiqib turgan joylarining tortilishi, burun qanotlarining kerikishi, og‘iz atrofi sianozi kuzatiladi.
Kasallik boshida yo‘tal quruq, keyinchalik nam, balhamli bo‘ladi.Temperatura reaksiyasi bronxiolitning etiologiyasiga bog‘liq: adenovirusli infeksiyasida uzoq febril isitma kuzatiladi, boshqa etiologiyali bronxiolitlarda - tana qarorati 38-39˚Sgacha ko‘tariladi. Bu holat 1-2 kun davom etadi.
Bolaning umumiy ahvoli og‘ir, nafas yetishmovchiligi yaqqol bilinadi. RaO2 55-60
rt.st gacha pasayadi, RaSO2 pasaygan (giperventilyasiya), bu asidozni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |