Fanidan mavzular majmuasi


Mavzu: Nerv tizimi fiziologiyasining yosh hususiyatlari



Download 0,64 Mb.
bet9/42
Sana23.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#575529
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
TIBBIY BIOLOGIK VA IJTIMOIY SOG\'LOMLASHTIRISH ASOSLARI MAJMUA1 (2) copy (1)

Mavzu: Nerv tizimi fiziologiyasining yosh hususiyatlari.

Reja:




  1. Nerv sistemasi

  2. Nerv tizimi fiziologiyasiing yosh hususiyatlari




  1. Markaziy nerv tizimining anatomiyasi

Nerv sistemasi — odam va hayvonlar organizmida barcha aʼzolar faoliya-tini bir-biriga bogʻlagan hodda hayotiy muhim funksiyalarni bajaradigan hamda organizmni tashqi muhit bilan bogʻlaydigan sistema. Hayvonlar organizmining evolyusiya jarayonida va organizmlar bilan tashqi muhit oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning shakllanishida Nerv sistemasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.


Nerv sistemasi asosini nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir hujayra oʻzidan chiqqan kalta shoxchalar (dendrit), bitta uzun tola (akson) bilan birga neyron deb ataladi. N.s, asosan, neyronlar toʻplamidan iborat. Nerv sistemasi filogenez va ontogenezda gavdaning tashqi qavati — ektodermadan rivojlanadi. Organizmlarning tarixiy rivojlanish jarayonida Nerv sistemasining tuzilishi murakkablashib, nerv hujayralarining hajmi va turlari osha borgan, neyronlar strukturasi va ayrim nerv hujayralari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu bilan birga Nerv sistemasining funksiyasi ham shakllangan. Nerv sistemasiga xos ikkinchi toʻqi-ma — neyrogliya paydo boʻlgan (u tayanch va trofik funksiyalarni bajaradi).


Nerv sistemasi ning rivojlanishi davrida markaziy nerv sistemasi va periferik nerv sistemasi vujudga keladi.


Nerv sistemasi shartli ravishda ikki qismga boʻlinadi. Ulardan biri organizmning odam ixtiyoriga boʻysinmaydigan aʼzolariga borib, ularni nerv bilan taʼminlaydigan vegetativ nerv sistemasidkr. Ikkinchi qism odam ixtiyoriga boʻysinib, skelet muskullariga va harakatda ishtirok etadigan ayrim aʼzolarga boradi.


Nerv sistemasi qoʻzgʻalish toʻlqini — impuls larni nerv tolalari orqali tez oʻtkazilishini taʼminlaydi. Nerv impulslari bir lahzada roʻy beradi va turli aʼzolardan miyaga yoki miyadan aʼzolarga boradi. Nerv sistemasi harakat funksiyasini, ovqat hazm qilish, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyatini, kon aylanishini va boshqa jarayonlarni boshqaradi.

Nerv sistemasi tuzilmalari taʼsirotni sezadi, taʼsirotlar energiyasini nerv qoʻzgʻalishi energiyasiga aylantiradi, bu energiya nerv impulslari shaklida nerv tolalaridan oʻtadi. Nerv sistemasi murakkablashgan sayin va unda maxsus retseptor (sezuvchi) hujayralar ixtisoslashgan sayin Nerv sistemasi funksiyalari tobora turli-tuman boʻlib qolgan.


Nerv sistemasi refleks yoʻli bilan ishlaydi. Organizmda tashki va ichki muxit taʼsirotlarini sezadigan retseptorlar bor. Normal sharoitda organizmga tashqi muhit turli-tuman va doimiy taʼsir kursatishi tufayli retseptorlarda impuls lar vujudga keladi, bular afferent nerv tolalari orqali markaziy Nerv sistemasiga oʻtadi; oʻzgartirilgan impulslar esa markaziy Nerv sistemasidan efferent nerv tolalari orkali ishchi aʼzolar (muskullar, bezlar va h.k.)ga kelib, ularni ishga soladi yoki ishlash tezligini oʻzgarti-radi. Nerv sistemasining faoliyati qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlariga asoslangan.


Butun organizm kabi Nerv sistemasida ham moddalar almashinib turadi. Bu biokimyoviy jarayon natijasida energiya hosil boʻladi. Nerv tolalari ishlaganda energiyani juda kam sarf qiladi, nervlarning amalda charchamay, barqaror ishlashiga sabab shu. Nerv hujayralarining tanalarida energiya nisbatan kuproq sarflanadi va moddalar tezroq almashinadi. Shuning uchun oziq moddalar va kislorod kamchiligi miyaning kulrang moddasiga kuchli taʼsir koʻrsa-tadi. Nerv sistemasining faoliyatida bir neyrondan ikkinchi neyronga yoki boshqa hujayraga impuls utishida fiziologik faol moddalar — mediatorlar muhim rol oʻynaydi.


Nerv sistemasining ishlashida biotoklar (bioelektr potensiallari) muhim ahamiyat kasb etadi. Ular qoʻzgʻalish jarayonining harakterli belgisi boʻlib, nerv impulslarining utishida katta ahamiyatga ega. Nerv sistemasi biotoklarini sezgir asboblar yordamida qayd qilish Nerv sistemasi fiziologiyasini oʻrganishda asosiy usullardan biridir, baʼzan odamdagi Nerv sistemasi kasalliklarini aniqlashda ham bu usul qoʻllanadi.


I. P. Pavlov nerv sistemasining tiplari (hayvonlar va odam oliy nerv faoliyatining individual xususiyatlari) haqidagi tushunchani fiziologiyaga kiritgan. Qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining kuchi muvozanatlanganligi, harakatchanligi kabi 3 ta asosiy funksional xossani nazarda tu-tib, Nerv sistemasining odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan quyidagi tiplari aniqlangan: 1)juda jonsarak tipda qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlari kuchli, ammo muvozanatlashmagan (qoʻzgʻalish tormozlanishdan ustun) boʻladi; 2) juda serharakat tipda nerv jarayonlari juda kuchli, muvozanatlashgan va yaxshi harakatchan (tez almashinadigan) buladi; 3) juda yuvosh tipda nerv jarayonlari kuchli, muvozanatlashgan, lekin harakatchanligi kamroq (sekin almashinadigan) buladi; 4) nimjon tipda nerv jarayonlari sust, bosh miya poʻstlogʻidan nerv hujayralarining ish qrbi-liyati past boʻladi. I.P. Pavlov Nerv sistemasining tiplari bilan odamlarning 4 xil temperamenti (mizoj) oʻrtasida oʻxshashlik borligini anikdadi. Jonsaraktipxolerik temperamentga, serharakat tip sangvinik tem-peramentga, yuvosh tip flegmatik temperamentga, nimjon tip melanxolik temperamentga mos keladi.


Markaziy nerv tizimining anatomiyasi, fiziologiyasi va yosh xususiyatlari


Bosh miya (encephalon) uni oo’ragan pardalari bilan birga kallaning miya qismi ichida joylashgan. Uning ustki yon yuzasi kalla qopqogo’i ichki yuzasiga mos ravishda gumbaz hosil qiladi. Pastki yuzasi kallaning ichki asosidagi chuqurchalarga mos murakkab relefga ega. Bosh miyaning ogo’irligi katta odamlarda 1100 dan 2000 g gacha, oo’rtacha: erkaklarda


1394 , ayollarida 1245 g. Bosh miya uch yirik qismdan: katta miya yarimsharlari, miyacha va miya soo’go’onidan iborat.

Katta miya (cerebrum) markaziy nerv tizimining odamda kuchli taraqqiy etgan eng katta va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismi. Katta miyaning boo’ylama yorigo’i (fissura longitudinalis cerebri) uni oo’ng va chap yarimsharlarga ajratadi. Yarimsharlar oo’zaro qadoq tana (corpus collosum) vositasida qoo’shilgan. Yarimsharlar orqa tomonda koo’ndalang yorig‘ (fissura transversa cerebri) vositasida miyachadan ajrab turadi. Miya yarimsharlarining tashqi yuzasi turli chuqurlikdagi egatlar (sulci cerebri) joylashgan. Chuqur egatlar yarimsharlarni boo’laklarga (lobi cerebri) ajratsa, mayda egatlar pushtalarni (gyri cerebri) chegaralaydi.


Bosh miyaning pastki yuzasi yoki asosi yarimsharlar, miyacha va miya soo’go’oning ventral qismlaridan hosil boo’lgan. Uning oldingi qismlarida peshona boo’lagining ostki yuzasida hidlov piyozchalari (bulbi olfactori) joylashgan. Uning ventral yuzasiga burun boo’shligo’idan go’alvir suyakning ilma-teshik plastinkasidagi teshiklardan oo’tuvchi 15-20 hidlov nervlari (nn. olfactorii) I juft bosh miya nervi keladi. Hidlov piyozchasidan orqaga qarab hidlov yoo’li (tractus olfactorius) yoo’naladi. Uning orqa qismlari kengayib hidlov uchburchagini (trigonum olfactorum) hosil qiladi. Hidlov uchburchagining orqa tomonida oldingi ilma-teshik modda (substantia perforata anterior) joylashib, bu teshiklar orqali miya ichiga arteriyalar kiradi. Ilma-teshik modda oraligo’ida koo’ruv nervi kesishmasi (chiasma opticum) joylashgan. U koo’ruv nervi (n. orticus) II juft bosh miya nervi tolalaridan hosil boo’ladi. Koo’ruv nervi orqa tomonga koo’ruv trakti (tractus opticus) boo’lib davom etadi. Koo’ruv nervi kesishmasining orqa tomonida kulrang tepacha (tuber cinereum) yotadi. Uning pastki qismi torayib quygo’ichni (infundibulum) hosil qiladi. Quygo’ichning uchida ichki sekretsiya bezi gipofiz (hypophysis) turadi. Kulrang tepachaning orqa tomonida oq sharsimon shakldagi ikkita oq soo’rgo’ichsimon tana (corpora mamillaria) bor. Soo’rgo’ichsimon tananing ikki yon tomonida boo’ylamasiga joylashgan ikkita yoo’go’on oq too’sinlar singari miya oyoqchalari joylashgan. Ular oo’rtasida oyoqchalararo chuqurcha (fossa interpedincularis) boo’lib, uning tubini orqa ilma-teshik modda (substantia perforata posterior) hosil qiladi. Bu teshiklar orqali miya ichiga qon tomirlar kiradi. Miya oyoqchalarining ichki yuzasidan III juft bosh miya nervi koo’zni harakatlantiruvchi nervning (n. oculomatorius) ildizi koo’rinadi.


Miya oyoqchalarining tashqi yuzasidan IV juft bosh miya nervi go’altak nervining (n. trochlearis) ildizi chiqadi. Miya oyoqchalari orqa tomonda koo’ndalang bolish shaklidagi koo’prikka (pons) borib taqalgan.


Koo’prikning tashqi qismlari miyacha tomon yoo’nalib, miyachaning oo’rta oyoqchasini (pedunculus cerebellaris medius) hosil qiladi.


Koo’prik bilan miyachaning oo’rta oyoqchasi chegarasida V juft bosh miya nervi uch shoxlik nervning (n. trigeminus) ildizi koo’rinadi.


Koo’prikdan pastda uzunchoq miyaning ventral qismi joylashgan. Unda oo’zaro oldingi oo’rta yorigo’ bilan ajralgan piramidalar (pyramis medullae oblangatae), ulardan tashqarida esa yumaloq tepacha oliva (oliva) koo’rinadi. Koo’prik bilan piramidaning oo’rtasidan VI juft bosh miya nervi uzoqlashtiruvchi nervning (n. abdusens) ildizi chiqadi. Undan chekkaroqda miyachaning oo’rta oyoqchasi bilan oliva oo’rtasidan ketma-ket joylashgan VII juft yuz nervi (n. facialis) va VIII juft dahliz-chigo’anoq nervining (n. vestibulocochlearis) ildizsi chiqadi. Uzunchoq miyaning olivasi orqasidagi egatdan birin-ketin IX juft til-yutqin nervi (n. glossophyngeus), X juft adashgan nerv (n. vagus) va XI juft qoo’shimcha nervning (n. accessorius) ildizlari chiqadi. XII juft til osti nervining (n. hypoglossus) ildizi esa piramida bilan oliva oo’rtasidagi egatdan chiqadi. Yangi tugo’ilgan chaqaloq bosh miyasi nisbatan katta


boo’lib, uning ogo’irligi oo’rtacha ogo’il bolalarda 390g, qiz bolalarda 355g boo’ladi. Too’rt yoshgacha miya, boo’yiga va balandligiga bir tekis oo’sib, uning ogo’irligi bir yoshda 2 marta, 3-4 yoshda 3 marta oshadi, 7 yoshdan soo’ng miya ogo’irligi sekin oo’zgarib, 20 yoshda erkaklarda 1355g, ayollarda 1220g ni tashkil qiladi. Bosh miyani ayrim qismlari bir xil oo’smaydi. Peshona va tepa boo’laklari nisbatan tez oo’ssa, ensa boo’lagi esa juda sekin oo’sadi.

Miya soo’go’oni. Miya soo’go’oni (truncus ensephali) tarkibiga uzunchoq miya (medulla oblangata), koo’prik (pons) va oo’rta miya (mesencephalon) kiradi.


Uzunchoq miya. Uzunchoq miya (meddulla oblangata) orqa miyaning bevosita davomi boo’lib, rombsimon miyaning pastki qismidir. Uning tashqi tuzilishi orqa miyaga, ichki tuzilishi bosh miyaga oo’xshagani uchun myelencephalon deb ataladi. Uning pastki chegarasi katta teshik sohasida yoki I juft orqa miya nervi ildizining yuqori chekkasida. Yuqori chegarasi old yuzasida koo’prikning pastki chekkasida boo’lsa, orqa yuzasida miya hoshiyalariga too’go’ri keladi. Uzunchoq miyaning yuqori qismlari kengayib piyozcha shaklini olgani uchun uni miya piyozchasi (bulbus cerebri) deb ham ataladi. Uzunchoq miya eshituv va muvozanat a‘zolari, hamda qon aylanish va nafas a‘zolariga bogo’liq boo’lgan jabra apparatlari bilan aloqada paydo boo’ladi. Shuning uchun unda muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvini boshqaruvga aloqador boo’lgan kulrang oo’zaklar joylashgan. Uzunchoq miyaning uzunligi oo’rtacha 2,5 sm. Unda oldingi, orqa va yon yuzalari tafovut qilinib, ular oo’zaro egatlar yordamida ajralib turadi. Bu egatlar orqa miya egatlarining davomi boo’lib, oo’sha nomlar bilan ataladi. Uzunchoq miyaning ventral yuzasidagi oldingi oo’rta yoriqni (fissura mediana anterior) ikki tomonida boo’rtib chiqqan piramidalar (pyramis medullae oblangatae) joylashgan. Piramidalar harakatlantiruvchi nerv tolalaridan iborat boo’lib, orqa miyaga oo’tish joyida qisman kesishib, piramidalar kesishmasini (decussatio pyramidum) hosil qiladi. Kesishgan tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga davom etadi. Kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasi tarkibida yoo’naladi. Oldingi yon egat (sulcus anterolateralis) piramidaning oval shaklidagi tepalik olivadan (oliva) ajratib turadi. Oliva tishsimon tuzilishga ega boo’lgan kulrang modda too’plami oliva oo’zagining joylashshidan hosil boo’lgan. Bu egatdan til osti nervi ildizi chiqadi. Uzunchoq miyaning dorsal yuzasida orqa oo’rta egatni (sulcus mediana posterior) yon tomonlarida oo’zaro oraliq egat bilan boo’lingan orqa miyaning nozik va ponasimon dastalari kengayib boo’rtiqlar hosil qiladi. Nozik dasta boo’rtigo’i (tuberculum gracile) ichki, ponasimon dasta boo’rtigo’i (tuberculum cuneatum) tashqi tomonda joylashadi. Orqa yon egatdan (sulcus posterolateralis) IX, X, XI juft bosh miya nervlarining ildizi chiqadi. Yon tizimchaning dorsal qismi ponasimon va nozik dastalardan chiqayotgan tolalar bilan qoo’shilib miyachaning pastki oyoqchasini (pedunculus cerebellaris inferior) hosil qiladi.


Uzunchoq miya kesmasida (123-rasm) u oq va kulrang moddalar too’plamidan iborat boo’ladi. Kulrang moddada muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvi boshqaruvga aloqador boo’lgan kulrang oo’zaklar joylashgan. 1.Yon tomonda joylashgan oo’ng va chap pastki oliva oo’zaklari (nuclei olivaris inferiores) miyachaning tishli oo’zagi bilan bogo’langan boo’lib, odamda muvozanatni boshqaruvchi oraliq oo’zak hisoblanadi. 2.Too’r formatsiya (formatio retecularis) bir- biri bilan chalkashib too’r hosil qilgan nerv tolalari va ular oo’rtasida yotgan nerv oo’zaklaridan iborat. 3.Too’rt juft (IX-XII) bosh miya nervlarining oo’zaklari. 4.Adashgan nerv oo’zagi bilan bogo’langan nafas olish va qon aylanish markazlari bor.


Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa tolalardan iborat. Uzun tolalar uzunchoq miyani oldingi qismida pastga tushuvchi, harakatlantiruvchi piramida yoo’lini hosil qiladi. Uning orqa lateral yuzasida yuqoriga koo’tariluvchi orqa miyani miya yarimsharlari va miyacha bilan bogo’lovchi sezuvchi yoo’llar joylashadi. Orqa miya-poo’stloq yoo’li


uzunchoq miya sohasida kesishib qovuzloq kesishmasini (decussatio lemniscorum) hosil qiladi.

Qisqa tolalar kulrang modda oo’zaklarini oo’zaro bogo’lab, shuningdek uzunchoq miyani bosh miya soo’go’onining qoo’shni qismlari bilan qoo’shib turadi.


Yangi tugo’ilgan chaqaloqda uzunchoq miya yuqori va gorizontal joylashgan. Piramida yaxshi taraqqiy etmagani uchun olivalar bir-biriga yaqin turadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan aniq ajramagan. Bola hayotining birinchi yilida olivalar asta-sekin boo’rtiq shaklini oladi va yoshga qarab kattalashib boradi. Yangi tugo’ilgan chaqaloqda uning uzunligi 8-9 mm, kengligi 4-5 mm, bir yoshda esa uzunligi 12-13 mm boo’ladi. Erta bolalik davri soo’ngida miya oo’tkazuv yoo’llari taraqqiyoti natijasida piramidalar kattalashib olivalar bir-biridan uzoqlashadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan ajralib, nozik va ponasimon boo’rtiqchalar paydo boo’ladi. Uzunchoq miya oo’zaklari taraqqiyoti 7 yoshda tugaydi.





Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish