Kolontitullar bilan ishlash. Ko‘p sahifali hujjat yaratish zarur bo’lsa, u holda bu sahifalarda kolontitullardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kolontitullar nafaqat hujjatning tashqi ko‘rinishini bezaydi balki hujjat tuzilishi va mazmunini tez anglashga yordam beradi.
Kolontitul hujjat sahifalarining yuqori va quyi qismida joylashgan axborotli satr hisoblanib, unga chop etiluvchi matn yoki rasm kiritiladi. Odatda kolontitulda sahifa nomeri, kitob nomi yoki hujjatda bajarilayotgan ishlar mazmunidan kelib chiqqan holda qo‘yilgan nom joylashadi. Kolontitulga kiritilgan matn, oddiy matnlar singari formatlanadi. Kolontitulni varatish uchun lentaning ВСТАВКА bandidagi Колонтитулы ilovasi buyruqlaridan biri tanlanadi. Hozirgi zamon ishchi hujjat kolontitulida tashkilot nomi, mahsulot belgisi yoki hujjat yaratilgan sana va vaqti ko‘rsatiladi. Quyi kolontitul odatda sahifaning tartib raqamini qo‘yishda ishlatiladi. Sahifalarning tartib raqamlarini kolonraqam va kolontitul bilan hujjatning asosiy matnini ajratib turuvchi chiziqni esa kolonchizg‘ich deb ataladi. Foydalanuvchi:
butun hujjatga, yarni hujjatning har bir beti uchun bir xil kolontitullar
qo‘llash;
45
hujjatning juft yoki toq snhifalari uchun alohida kolontitullar qo‘llash;
ko‘p saliifali hujjatning har bir boblari uchun ham alohida kolontitullar yaratish imkoniga ega.
Topshiriqlar:
1-Topshiriq: Hujjat sahifalariga kolontitul o‘rnatishni o’rganing.
1-Topshiriqni bajarish tartibi: Microsoft Word dasturini ishga tushiradi.
Kolontitul o‘rnatishning ikki xil yo‘li mavjud bo‘lib, ularga:
Lentaning ВСТАВКА bandidagi Колонтитулы amali yordamida;
Ishchi varaqning yuqori yoki quyi chegaralarida chap tugmani ikki marta bosish orqali kolontitullar o‘rnatish kiradi.
Bulardan qaysi birini tanlashdan qat’iy nazar, menyu satrida yuqori yoki quyi kolontitullari yaratish va ulari tahrirlash uchun lozim bo‘lgan КОНСТРУКТОР bandi paydo bo‘ladi.
Lentaning ВСТАВКА bandini tanlash natijasida КОНСТРУКТОРga tegishli tasma(lenta) paydo bo‘ladi. Ulari ichida uch xil ko‘rinishdagi buyruqlardan tashkil topgan Колонтитулы guruhiga ko‘zingiz tushadi. Ya’ni,
Yuqorida keltirilganlardan biri tanlanib amaliy ish bajariladi.
2. 5x25 o‘lchamli jadval yarating.
Guruhingiz ro‘yxatini yozing.
Jadvalning birinchi satrini pastdan yuqoriga qarab yozilgan matnga
o‘tkazing.
5. Sahifaga kolontitul o‘nating va ismingizni yozing.
6. Kolontitullarni sahifaning yuqoriga va pastiga almashtiring.
46
10-Laboratoriya ishi
Do'stlaringiz bilan baham: |