Q.M.KARIMOV, B.E.DAMINOVA
“TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI”
FANIDAN LABORATORIYA ISHLARI
(Oliy ta’lim muassasalari barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv qo‘llanma)
Qarshi – 2019
1
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalari barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, undan magistrlar va o’qituvchilar ham o’z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar: S.Q. Tursunov – Nizomiy nomidagi TDPU “Informatika
va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi
mudiri, p.f.n., dotsent
N.A. Kayumova – Qarshi DU “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, p.f.n.
O‘quv qo‘llanma Qarshi DU Kengashining 2019-yil 4-sonli qaroriga muvofiq nashr etishga tavsiya etilgan.
2
KIRISH
Mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotida informatika va axborot texnologiyalarining o`rni beqiyosdir. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim saviyasini oshirish hozirgi kunda juda muhim hisoblanadi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bandida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish”ga alohida e’tibor berilgan.
Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani o‘qitilmoqda. Bu fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda laboratoriya ishlari muhim rol o‘ynaydi. Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalari barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, undan magistrlar va o’qituvchilar ham o’z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. O‘quv qo‘llanma quyidagi laboratoriya ishlarini o‘z ichiga oladi:
izlash va saqlash, elektron pochta xizmatidan foydalanish va HTML tili teglari hamda boshqa dasturlar bilan ishlash bo’yicha laboratoriya ishlari keltirilgan.
Laboratoriya ishlarida kerakli jihozlar, ish haqida qisqacha nazariy ma’lumotlar keltirib o’tilgan bo’lib, talabalar laboratoriya ishidagi topshiriqlarni bajarish orqali axborot texnologiyalari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladi.
3
1-Laboratoriya ishi
Do'stlaringiz bilan baham: |