Ma’lumot bilan to‘ldirilgan jadval sohasini belgilab olish.Tayyor holatga kelgan hujjatni printer orqali qog‘ozga chiqarish uchun zarur bo‘lgan sohani belgilab olish kerak bo‘ladi. Buning uchun dastur oynasining vositalar panelidagi (obramleniya) tugmachasiga murojaat qilinadi.
Topshiriqlar:
Microsoft Excel dasturini ishga tushiring.
Kitob do’konidan xarid qilingan kitoblar, o’quv qurollari uchun sarf-xarajatlarni hisoblash jadvalini tuzing.
Safar xarajatlarini hisoblovchi jadvalni tuzishni o’rganing.
Berilgan boshlang’ich qiymatlarga ko’ra elementar matematik funksiyalarning qiymatini hisoblovchi jadval tuzishni o’rganing.
69
16-Laboratoriya ishi
Ishning nomi: Oʻquv jarayoni uchun oʻrgatuvchi taqdimotlar yaratish
Ishning maqsadi: Oʻquv jarayoni uchun oʻrgatuvchi taqdimotlar yaratishni
o‘rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar: Kompyuter, 220 V kuchlanish manbai, MS PowerPoint dasturi, iSpring dasturi
Ish haqida nazariy ma`lumotlar.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qо‘yiladigan muhim talablardan biri о‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish va multimediali kо‘rinishdagi taqdimotlar tayyorlash muhim vazifalardan biridir. Elektron qurilmalar va shu maqsadga yo’naltirilgan vositalar bunda katta yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar uchun ham Microsoft Office kompaniyasi PowerPoint dasturini ishlab chiqargan. Bu dastur yuqorida aytib o’tganimizdek turli xil grafik ko’rinishdagi axborotlar bilan, video multimedia fayillari bilan ishlash imkoniyatini beradi. Aynan shu dastur orqali biz ofis dasturlarining boshqalarida uchramaydigan imkoniyatlarga ega bo’lamiz. PowerPoint dasturi rasm va multimedia fayllari bilan ishlash imkoniyatidan tashqari ularni namoyish etishda ham katta imkoniyatlarga ega. PowerPoint 2010dasturini ishga tushirish uchun huddi boshqa ofis dasturlari singari Windows muhitida ham «Пуск» menyusidan foydalaniladi. Bundan tashqari ish stolining bo’sh joyida sichqoncha o’ng tugmasi bir marta bosiladi. Hosil bo’lgan menyudan «Создать» bo’limi tanlanadi. Natijada PowerPoint 2010 ning sarlavha eskisini tanlash oynasi hosil bo’ladi. U boshqa ofis dasturlaridan farqli ravishda quydagicha ko’rinishda bo’ladi.
70
9-rasm.
Oynaning eng yuqori qismida dasturning nomi, joriy oyna raqami va oynani tartibga solib turish elementlari joylashadi.
Asosiy menyu bir nechta menyu bandlaridan iborat.
Menyu yordamida foydalanuvchi bajariladigan barcha funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Ishch oynasi asosan ikki qisimdan iborat bo’ladi. Oynaning chap tomoni bu ishlanayotgan taqdimot strukturalarining namayon bo’lishini ko’rish mumkin. O’ng tomonida esa yaratilayotgan taqdimotning joriy slaydi joylashadi.
Taqdimot sozlamalarini foydalanuvchi o’ziga moslash uchun turli imkoniyatlarga ega. Buning uchun foydalanuvchi buyruqlar bo’limidan Показ слайдов bo’limi tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |