O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHАMMАD АL-XОRАZMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT АXBОRОT TЕXNОLОGIYАLАRI UNIVЕRSITЕTI
“Virtual tarmoq texnologiyalari”
Fanidan
Labaratoriya ishi 1
Bajardi: Telekomunikatsiya texnalogiyalari ta`lim yo`nalishi
025-18 guruh
Alqorov Namoz
Qabul qildi
MATQURBONOV D. M.
Toshkent – 2023
1 – LABORATORIYA ISHI (4 SOAT)
VIRTUALBOX PLATFORMASIDA VIRTUAL MASHINA YARATISH VA SOZLASH
Ishdan maqsad: VirtualBox platformasida virtual mashina yaratish va uning asosiy parametrlarini sozlashni o’rganish.
TOPSHIRIQ:
1. VirtualBox dasturini o’rnating
2. VirtualBox platformasida virtual mashina yarating
3. Virtual mashinaning asosiy parametrlarini sozlang
4. Virtual mashinaga operatsion tizim o‘rnating
QISQACHA NAZARIY MA’LUMOTLAR
Virtual mashina (VM – Virtual machine) yoki oddiy gina virtualka – bu ma’lum bir platformaning (target – bu maxsadli yoki mehmon platforma) apparat ta’minotini emulyatsiya qiladigan va tarjet platforma uchun xost platformasida (host – xost-platforma, xo‘jayin platforma) dasturlarni bajaradigan dasturiy va/yoki apparat tizimdir.
Virtualizatsiya sizga operatsion tizimda operatsion tizim yaratishga va dasturlarni xost-mashinaga o'rnatmasdan sinab ko'rishga imkon beradi. Bundan tashqari, virtualizatsiya sizga pentesting qilish imkonini beradi. Boshqa odamlarning kompyuterlarini buzish o‘rniga (bilgamizki, bu noqonuniy va jazolanadi), uyda operatsion tizimlar va boshqa dasturlarni buzish uchun zaifliklarni topishda ishlatish mumkin.
Virtualizatsiyaning asosiy tushunchalari:
1) Xost operatsion tizimi – bu kompyuterda o'rnatilgan va uning resurslarini (protsessor, operativ xotira, qattiq disklar, tarmoq kartasi va boshqalar) boshqaradigan asosiy operatsion tizim. Xost operatsion tizimda odatda Microsoft Office paketi kabi foydalanuvchi ilovalari o’rnatilgan yoki har xil server xizmatlari (masalan, FTP, DHCP, Active Directory, DNS, Proxy va boshqalar) sozlangan bo’ladi. Ishlab chiqarish muhitida yuqori samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qo’shimcha dasturlarni birgalikda o’rnatish yoki server xizmatlari va virtualizatsiya uchun dasturlarni (gipervisor) asosiy operatsion tizimda sozlash tavsiya etilmaydi. Ishlab chiqarish muhiti uchun 1-turdagi gipervizorni sozlash tavsiya etiladi (bu turdagi gipervizor tavsifi quyida keltirilgan).
2) Gipervisor – bu foydalanuvchilarga bir vaqtning o'zida (parallel) bitta kompyuterda bir yoki bir nechta mustaqil va virtual mashinalar (VM) deb nomlangan mustaqil operatsion tizimlarni ishga tushirishga imkon beruvchi dasturiy ta'minot. Gipervizorlar konfiguratsiya, ishga tushirish va ishlash uslubiga ko'ra ikki turga bo’linadi.
Birinchi tur to’g’ridan-to’g’ri kompyuterning apparat qismida konfiguratsiya qilinadi va ishga tushiriladi. Bu turdagi gipervizor kompyuterda xost operatsion tizimisiz ishlaydi.
Bu turdagi gipervizorlarga quyidagilar misol bo’la oladi: Oracle VM server, VMware ESX/ESXi, RHEV, HP Virtualization Service Platform.
Ikkinchi tur kompyuterning xost operatsion tizimida konfiguratsiya qilinadi va ishlaydi. Xost operatsion tizim kompyuterga o’rnatiladi va keyin unda gipervisor dasturi sozlanadi.
Ushbu turdagi keng ommaga ma’lum bo’lgan gipervizorlar quyidagilar hisoblanadi: Oracle VirtualBox, Microsoft Hyper-V, VMware Server and Workstation.
3) Mehmon operatsion tizim – bu virtual mashinada (VM) o'rnatiladigan, sozlanadigan va ishlaydigan operatsion tizim.
4) Virtual mashina – bu mehmon operatsion tizim o’rnatiladigan va ishlaydigan maxsus muhit. Virtual mashina protsessor, operativ xotira, tarmoq kartasi, qattiq disk va h.k. kabi mehmon operatsion tizimning to'g'ri va to'liq ishlashi uchun zarur bo'lgan kompyuter resurslarini o'z ichiga oladi.
Oracle VM VirtualBox gipervizori haqida
Shaxsiy virtual muhitni (virtual laboratoriya yoki sinov muhiti) yaratish uchun ikkinchi turdagi gipervizor va Oracle VM VirtualBox (bundan keyin VirtualBox) virtualizatsiya dasturi (gipervizor) tanlanadi. VirtualBox dasturi quyidagi tavsiflari bilan ajralib turadi:
• tekin,
• 2-turdagi gipervizorga kiradi (uy sharoitida virtual muhit yaratishga imkon beradi),
• 32 va 64 bitli xost operatsion tizimlarda ishlaydi,
• PXE yuklashni qo'llab -quvvatlaydi (PXE – qattiq disksiz tarmoq orqali operatsion tizimni yuklash uchun muhit),
• apparat virtualizatsiyasini qo'llab-quvvatlashni talab qilmaydi (hatto kompyuter Intel VT-X yoki AMD-V ni qo'llab-quvvatlamasa ham, virtual muhitni o'rnatish va sozlash imkonini beradi).
VirutalBox gipervizori eng keng tarqalgan xost operatsion tizimlari bilan mos keladi. Quyida VirtualBox ni o'rnatish mumkin bo'lgan ba'zi operatsion tizimlar keltirilgan:
Windows: Windows XP, Windows Vista, Windows 7, Windows 8, Windows 10, Windows Server 2008, Windows Server 2008 R2, Windows Server 2012, Windows Server 2016.
Mac OS X: 10.10 (Yosemite), 10.11 (El Capitan), 10.12 (Sierra), 10.13 (High Sierra).
Linux:
Ubuntu 16.04 LTS, 16.10, 17.04 va 17.10
Debian GNU/Linux 7 (“Wheezy”), 8 (“Jessie”) va 9 (“Stretch”)
Oracle Enterprise Linux 5, Oracle Linux 6 va 7
Redhat Enterprise Linux 5, 6 va 7
Fedora 25 va 26
Gentoo Linux
openSUSE 13.2
Solaris: Solaris 11, Solaris 10.
Virual box ni yuklab olganimizdan so`ng Next tugmasi bosiladi
bu oynadan biz D disk yoki C diskni tanlab birorta papkaga chiqaramiz
Keyin yana Next tugmasini bosamiz
“YES” tugmasini bosamiz
“INSTALL” tugmasini bosamiz
Bu Windows da Oracle VirtualBox ni o'rnatishni yakunlaydi. Bu jarayon juda oddiy va u bilan hech qanday muammo bo'lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |