3.Iqtisodiyotda innovatsiyalrning tutgan o`rni Diskontlashsiz ko’rsatkichlariga investitsiyalar samaradorligining koeffitsienti, minimal darajadagi harajatlar, qo’shimcha investitsiyalarni olish muddati va solishtirma samaradorlik koyeffitsienti kiradi. Diskontlash hisobga asoslangan innovatsiya samaradorlik ko‘rsatkichlariga sof diskontlashgan daromad, daromadlik indeksi, daromadning ichki normasi va investitsiya olishning diskontlashgan normasi kiradi. Ko‘rsatkichlarning ikkinchi guruhi innovatsiya loyihalarni ob’ektiv baholashga imkoniyat beradi. Ta’kidlaymiz, sanoat rivojlanish bo‘yicha BMTning tavsiyalariga muvofiq xorij amaliyotida innovatsiya samaradorligini baholashda asosan ikkinchi guruh ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Ushbu ko’rsatkichlarni batafsil ko’rib chiqamiz.
Sof diskontlashgan daromad (SDD) natijalar (daromad) ayirmasi va diskontlashni hisobga olgan innovatsiyalarga xarajatlar kattaligini namoyon etadi. Sof diskontlashgan daromat hisob kitobini quyidagi formula ko’rinishida aks ettirish mumkin:
𝑡=1
𝑆𝐷𝐷 = ∑𝑇𝑝 (𝐸𝑡 − 𝑍𝑡)𝛼𝑡 Bu yerda Et – t-yildagi samara (natijalar) Z t – t-yildagi xarajatlar, rub; Tr – hisob davri (loyihani amalga oshirish
muddati), yillar; t- vaqtinchalik interval raqami; at – diskontlash koyeffitsienti. Innovatsion loyiha SDF > 0 bo‘lganda iqtisodiy tomondan samarali. Sof diskontlashgan daromad boshqa nomlanishlarga ham ega: sof joriy qiymat, sof keltirilgan samara (net present value, NPV), va integral samara.
Daromadlik indeksi (DI) diskontlashni hisobga olgan holda kapital innovatsion kiritishga daromad va joriy xarajatlar ayirmasining munosabatini namoyon etadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi
𝑡=1
𝑡=1
𝐷 𝐼 =
∑𝑇𝑝(𝐸𝑡−𝑍1)𝛼𝑡
∑𝑇𝑝𝐾𝑡𝛼𝑡
(7)
Ztek.t – t- yildagi joriy xarajatlar, rub; Kt – t- yilda innovatsiya loyihalariga kapital kiritish rub. Innovatsion loyiha DI
> 1da rentabilli samarali hisoblanadi. Bunday holatda innovatsion loyiha bo‘yicha diskontlashgan joriy daromadlar summasi diskontlashgan kapital kirimlar (investitsiyalar) kattaligidan ustun keladi. Daromadlik indeksini ba’zida rentabellik indeksi (profitability index, p.i.) yoki foyda indeksi deb ham aytishadi.
Daromadlikning ichki normasi (DIN) (internal rate of return,IRR) – bu diskontning shunday normasiki (Evn), unda innovatsiyani amalga oshirish jarayonida keltirilgan samaraning (daromad) kattaligi diskontlashgan kapital kirimlarga teng. Boshqacha qilib aytganda, daromadlilikning ichki normasi sof diskontlashgan daromad innovatsion loyiha bo‘yicha nolga teng bo‘lgan diskontlash stavkasi hisoblanadi. Daromadlilikning ichki normasi yoki diskont normasi(Evn) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
∑𝑇𝑝𝐸𝑡−𝑍1=∑𝑇𝑝 𝐾𝑡 𝑡=1(1+𝐸𝑖𝑛)𝑡𝑡=1(1+𝐸𝑖𝑛)𝑡 Daromadlikning ichki normasi korxonalar tomonidan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan yetarli darajada bo‘lgan mablag‘ vositalarining kattaligini
ifodalaydi. Agar Evn investor tomonidan kutilayotgan kapitalga daromad normasiga teng yoki yuqori bo‘lsa loyiha samarali deb hisoblanadi. Bank krediti hisobiga innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda Evn ahamiyati bank foiz stavkasining mumkin bo‘lgan darajasining yuqori chegarasini belgilaydi. Daromadlik ichki normasi hisob kitobini innovatsion investitsiyalarni miqdoriy tahlilining birinchi davri sifatida qo’llash mumkin. Xorij amaliyotida ushbu ko’rsatkich bo‘yicha shunday innovatsion loyihalar tanlanadiki, unda DIN 15% dan kam bo‘lmasligi kerak. Hisob kitob amaliyotida daromadlikning ichki normasi boshqa nomlanishlarda ham kuzatiladi: rentabellik normasi, investitsiyani qaytarish normasi, foydaning ichki normasi va chiqimni qoplashning ichki normasi.
Investitsiyalar chiqimini qoplashning diskontlashgan muddati (Tok) vaqtni yillardagi davrini namoyon etadi, uning davomida innovatsiyadagi(Kin) investitsiyaning umumiy summasi summa natijalari (mablag‘ oqimi) – Esum bilan qoplanishi kerak. Bu ko’rsatkichlar diskontlashni hisobga olgan holda aniqlanadi. Investitsiyalar chiqimini qoplashning diskontlashgan muddati quyidagi formula bo‘yicha belgilanadi
𝐸
𝑇𝑞𝑚= 𝐾𝑖𝑛 𝑠𝑢𝑚
Innovatsion loyiha (mavzu)ning saradorligi bo‘yicha qaror innovatsion loyiha ishtirokchilarining barcha ko’rsatkichlari va qiziqishlarining ahamiyatini, xamda uning ijtimoiy va ekologik asoratlarini inobatga olgan holda qabul qilinadi.
Xulosa
Xulosa qilib shunin aytolamanki innovatsion texnologiyalarni yaratish biz uchun juda muhimdir.Innovatsion texnologiyalar yaratish uchun Xozirda yoshlarga juda katta imkoniyatlar yaratilinmoqda
Innovatsion texnologiyalarni yaratish foydalanish juda zarurligini bilamiz.shuni takidlab otamanki har bir innovatsion texnologiya bizning cheklanmagan ehtiyojlarimizni cheklangan resurslar bilan qondirishga katta yordam beradi.