Fanidan “Iqtisodiyotda Innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish” mavzu bo`yicha


Innovatsiyalar samaradorligini baholash usullari



Download 2,02 Mb.
bet3/5
Sana10.12.2022
Hajmi2,02 Mb.
#883010
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abbosbek

2.Innovatsiyalar samaradorligini baholash usullari



Innovatsion loyihalar (mavzular) tanlovidan so’ng ularning samaradorligi amalga oshiriladi. Innovatsiyalarning samaradorlik bahosi innovatsion jarayonning har bosqichi va davrida - eskiz loyihalashdan boshlab yangiliklarni o‘zlashtirishni yakunlash va amalga oshirishgacha tortib olib borilishi kerak. Hisob kitob ko‘rsatkichlarining baholash usuli va tizimi innovatsion jarayonning barcha boshqichi va davri uchun bir xil, yagona bo‘lishi mumkin, biroq hisob uchun birlamchi ma’lumotlar axborotlarning to‘liqlik darajasi, haqiqatlik va noaniqligi, manbalarning turli xilligi bo‘yicha farqlanadi. Bu innovatsiya samaradorligi ko‘rsatkichlarini aniqligi va ob’ektivligi bo‘yicha farqlanishiga olib keladi. Bu, ilmiy - texnik, iqtisodiy, axborot va analitik turdagi o‘zgarishlarni kiritgan holda innovatsion jarayonni nazorat qilish imkonini beradi.
Baholashning hozirgi vaqtda qo’llaniladigan usuli natija va harajatlarning nisbatiga asoslangan, ya’ni olingan samara va xarajatlarni qiyoshlashda. Natija (samara) va xarajatlarning nisbati qiymatli va natural o’lchovlarda ifodalanishi mumkin. Ta’kidlaymiz, innovatsion jarayondagi samaradorlik – bu doimo nisbatan, nisbiy kattalik.
Yangiliklar (innovatsiyalar) kiritilishi (amalga oshirilishi) bilan samaraning quyidagi turlari olinishi mumkin: iqtisodiy, ilmiy

  • texnik, ijtimoiy va ekologik. Samaraning har bir turi

ko‘rsatkichlarning majmuasi bilan ifodalanadi. Masalan, iqtisodiy samara foyda, savdo hajmining o’sishi, resurslarni ishlatishning yaxshilanishi bilan ifodalanadi; ijtimoiy samara – ishchi o’rinlar sonining ko’payishi, ishchilar xavfsizligi darajasining ortishi, mehnat sharoitlarining yaxshilanishi bilan; ekologik samara – atmosfera va suvga zararli moddalar tashlanilishining kamayishi, ishlab chiqariladigan yangiliklarning ekologikligining yaxshilanishi bilan.
Yashirin va aniq (tijorat) samaralari farqlanadi. Mavsumiy davrga qarab hisob kitob davrining samarasi va yillik samara belgilanadi. hisob-kitobli davr quyidagi omillarga bog‘liq: innovatsion jarayonning davomiyligiga, birlamchi ma’lumotlarning aniqligiga, yangiliklarni qo’llash muddatiga, investorlarning kutishlariga. Xozirgi vaqtda innovatsiya samaradorligining hisob kitobi amaliyotida asosan faqat iqtisodiy samara belgilanadi va inobatga olinadi. Samaraning boshqa turlari aniq uslubiy qo’llanmalarning yuqligi, birlamchi ma’lumotlarning yetarli emasligi va noaniqligi sababli, ba’zi istisno holatlardan tashqari, miqdor jihatidan baholanmaydi. Amaliy qo’llanilishga ega bo‘lgan innovatsiyalar samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarining ba’zi usul va tizimlarini ko‘rib chiqamiz.
Innovatsion loyiha (mavzu)ning ahamiyatliligi, uzoq muddatliligi va hajmiga ko’ra tijorat samaradorlik faqat bitta korxona yoki ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi uchun belgilanishi mumkin. Masalan, kuchli ilmiy texnik bazagasiga ega bo‘lgan yirik korxonalar va ilmiy-ishlab chiqaruvchi uyushmlar butun “fan
– ishlab chiqarish – iste’mol” innovatsion siklini boshqa tashkilotlar ishtirokisiz amalga oshira olgan holatda. Innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda korxona hajmi (ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi yoki kichik innovatsion firma) va mulk shaklidan qat’iy nazar barcha ishtirokchilarni birinchi o’rinda loyihaning (mavzuning) tijorat samaradorligi qiziqtiradi. Bu korxona (tashkilot)ning moliyaviy holati, uning moliyaviy barqarorligi va oxir oqibatda uning mavjud bo‘lib turishi bilan belgilanadi. Bunda quyidagilarni ham inobatga olish zarur:
alohida korxona va tashkilotlarda amalga oshirilayotgan innovatsion ishlanmalarning ko‘pi hajmi bo‘yicha katta emas, xarajati (investitsiyasi) chegaralangan va bozorga yo‘naltirilgan yangiliklarni (oziq-ovqat, texnologik va b.) yaratish va o‘zlashtirishga qaratilgan. Ular alohida holatida faqat yirik innovatsion loyihalarga (maqsadli dasturlar, mega loyixalar, xalqaro loyixalar) mo‘ljallangan ilmiy-xo‘jali, iqtisod va byudjet samaradorligi kursatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsata olmaydi. Chunki biz faqat innovatsiyalarni tijorat samaradorgini baholash uchun qo’llaniladigan (yoki qo’llanilishi mumkin bo‘lgan) ko’rsatkichlarni ko’rib chiqish bilan chegaralanamiz.
Innovatsiyalar samaradorligini baholash asosida, ta’kidlaganimizdek, samara (foyda yoki mablag‘ oqimi) va xarajatlarni (investitsiya) solishtirish yotadi. Innovatsiyalarni hayot sikli davri, inflyatsiya, foyiz maosh va soliqni o‘zgarishi turli vaqtda amalga oshiriladigan xarajatlar va olinadigan natijalar (pul oqimi)ning iqtitsodiy tengsizligiga olib keladi. Bu ularni solishtirma turiga keltirishni talab etadi. Solishtirishning vazifasi xarajat va natijalarni bir vaqtga keltirish bilan hal qilinadi, masalan innovatsiyalarni amalga oshirishni boshlash yiliga. Bu keltirilgan qiymat usuli, yoki diskontlash deyiladi. Diskontlash kelajakda sarf bo‘ladigan yoki olinadigan summa hozirgi vaqtda kam qiymatga ega bo‘lishi bilan asoslanadi. Diskontlash bilan vaqt omili inobatga olinadi.
Amaliyotda bo‘lajak va joriy qiymat o’rtasida farqlikni aks ettirish uchun a diskontlash koeffitsienti qo‘llaniladi, u murakkab foizlar formulasi bo‘yicha hisoblanadi:



𝛼 = (𝐼 + 𝐸
100
)𝑡

Diskont normasi (diskontlash) kiritilgan sarmoyaga foyda normasi sifatida ko’riladi, ya’ni korxona (tashkilot) yoki investor amalga oshirilayotgan innovatsiyalardan olishga kutilayotgan foyda foyizi. Diskont normasi ba’zida moliyaviy hisoblarda bank foiz stavkasiga teng sifatida qabul qilinadi.
Diskontlash koeffitsienti inflyasiya va xatar (ilmiy texnik va tijorat) omillarini inobatga olishi zarur. Agar ular foyda va foiz stavkasi normalarida inobatga olinmagan bo‘lsa, RF Xukumatining 1997 y. 22 oktyabrdagi “Davlat kafolatlarini tanlov asosida RF rivojlanish byudjeti mablag‘lari hisobiga taqdim ettish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoyishiga va “RF rivojlanish byudjetining markazlashgan investitsiya resurslarining tanlov asosida joylashtirishda Investitsiya loyihalarining samaradorlik bahosi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq xatar va invlyasiya omillarini diskontlashning keltirilgan koyeffitsientini hisoblash orqali inobatga olish tavsiya etiladi.
Inflyasiyani hisobga olgan (xatarni hisobga olmagan) holda diskontlash koyeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:


1+ 𝐸 𝑡


1+ 𝑖
𝛼𝑖 = 1 + 𝐸𝑖 = [ 100]
100




Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish