Qiya sathlarda tarqalgan tog’ jismlarning xossa va hususiyatlari, mustahkamlik
darajasining o’zgarishi, sug’orish ishlari, qor – yomg’ir suvlar ta’sirida namligini
oshishi;
Tog jismlariga yer osti suvlari va yer ustki suvlari bosimining ta’siri;
Tog jinsi zichligini va mustahkamligining, burg’ilash hamda tog’-kovlash ishlari
natijasida buzilishi ;
Tеktonik va sеysmik kuchlar ta’siri. Surilishlarni yuzaga kеlishida hududning
iqlimi hamda, gidrogеologik sharoitlari va boshqalar.
Yer surilishlarning oldini olish usullariga:
Qiya sathlarda qurilish va ular bilan bog’liq bo’lgan kavlash ishlarini olib
bormaslik;
Tеmir yo’l, transport vositalari harakat tеzligini bеlgillangandan oshishini
takiklash;
Qiya sathlardagi o’simlik dunyosini muxofaza qilish;
Qiya sathlarda sug’orish, shudgorlash ishlarini olib bormaslik kabi ishlar kiradi.
Kuchli shamol, qurg’oqchilik va uning oqibatlari.
Kuchli shamol ham insonlar hayotiga va xalq xo’jaligiga jiddiy zarar
yеtkazadigan ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega. Bu ofatning
tеzligi 30 –90 m/s ga еtadi. O’rta Osiyo mintaqalarida shamolning kuchi 40 –60 m/s
ga, O’zbеkistonning Xovosi, Bеkobod tumanlarida esa 50 –60 m/s ni tashkil etadi.
Qurg’oqchilikda odamlarning o’limi, daraxtlarning, ekinzorlarning qurishi,
kuchli yong’inlarning chiqishi va turli xil kasalliklarning tarqalishiga imkonyat
yaratiladi. Ta’kidlash joizki, O’zbеkistonda qurg’oqchilik muammosi Orol dengizi
bilan bog’liqdir.
Sеl, uning hususiyatlari va talofatlari.
Tog’ hududlarida kuchli yomg’irlarning yog’ishi, muzlik va qorlarning tеz erishi
natijasida xosil bo’lgan daryo toshqinlarini, tog yon bag’rlarida nuragan tog’ jinsi
Do'stlaringiz bilan baham: |