O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NUKUS DAVLAT INSTITUTI
TARIX FAKULTETI TARIX O‘QITISH METODIKASI YO’NALISHI
IKKINCHI MUTAXASSISLIK GURUHI TALABASI
RAXMANOVA FARANGIZ BAXADIROVNANING
“TARIXNI O‘QITISHDA TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALASHTIRISH” FANIDAN
AMALIY ISHI
MAVZU: “KEYS-STADI” texnologiyasi.
Topshirdi: Raxmanova F.
Qabul qiluvchi: Najimova F
“KEYS-STADI” texnologiyasi
“Keys-stadi” haqida tushuncha
“Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” –oʻrganmoq, tahlilqilmoq, ta’lim soʻzlarining birikuvidan hosil qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish,tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir.
Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni
oʻrganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u oʻquv jarayonida
ma’lum bir maqsadga erishish yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi,
biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida
amalga oshirilsa, texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi.
Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot
Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qoʻllanilgan. Garvard
biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi aspirantura boʻlimi uchun toʻgʻri
keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani yechish
uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan dastlabki qadam yetakchi
biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga
ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish boʻldi. Ma’ruza tinglovchilarga u
yoki bu tashkilot toʻqnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil
ravishda yoki jamoa boʻlib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida
taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yoʻnalishidagi ta’lim muassasalarida
keng targʻib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai
nazaridan mazkur metod tarafdorlari koʻpayib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan
boshlab biznes-keyslar Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ommalashdi. Yevropaning
yetakchi biznes maktablari keys-stadi metodi asosida dars beribgina qolmay, keyslarni
yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar.
Keys-stadi maktablari
Keys turlari
Keys – bu yaxlit axborotlar majmui. Qoidaga koʻra, keys uch qismdan iborat
boʻladi:
1) keysni tahlil etish uchun zarur yordamchi axborotlar;
2) aniq vaziyat bayoni;
3) keys topshirigʻi.
Bosma holatdagi keys (uni yanada koʻrgazmali boʻlishini
ta’minlaydigan grafik, jadval, diagramma, illyustratsiyalarni ham oʻz
ichiga oladi).
Multimedia-keys (soʻnggi vaqtlarda keng qoʻllashni talab etayotgan. keys (film, audio va video materiallardan iborat boʻlishi mumkin). Keys stadi ishlab chiqishning ikki klassik maktabiGarvard Amerika)
Manchester
(Yevropada)
Aniq vaziyatning yechimini
topishni oʻrganish yoʻli
Yagona toʻgʻri
Koʻp variantli yechimlar
Oʻnlab sahifali matnni
va koʻplab chizmalarni
oʻz ichiga oladi
Hajmi birmuncha
kamroq
Keys-stadi metodida qoʻllaniladigan tahlil (analiz) turlari
Keys - stadi metodi quyidagilarni koʻzda tutadi:
keys topshirigʻini yozma koʻrinishda tayyorlashni;
oʻquvchi(talaba)larning keys topshirigʻini mustaqil oʻrganishlari va muhokama
etishni;
Oʻqituvchi rahbarligida auditoriyada hamkorlikda keys-topshirigʻini muhokama
etishni;
“muhokama yechimdan ham muhim” tamoyiliga rioya etishni.
№
Tahliliy faoliyat
turlari
Tavsifi
Namoyon boʻlish shakli
1.
Muammoli
tahlil
Muammolarni ajratish;
muammolar koʻlami va
ularning tasnifini
shakllantirish.
1) vaziyatning muammoli
jihatlarini tahlil qilish;
2) vaziyatning muammoli
shartlarini tahlil qilish;
3) vaziyatning muammoli
oqibatlarini tahlil qilish.
2.
Tizimli tahlil
Ob’ektni tizimiy
yondashuv
pozitsiyasidan oʻz
strukturasi va
funktsiyalariga ega tizim
sifatida koʻrib chiqish
1) deskript analiz: mavjud
tuzilma asosida funktsiyalarni
shakllantirish;
2) konstruktiv analiz: mavjud
funktsiyalar asosida tuzilma
shakllantiriladi.
3.
Prakseologik
tahlil
Faoliyatli jarayonlarni
ularni optimallashtirish
nuqtai nazaridan koʻrib
chiqish
1) faoliyatni optimizatsiyalash
usullarini analiz qilish;
2) faoliyatni modellashtirish va
algoritmlashtirish
4.
Prognostik
tahlil
Vaziyatning keyingi
rivojiga nisbatan farazlar
keltirish
1) normativ prognostik analiz;
2) kontseptual prognostik analiz
Keys-metodini amalga oshirish bosqichlari:
№
Bosqichlar
Bosqichning maqsadi
1.
Aniq vaziyat bilan tanishuv.
Muammoli vaziyatni tushunish.
2.
Izlanishga doir: topshiriq materiallarida
ifoda etilgan axborotni baholash.
Yechim uchun zarur axborotni
topishga oʻrgatish.
3.
Muhokama etish: muqobil
yechimlarning imkoniyatlarini
muhokama qilish.
Alternativ fikrlashni rivojlantirish.
4.
Qaror qabul qilish: guruhlarda
yechimni izlab topish.
Yechim variantlarini taqqoslash va
baholash.
5.
Munozara: har bir guruh oʻz yechimini
himoya qiladi.
Yechimni dalillar bilan asoslash.
6.
Natijalarni taqqoslash: guruhlarda
qabul qilingan yechimlarni taqqoslash.
Alohida yechimlarda aks etgan
qiziqishlarning oʻzaro aloqadorligini
baholash.
Keys-
topshirigʻini
bajarish
jarayonida
qoʻllaniladigan
strategiyalar
Ma’lumotlarni
tahlil etish (ishbop
korrespondensiya)
Oʻyin tarzida
loyihalash
Munozara
SWOT tahlil
Vaziyatli-rolli oʻyin
Insident (axborotni
qidirish)
1
• Keys bilan tanishuv (individual)
2
• Asosiy muammoni (oʻquv muammosini) ajratib olish va oʻrganish
(individual va kichik guruhlarda)
3
• Gʻoyalar yigʻish va muammoning yechimini izlash (kichik guruhlarda)
4
• Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalarni taqdimoti, tahlil va
baholash (oʻqituvchi va kichik guruhlar)
5
• Keys yechimi va tavsiyalar (oʻqituvchi, kichik guruhlar va individual)
Keys-stadining oʻziga xosliklari.
1. Izlanishga doir faoliyatning mavjud boʻlishi.
2. Jamoaviy va guruhlarda oʻqitish.
3. Individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integratsiyasi.
4. Xilma-xil oʻquv loyihalarini ishlab chiqish.
5. Muvaffaqiyatga erishish uchun oʻquvchi(talaba)larning oʻquv-bilish faoliyatini
ragʻbatlantirish.
Keys-metodini amalga oshiruvchi oʻqituvchi faoliyatining bosqichlari:
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) asosiy bosqich: keys-stadi metodini amalga oshirish;
3) tahliliy, baholovchi bosqich.
Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud:
1. Oʻqituvchi muammoni yechimini topishga yordam beruvchi kalit vazifasini
bajaruvchi qoʻshimcha savollarni yoki ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin;
2. Ayrim vaziyatda oʻqituvchining oʻzi javobni aniqlashtirishi mumkin;
3. Muammo ustida oʻquvchi(talaba)lar ishlayotgan vaqtida oʻqituvchi hech qanday
yordam bermasligi mumkin.
Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari:
Jahon tajribasi koʻrsatishicha, agar oʻquvchi(talaba)larning keysni hal etish
texnologiyasi ikki bosqichdan iborat boʻlsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada
koʻproq samaraga erishish mumkin:
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual (auditoriyadan tashqari) ish.
Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash.
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual ish.
Oʻquvchi(talaba) mustaqil ravishda:
1) keys materiallari bilan tanishadi;
2) taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi;
3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish
usullarini tanlaydi;
4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va
vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi.
Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash
Oʻquvchi(talaba)lar kichik guruhlarga boʻlinib, birgalikda keys ustida
ishlashadi:
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari haqidagi
turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar,
qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni
tanlashadi;
3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini amalga
oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar;
4) taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.
Keysni yechish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini oʻtkazish:
1) real vaziyat yechimiga doir oʻz variantlarini taqdim etadilar;
2) tanlangan harakatlar yoʻlini izohlaydilar va yechimning toʻgʻriligini asoslaydilar;
3) boshqa guruh a’zolarining savollariga javob beradilar va oʻz takliflarini asoslaydilar.
Jamoa boʻlib keys ustidan ishlash:
guruhlar taklif etgan yechimlar variantlarining muhokamasi;
taklif etgan yechimlarning oʻzaro baholanishi;
taklif etilgan yechimlarning xayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligiga
birgalikda (oʻquvchilar va oʻqituvchi) baho berilishi ham mumkin.
Namunaviy “Keys”lar.
1-Keys. Suv yuzasida hayot kechiradigan koʻpchilik hasharotlarning tanasida nafas
teshigi bilan birlashgan havo rezurvuarlari boʻladi. Ular shu yerda toʻplangan havo
hisobiga suv tubiga shoʻngʻishlari, u yerda biroz muddat boʻlishlari ham mumkin.
Topshiriq: Olimlar suv hasharotlari ustida quyidagicha tajriba oʻtkazdilar:
Hasharotlarni akvarium tubiga tushirib, ularning suv yuzasiga chiqishlariga
toʻsqinlik qiladigan sharoitni vujudga keltirishdi. Uchta akvariumning tubida sun’iy
muhit yaratildi:
1-akvarium tubida azotli muhit boʻlib, unda hasharot 5 daqiqa yashagan.
2-akvarium tubidagi muhitda havo boʻlib, unda hasharot 6 soat yashagan.
3-akvariumda kislorodli muhit boʻlib, unda hasharot 35 daqiqa yashagan.
Mazkur tajribaning mohiyati va kuzatilgan holatni izohlang.
Oʻquvchilarga tavsiya etiladigan manbalar:
Biologiya, kimyo, fizika fanlaridan maktab darsliklari, internet resurslari.
Oʻquvchilar uchun koʻrsatmalar:
1. Keysning mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan koʻproq dahldor boʻlgan
omil (yoki ikkita omil) ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.
5. Oʻz fikringizni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni:
1. Oʻquvchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama
qilishadi.
2. Oʻquvchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin
tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
3. Muammoni hal etishga imkon beradigan eng muhim jihatlari ajratib olinadi.
4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.
5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.
Oʻqituvchining yechimi: Suv hasharotlari evolyutsiya jarayonida atmosfera havosi
bilan nafas olishga moslashgan boʻlib, 1-tajribada hasharotlar azotli muhitda tez nobud
boʻlishgan, sababi azot organizm tomonidan juda oz miqdorda oʻzlashtiriladi. 2-
tajribadagi hasharotlar havo rezervuaridagi atmosfera havosi hisobiga nisbatan uzoqroq
yashashgan. Hasharotlar havo rezervuarlarida havo qolmaganligi hisobiga nobud
boʻlishgan. 3-tajribada kislorodli muhitda hasharotlarning nisbatan qisqa vaqt
yashaganiga sabab shuki, kislorod faol oksidant boʻlib, u hujayra qobigʻi va uning
tarkibidagi organik moddalarning oksidlanishiga sabab boʻladi. Bu esa hujayralarni,
natijada organizmni halok boʻlishiga olib keladi.
Havo gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodning tabiiy
aralashmasidir.
2-Keys. Zamonaviy biotexnologiya fani yutuqlari insoniyat hayotidagi qator
muammolarni hal qilishga xizmat qilmoqda. Biroq genlari modifikatsiyalangan
organizmlar, ulardan olingan mahsulotlarga bir guruh olimlar va jamoatchilik “xavfli”
deb qarashmoqda.
Topshiriq: Siz genlari modifikatsiyalangan organizmlar, ulardan olingan
mahsulotlarni xavfli deb hisoblaysizmi? Javobingizni asoslab bering. Genlari
modifikatsiyalangan organizmlarning “zararsiz” ekanini izohlab bering.
3-Keys. Ota farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun tibbiy
hujjat tayyorlash jarayonida tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra farzandi IV-qon guruhli
ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ota o‘zining tasavvuriga ko‘ra, o‘zi II-qon guruhiga, turmush
o‘rtog‘i esa III-guruhga mansubligini hisobga olib, turmush o‘rtog‘idan shubhalanib,
ushbu masalani hal etib berish va nikohni bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qildi.
Topshiriq: Ushbu muammoli vaziyatda siz sudyaning o‘rnida bo‘lganinggizda
oilani saqlab qolish va to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
Aniq vaziyatlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish boʻyicha
oʻqituvchilarga uslubiy koʻrsatmalar
Ish bosqichlari va vaqti
Maslahat va tavsiyanomalar
1. Keys bilan tanishish
(individual) – 3 daqiqa
Taqdim etilgan aniq vaziyatlar bilan tanishib chiqing.
Muammoli vaziyat mazmuniga alohida e’tibor qarating.
Muammoli vaziyat qanday masalani hal etishga
bagʻishlanganligini aniqlang.
2. Keysdagi asosiy va
kichik
muammolarni
aniqlash (individual va
kichik guruhlarda) – 5
daqiqa
Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlang. Oʻz
fikringizni guruh bilan
oʻrtoqlashing. Muammoni
belgilashda isbot va dalillarga tayaning. Keys matnidagi
hech bir fikrni e’tibordan chetda qoldirmang.
3. Muammo yechimini
topish va erishiladigan
natijani aniqlash – 7
daqiqa
Guruh bilan birgalikda muammo yechimini toping.
Muammoga doir yechim bir necha variantda boʻlishi ham
mumkin. Shu bilan birga siz topgan yechim qanday
natijaga olib kelishi mumkinligini ham aniqlang.
4. Keys yechimi uchun
taklif etilgan gʻoyalar
taqdimoti
(kichik
guruhlarda) – 5 daqiqa
Guruh bilan birgalikda keys yechimiga doir taqdimotni
tayyorlang. Taqdimotni tayyorlashda sizga taqdim etilgan
javdalga asoslaning. Taqdimotni tayyorlash jarayonida
aniqlik, fikrning ixcham boʻlishi tamoyillariga rioya qiling.
Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalar taqdimoti uchun chizma namunasi
Muammo
(asosiy va kichik muammolar)
Yechim
Natija
Do'stlaringiz bilan baham: |