«…bani Isroildan erdi. O‘n qarindosh erdilar. Otalari Is’hoq otlig‘ ... qamug‘idin (barchasidan) kichik erdi. Tun-kun yig‘layur erdi ibodat ichinda».
Yusuf payg‘ambar B) Sulaymon payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Dovud payg‘ambar
«Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada qaysi payg‘ambar Allohdan duo qilib o‘ziga bir hunar so‘raydi?
«Iziyo (egam-ey), manga bir hirfa (hunar) o‘rgatgil. Aning birla qazg‘achiligi (nasibamni) yeyayin. Xalq mani so‘zlamasunlar».
Yusuf payg‘ambar B) Dovud payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
«Qisasi Rabg‘uziy»da insonlarning mast holda yurishi, umuman, spirtli ichimliklar ichishini qoralovchi aqida tasdig‘i uchun qaysi hikoyat keltirilgan?
«Luqmon va uning xojasi» hikoyati
«Uzum hikoyati»
«Yilon va qarlug‘och» hikoyati
«Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyati
Quyidagi ma’lumotlar «Qisasi Rabg‘uziy»da nomi zikr qilingan qaysi payg‘ambar haqida?
«Dovud payg‘ambarning o‘n ikkinchi, kenja o‘g‘li. U ham boshqa akalariday «olim, faqih, oqil» yigit edi. Dovud podshohligi unga meros qoldi. Ammo otasiga o‘xshab o‘z hunarini ham qo‘ymas edi. U temirchilik hunarini oliy darajaga yetkazdi. Bu hunarning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi».
Yusuf payg‘ambar B) Ya’qub payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
«Qisasi Rabg‘uziy»da kimlar bilan bog‘liq qissalar bayonida xalq og‘zaki ijodining bevosita ta’siri ko‘rinadi?
1) Sulaymon payg‘ambar; 2) Luqmoni hakim;
3) Dovud payg‘ambar; 4) Nuh payg‘ambar.
A) 3, 4 B) 1, 2, 4
C) 1, 2, 3 D) 1, 4
«Qutadg‘u bilig»da Qo‘zi burji sifatida tilga olingan, Quyosh yili hisobidagi birinchi oy nomi bo‘lib, hozirgi mart oyiga to‘g‘ri keladigan, Qo‘y burjining arabcha nomini toping.
javzo B) hamal
C) shabon D) savr
Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azali bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlarni toping.
Tasvirda jonlantirish, sifatlash va o‘xshatishlar asosiy o‘rin tutadi;
Rabg‘uziy g‘azalning barcha shakliy-badiiy talablarini mukammal darajada ado etolmagan bo‘lsa-da, g‘azal mumtoz adabiyotimizning nodir namunalaridan biri hisoblanadi;
Matla’dan to maqta’gacha navro‘z va go‘zal yorga muhabbat mavzulari uyg‘unlikda vasf etiladi;
Qofiyalarda qo‘llanilgan so‘zlar turkiy til tarovatini ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lgan: navro‘zi, buzi, yuzi, yozi, tuzi, qo‘y-qo‘zi, juzi, qo‘zi, qunduzi, kunduzi, yulduzi;
Lola, bulbul, turna, qo‘zi kabi so‘zlar bahorning turli belgilarini ko‘rsatish vositasi bo‘lgan;
Yer-osmon zidligi asosida bahorning o‘ziga xos tasviri berilgan. A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 6
C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5, 6
Ramal vaznining oxirgi rukni avvalgilaridan qisqaroq, unda bir hijo kam bo‘lib, uning ushbu shakli qanday ataladi?
makfuf B) axrab
C) mahzuf D) solim
«Qisasi Rabg‘uziy»da dialoglarning mavqeyi jihatidan qaysi hikoyat muhim bo‘lib, u to‘lig‘icha ikki tomonning so‘zlashuvi – savol-javoblariga tayanadi, shu bilan birga, albatta, ularda muallif izohi ham mavjud?
«Luqmon va uning xojasi» hikoyati
«Uzum hikoyati»
«Yilon va qarlug‘och» hikoyati
«Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyati
«Qisasi Rabg‘uziy»dagi asar sujetiga asos bo‘lgan voqealar ko‘p jihatdan qaysi manbaga tayanadi?
Qur’onga B) hadislarga
C) xalq og‘zaki ijodiga D) tafsirlarga
«Qisasi Rabg‘uziy»dagi qaysi hikoyatda mushuk bilan sichqon, ilon bilan baqa, ilon bilan qarlug‘och (qaldirg‘och) hamda ari, inson va qushlar hamda hayvonot olami orasidagi o‘ziga xos munosabatlar izohlanadi, badiiy tadqiq etiladi?
«Luqmon va uning xojasi» hikoyatida
«Uzum hikoyati»da
«Yilon va qarlug‘och» hikoyatida
«Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida
«Qisasi Rabg‘uziy»dagi qaysi hikoyatda asosiy qahramon Shayton –
«shaytoni mal’un (haydalgan, la’natlangan)» hisoblanadi?
«Luqmon va uning xojasi» hikoyatida
«Uzum hikoyati»da
«Yilon va qarlug‘och» hikoyatida
«Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida
«Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi payg‘ambar bilan bog‘liq hikoyatda halollikka, o‘z mehnati bilan kun ko‘rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka undash asosiy maqsaddir?
Yusuf payg‘ambar B) Nuh payg‘ambar
C) Dovud payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
«Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |