I BOB. XALQ OG‘ZAKI IJODI
(Darslikda 3–51-betlar)
Quyidagi misralar qaysi asardan olingan? Elig bir kun o‘ldurdi yangluz o‘zun Kemishti kitob, o‘tru baqti ko‘zin.
«Qutadg‘u bilig» B) «Devonu lug‘ot at-turk»
C) «Hibat ul-haqoyiq» D) «Nazm ul-javohir»
Quyidagi hadisda nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying.
«... agar siz yaxshi narsalarni ko‘rib xursand bo‘lsangiz va, aksincha, yomon narsani ko‘rib ranjisangiz, haqiqiy ... ekansiz».
er kishi B) mard kishi
C) olim D) mo‘min
Quyidagilardan qaysi ijodkor inson ma’naviyatini boyitishga har qanday adabiyot emas, balki yuksak badiiyat talablariga javob bera oladigan asarlargina xizmat qila olishini alohida ta’kidlaydi?
Lutfiy B) Yusuf Xos Hojib
C) A. Yugnakiy D) A. Navoiy
«Qut belgusi − bilig» (Har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir) degan maqolning turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol iste’molda bo‘lganini kimning asaridan bilib olishimiz mumkin?
Mahmud Koshg‘ariy B) Y.X. Hojib
C) A. Yugnakiy D) M. Zamaxshariy
Quyidagi fikrlar Alisher Navoiyning qaysi dostonidan olingan?
O‘z vujudingg‘a tafakkur aylagil, Har ne istar sen o‘zingdan istagil.
«Lison ut-tayr» B) «Farhod va Shirin»
C) «Layli va Majnun» D) «Hayrat ul-abror»
Quyidagilardan qaysi adib o‘z asarida elchi – diplomat lavozimidagi kishi uchun asosiy fazilat ko‘p kitob o‘qish va so‘zning mohiyatini bilishdan iboratligini yozadi?
Lutfiy B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy D) Ahmad Yassaviy
Yusuf Xos Hojib o‘zining qaysi bosh qahramonini kitobning doimiy yo‘ldoshi sifatida tasvirlaydi?
O‘zg‘urmishni B) Oyto‘ldini
C) Kuntug‘dini D) O‘gdulmishni
Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» asarida qaysi qabila boshlig‘ining qizi uchun maktab ochib beriladi?
Hay qabilasi boshlig‘i B) Bani Omar qabilasi boshlig‘i
C) Qipchoq qabilasi boshlig‘i D) No‘g‘ay qabilasi boshlig‘i
Turli fan sohalaridan boxabar bo‘lgan Farhod, atrofidagi qizlarning barchasi hayoli va oqila, har bir san’atda mohir bo‘lgan Shirin obrazlari qaysi ijodkor qalamiga mansub?
Ahmad Yassaviy B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy D) Alisher Navoiy
Quyidagilardan qaysi ijodkorning asarlarining asosiy qahramonlari bilimi, shijoati, go‘zal xulqi bilan ajralib turadi?
Alisher Navoiy B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy D) Bobur
Bobur qaysi yaqin insoni haqida yozganida uning botirligi, shijoati, kitobsevarligi «Xamsa» dostonlarini sevib o‘qishiga alohida urg‘u beradi?
otasi B) onasi
C) opasi D) do‘sti
Alisher Navoiyning qaysi asarida insonni ulug‘laydigan imon, karam, adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon qilinadi?
«Lison ut-tayr»da B) «Farhod va Shirin»da
C) «Layli va Majnun»da D) «Hayrat ul-abror»da
**************************************************************************************
«Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Bul otingiz yaxshi, bul otingiz yomon» deb podshoning tabladagi otlarini sinab beradigan sinchi kim edi?
To‘liboy sinchi B) Ravshanbek
C) Ahmadbek D) Urayxon
«Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi fikrlarni qaysi qahramon ikki yuz guburlari oldida aytadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |