Shabob o‘tti-yu quvvati qolmadi, Dedi: «Toat aylay», qila olmadi.
(Bu yigitning «ha» demay yoshligi o‘tib, kuch-quvvatdan qoldi. Toat- ibodat qilay deganida esa qila olmadi).
«Iskandarning Kashmir shahriga yetgandan so‘ngra Malluning Kashmirdagi tilsim qo‘rg‘onidan...»
«Iskandarning Arastudan: «Kishi tabiati yigitlikda nechun mehnatdan nafratlanadi va qarilikda miyada aql kamayadi?» – deb so‘ragani. Hakimning qarilik donoligi bilan juvonbaxt shohga yo‘l ko‘rsatgani»
«Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida»
«Yoshlik yelining sabohati – go‘zalligi va yigitlik gulzorining tozaligi...»
«Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi baytning nasriy bayondagi muqobilini toping.
Tufuliyat o‘tgachki, bo‘ldi shabob Xirad nuri soldi dimog‘ ichra tob.
Yoshlik o‘tib, o‘rta yosh davri boshlangach, miyaga aql nuri harorat bera boshlaydi.
Yigitlik o‘tib, qarilik davri boshlangach, miyaga aql nuri harorat bera boshlaydi.
Bolalik o‘tib, o‘spirinlik davri boshlangach, miyaga aql nuri harorat bera boshlaydi.
Qarilik o‘tib, umr oxirlab borgani sari miyaga aql nuri harorat bera boshlaydi.
«Saddi Iskandariy» dostonida keltirilgan himmat haqidagi hikmatli so‘zlarni toping.
Ani angla mufliski, yo‘q himmati,
Chu yo‘q himmati, yo‘q aning hurmati.
Ayol-u vatan uzra to joni bor, Kishi harb etar toki imkoni bor.
Kishi naqdi gar bir qaro mis emas, Agar himmati bo‘lsa muflis emas.
Agar qilmadi el himoyat sanga, O‘zungdin keraktur shikoyat sanga.
A) 1, 2, 4 B) 2, 4
C) 1, 3 D) 1, 2, 3
«Saddi Iskandariy» dostonining asosiy qismi himmat, adolat, qish, bahor, to‘g‘rilik, mehmondorchilik, yoshlik, safar qilish, o‘lim va aza singari mavzular yoritilgan hamda o‘zaro yaxlitlikni tashkil etadigan necha mavzuni qamrab olgan?
18 ta mavzuni B) 19 ta mavzuni
C) 20 ta mavzuni D) 22 ta mavzuni
«Saddi Iskandariy» dostoni qahramoni Arastuning otasi kim?
Jomasp B) Naqumohis
C) Faylaqus D) Suqrot
«Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?
«Bu dunyo bilan xayrlashsam, mening o‘rnimga o‘tirsang-da, mening nomus-orim, shon-shuhratim yellarga uchmasa, degan umidda seni topgan edim».
Naqumohis B) Faylaqus
C) Mallu D) Iskandar
«Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar taxtga o‘tirgan davrda Rum ahli kimning qo‘l ostida edi?
Doroning B) Faylaqusning
C) Malluning D) Naqumohisning
«Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Doroga boj to‘lashdan voz kechgach, Doro o‘z elchilari orqali Iskandarga nimalarni berib yuborib, uning yosh bolaligini bildirib qo‘ymoqchi bo‘ladi?
chavgon, to‘p – koptok B) oshiq, egar
C) chavgon, egar D) oshiq, to‘p – koptok
«Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar jang paytida o‘ng yonida kimlar bilan tasvirlangan?
yosh bolalar bilan B) harbiy rahbarlar bilan
C) go‘zallar bilan D) ilm – kamolot egalari bilan
«Saddi Iskandariy» dostonida o‘limi oldidan Doro Iskandardan iltimos qilgan narsalarni toping.
suiqasd qilganlarni jazolash;
unga suiqasd qilganlarga bosh bo‘lgan xotinidan qizini uzoqlashtirish;
qizi Ravshanakning kayoniylar podsholigining merosxo‘ri ekanligini inobatga olish;
Ravshanakni o‘z xonadonining munavvar shamiga aylantirish;
qavm-qarindoshlariga zulm qilmaslik.
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5
C) 1, 2, 4 D) 2, 3, 5
«Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Kashmirga yo‘l olganida unga kimlar yo‘ldosh bo‘ladi?
500 olim B) 400 vazir
C) 300 olim D) 200 vazir
«Saddi Iskandariy» dostonida Iskardar bilan kimning o‘rtasida sulh va omonlik paydo bo‘ladi?
Kashmir shohi B) Hind royi
C) Chin xoqoni D) Xuroson shohi
«Saddi Iskandariy» dostonida tadbirkor va adolatli podshoh, mohir sarkarda, yetuk olim va katta qalb egasi sifatida namoyon bo‘ladigan obraz qaysi?
Ravshanak B) Faylaqus
C) Iskandar D) Naqumohis
«Saddi Iskandariy» dostoni necha bob, necha baytdan iborat?
85 bob, 5009 bayt B) 89 bob, 7215 bayt
C) 86 bob, 5782 bayt D) 88 bob, 7716 bayt
«Sab’ai sayyor» dostoni qaysi vaznda yozilgan?
hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf
hazaji musaddasi mahzuf
sariyi musaddasi matviyi makshuf
hafifi musaddasi maxbuni mahzuf
«Xamsa» dostonlarining taqte’ belgilarini toping.
1) «Hayrat ul-abror»; 2) «Farhod va Shirin»; 3) «Layli va Majnun»;
4) «Sab’ai sayyor»; 5) «Saddi Iskandariy».
a) V - - - V - - - V - - b) - V V - - V V - - V -
s) - - V V - V - V - - d) - V - - V - V - V V - e) V - - V - - V - - V -
A) 1-b, 2-e, 3-s, 4-a, 5-d B) 1-b, 2-a, 3-s, 4-d, 5-e
C) 1-e, 2-b, 3-d, 4-s, 5-a D) 1-s, 2-e, 3-a, 4-b, 5-d
«Saddi Iskandariy» dostonida sehrli oynani ko‘rgach, Iskandarda ham shunday kashfiyot qilish istagi paydo bo‘ladi va uning topshirig‘iga ko‘ra olimlar nimalarni yasaydilar?
suturlob, ko‘zgu va halqani B) suturlob va ko‘zguni
C) ko‘zgu va halqani D) ko‘zgu va niginni
«Saddi Iskandariy» dostonida qayerning shohi ancha dono va tajribali bo‘lib, o‘zi Iskardar huzuriga elchi qiyofasida keladi?
Kashmir shohi B) Hind royi
C) Chin xoqoni D) Xuroson shohi
«Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar kayoniylar an’anasiga muvofiq taxtga o‘tirgach, qish fasli boshlangani uchun qayerda qoladi?
Arron (qadimgi Qozog‘iston) mamlakatining Yakkabog‘ degan joyida
Kashmir (qadimgi Ozarbayjon) mamlakatining Yakkabog‘ degan joyida
Kashmir (qadimgi Qozog‘iston) mamlakatining Qorabog‘ degan joyida
Arron (qadimgi Ozarbayjon) mamlakatining Qorabog‘ degan joyida
«Saddi Iskandariy» dostonida quyidagi voqeaga kim guvoh bo‘lib qoladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |