«DEVONU LUG‘OT AT-TURK» ASARI HAQIDA.
«ALP ER TO‘NGA MARSIYASI».
«ALP ER TO‘NGA MARSIYASI» HAQIDA. MARSIYA HAQIDA TUSHUNCHA.
QADIMGI MAQOLLAR. QADIMGI MAQOLLAR HAQIDA.
(Darslikda 52–69-betlar)
Mahmud Koshg‘ariy qaysi shaharda dunyoga kelgan?
Koshg‘ar B) Bolasog‘un
C) Sayram D) Taroz
Mahmud qayerdagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan?
Buxoro, Marv, Nishopur, Hirot, Bag‘dod
Samarqand, Buxoro, Marv, Hirot
Buxoro, Marv, Nishopur, Bag‘dod, Samarqand
Xiva, Buxoro, Marv, Nishopur, Samarqand
M. Koshg‘ariy «Devonu lug‘ot at-turk» asarida qaysi xalqlar haqida:
«...shaharlari, qishloq va yaylovlarini, ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘otlarini to‘pladim», – deydi?
o‘g‘uzlar, qipchoqlar, boshqirdlar, turkmanlar, chigillar, qozoqlar
turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar
turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlar
qipchoqlar, qarluqlar, qirg‘izlar, turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar
«Devonu lug‘ot at-turk»dan olingan quyidagi misralarning mazmunini toping.
Aqtirur ko‘zum yo‘laq, Tushlanur o‘rdak, yug‘aq.
Ko‘zim yoshlari dengizday oqadi,
Hatto unda o‘rdak, turna kabi qushlar yig‘iladi, sho‘ng‘ishadi.
Ko‘zim yoshlari buloqday oqadi,
Sho‘rligidan hatto unga o‘rdak, g‘oz kabi qushlar sho‘ng‘imaydilar.
Ko‘zim yo‘lingga zor, buloqqa yetolmagan, Tusholmagan o‘rdak, oqqushday.
Ko‘zim yoshlari buloqday oqadi,
Hatto unda o‘rdak, oqqush kabi qushlar yig‘iladi, sho‘ng‘ishadi.
«Devonu lug‘ot at-turk» yodgorligi vositasida biz nechanchi asrgacha bo‘lgan adabiyotimizdagi bir qator janrlar va badiiy tasvirning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz?
IX asrgacha B) X asrgacha
C) XI asrgacha D) XII asrgacha
«Devonu lug‘ot at-turk» asari haqidagi no‘to‘g‘ri ma’lumotni toping.
«Devon»da yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka yo‘naltirish kabi qadimgi turmush tarzining ayrim lavhalari mavjud.
«Devon»da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq bo‘lgan she’riy parchalar katta o‘rin tutadi.
«Devon»da ayrim adabiy hodisalar haqida maxsus izohlar berilgan.
«Devon»da ayrim shaxs va joylar bilan bog‘liq afsonalar keltirilib, qit’alar bilan to‘ldirilgan.
Yusuf Amiriy qalamiga mansub munozarani toping.
«O‘q va Yoy» B) «Boz va Bulbul»
C) «Binafsha va Chang» D) «Bang va Chog‘ir»
«Devon»dagi to‘rtliklar, asosan, qanday qofiyadoshlikka ega?
a-a-a-b B) a-b-a-b
C) a-a-a-a D) a-a-b-a
«Devon»dagi «Qish bilan Bahor» munozarasida qaysi tasvir usuli ustunlik qiladi?
o‘xshatish B) sifatlash
C) jonlantirish D) qarshilantirish
«Alp Er To‘nga» marsiyasida keltirilgan turklarning qadimiy qahramoni kim?
Alp Er To‘nga B) Barsg‘on
C) Barman D) Siyovush
«Devon»dan olingan quyidagi parchada qaysi shahar haqida gap ketgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |