3. MOLIYAVIY FAOLIYATDAN OLINADIGAN
DAROMADLAR
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
3.1. Olingan royaltilar va sarmoya transferti.
3.2. O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik yurituvchi sub’yektga tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar.
3.3. Mol-mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to’lovini olish). (O’zR VM 02.03.2015 y. 40-son Qarori tahriridagi band)
3.4. Valyuta schyotlari, shuningdek, chet el valyutalaridagi operatsiyalar bo’yicha ijobiy kurs tafovutlari.
3.5. Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar.
3.6. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
4. FAVQULODDA FOYDA
Favqulodda foyda moddalari - bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo’lgan, hodisa yoki xo’jalik yurituvchi sub’yektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
G. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNI, TUGALLANMAGAN
ISHLAB CHIQARISHLARNI, SHUNINGDEK,
KELGUSI DAVRLAR XARAJATLARINI
BAHOLASH
Ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari hisobot davri mobaynida ishlab chiqarish schyotlarida va tayyor mahsulot schyotida shakllanishi kerak. Biroq bir turdagi mahsulotni seriyali (keng ko’lamda) ishlab chiqarishda favqulodda holatlar tufayli kelib chiqqan favqulodda yoki bir galgi xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki sotish xarajatlari sifatida to’g’ridan-to’g’ri hisobdan chiqarilishi kerak.
Tovar-moddiy boyliklar zaxiralarini, tugallanmagan ishlab chiqarishni, shuningdek, kelgusi davrlar xarajatlarini baholash "Buxgalteriya hisobi to’g’risida" O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Kelgusi davrlar xarajatlari xarajatlarning alohida toifasini tashkil qiladi. Biroq mazkur Nizomga muvofiq ushbu xarajatlardan 2-ilovada keltirilgan ro’yxatdagi xarajatlar chiqarib tashlanadi (ular Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadigan xarajatlari sifatida aks ettiriladi). (O’zR VM 11.03.2009 y. 63-son Qarori tahriridagi xatboshi)
O’zR VM 11.03.2009 y. 63-son Qaroriga muvofiq D bo’lim chiqarib tashlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |