2.4. HISOBOT DAVRINING KELGUSIDA SOLIQ
SOLINADIGAN BAZADAN CHIQARILADIGAN
XARAJATLARI
Ushbu bo’limda sarmoya bilan ta’minlash bilan bog’liq bo’lmagan va sarmoya bilan ta’minlanadigan asosiy vositalar qiymatiga qo’shilmaydigan xarajatlar sanab o’tilgan.
2.4.1. Xo’jalik yurituvchi yangi sub’yektlar, ishlab chiqarishlar, sexlar, agregatlarni o’zlashtirishga xarajatlar:
2.4.1.1. Mashina va mexanizmlarning ayrim turlarini yakka tartibda sinab ko’rish hamda barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni ularning o’rnatilish sifatini tekshirib ko’rish maqsadida (ishlatilmayotgan holatda) kompleks sinab ko’rish.
2.4.1.2. Asbob-uskunalarni ishlab chiqargan zavodlar yoki ularning topshirig’iga binoan ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan shefmontaj.
2.4.1.3. Qurilayotgan korxona direksiyasining, direksiya bo’lmagan taqdirda - texnik nazorat guruhining xarajatlari (ma’muriy xarajatlar), shuningdek, xo’jalik yurituvchi yangi sub’yektlar va ob’yektlarni foydalanishga qabul qilib olish bilan bog’liq xarajatlar.
2.4.1.4. YAngi ishga tushiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlashga xarajatlar.
O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qaroriga muvofiq 2.4.2 bandi chiqarib tashlangan
2.4.2. YAngi texnologiyalarni yaratish va qo’llanayotgan texnologiyalarni takomillashtirish bo’yicha, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlarini o’tkazish, xom ashyo va materiallarning yangi turlariniyaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog’liq bo’lgan mahsulotlar sifatini oshirish bo’yicha xarajatlar.
2.4.3. Boshqaruv tizimlari va vositalarini yaratish hamda takomillashtirish bo’yicha xarajatlar.
2.4.4. Seriyali va keng ko’lamda chiqariladigan mahsulotlar yangi turlarini ishlab chiqarishni hamda texnologik jarayonlarni tayyorlash va o’zlashtirish xarajatlari.
2.4.5. Qonunchilikka muvofiq ishchi kuchlari qabul qilish bilan bog’liq xarajatlar.
O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qaroriga muvofiq 2.4.6 bandi chiqarib tashlangan
2.4.6. Ixtirochilik va ishlab chiqarish tusidagi ratsionalizatorlikka, tajriba-sinov ishlarini o’tkazish, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflar bo’yicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinab ko’rish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo’yicha ko’rgazmalar va ko’riklar, tanlovlar, sertifikatlashni hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflik mukofotlarini to’lash hamda boshqa xarajatlar.
O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qaroriga muvofiq 2.4.7 bandi chiqarib tashlangan
2.4.7. Qazilmalarni qazib olish sohalaridagi tayyorgarlik ishlari xarajatlari, agar ular kapital xarajatlarga taalluqli bo’lmasa (ya’ni asosiy fondlar sifatida sarmoya bilan ta’minlanmasa).
2.4.8. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni, ishlab chiqarish liniyalarini rivojlantirish (takomillashtirish) xarajatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |