Markaziy bank raisi M. NURMURATOV Toshkent sh.,
2018 yil 21 aprel’,
15/1-son
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 21 aprel’ 15/1-son qaroriga ILOVA
O’zbekiston Respublikasi banklarida auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish to’g’risidagi nizomga kiritilayotgan o’zgartirishlar 1. 1.3-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 2-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«2-bob. Markaziy bankning bank nazorati qo’mitasi 2.1. Markaziy bankning bank nazorati qo’mitasi (keyingi o’rinlarda Qo’mita deb yuritiladi) banklarda auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish huquqini beruvchi sertifikat, shuningdek auditor malaka sertifikatlarini berish to’g’risidagi qaror qabul qiladi.
2.2. Qo’mitaga quyidagi masalalar bo’yicha kelib tushgan hujjatlarni ko’rib chiqish va qarorlar qabul qilish vazifasi yuklatiladi:
auditorlarga malaka sertifikatini berish yoki berishni rad etish;
auditorlik tashkilotlari va auditorlarni banklarda auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega auditorlik tashkilotlari va auditorlar reyestriga (keyingi o’rinlarda reyestr deb yuritiladi) kiritish;
ro’yxatga olish ma’lumotlari o’zgargan holda, reyestrga tegishli aniqliklar kiritish;
auditorlarga qo’yiladigan malaka talablarni ishlab chiqish;
auditorlarning malaka imtihonlari va attestatsiyasini o’tkazish;
malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, amal qilishini to’xtatish, tugatish va bekor qilish bilan bog’liq boshqa masalalarni ko’rib chiqish.
2.3. Qo’mita o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunlari va mazkur Nizomga amal qiladi.
2.4. Qo’mitaga taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida ko’rib chiqiladi.
2.5. Hujjatlar qo’mitaning majlisida ko’rib chiqilishidan oldin Markaziy bankning tegishli bo’linmalari va qo’mitaning a’zolari tomonidan o’rganib chiqiladi.
2.6. Qo’mita zarurat yuzaga kelishiga qarab chaqiriladi va o’z majlislarini o’tkazadi.
2.7. Hujjatlar Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti tomonidan tayyorlanadi va qo’mita majlisi muhokamasiga kiritiladi.
2.8. Qo’mita majlisi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Qo’mita qarorlari ishtirok etayotgan a’zolarning oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lgan taqdirda Qo’mita raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
2.9. Qo’mita qarorlari majlisda qatnashayotgan Qo’mita a’zolari tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, Qo’mita raisi tomonidan imzolanadi va Markaziy bankning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.».
3. 3.3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari qo’yidagi tahrirda bayon etilsin:
«O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditor malaka sertifikati (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
oliy iqtisodiy ma’lumoti to’g’risidagi diplom (diplom xorijiy davlatda olingan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiya (ekvivalentligini qayd etish) qilinganligi haqidagi hujjatning) va mehnat daftarchasi (nusxalar olinib, asli qaytariladi);».
4. 3.6-bandning ikkinchi xatboshisidagi «Imtihon komissiyasi» degan so’zlar «Qo’mita» degan so’z bilan almashtirilsin.
5. 3.7-banddagi «imtihon komissiyasining» degan so’zlar «Qo’mita» degan so’z bilan almashtirilsin.
6. 3.8 va 3.9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«3.8. Malaka imtihonlarining natijalari imtihonlar o’tkazish kunida qo’mita tomonidan da’vogarlarga e’lon qilinadi.
3.9. Malaka sertifikati imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan da’vogarlarga 15 kun muddat ichida beriladi. Malaka sertifikatlari davlat reyestriga sertifikat egasining imzosi qo’ydirilgan holda malaka sertifikati beriladi.».
7. 3.10-band o’z kuchini yo’qotgan deb topilsin.
8. 3.13-banddagi «Komissiya» degan so’z «Qo’mita» degan so’z bilan almashtirilsin.
9. 3.16-banddagi «komissiyaning» degan so’z «Qo’mitaning» degan so’z bilan almashtirilsin.
10. 6.2-bandning to’qqizinchi xatboshisidan «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Komissiyasi tomonidan» degan so’zlar chiqarib tashlansin.
11. 6.6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«6.6. Qo’mitaning malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to’g’risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.».
12. 7.2-bandda:
birinchi xatboshidagi «Markaziy bank» degan so’z «Qo’mita» degan so’z bilan almashtirilsin.
to’rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
13. 7.3-banddagi «Markaziy bank Komissiyasi» degan so’zlar «Qo’mita» degan so’z bilan almashtirilsin.
14. 7.5-banddagi «Markaziy bankning» degan so’zlar «Qo’mitaning» degan so’z bilan almashtirilsin.
15. 8.13-banddagi «faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish» degan so’zlar «prudensial nazorati» degan so’zlar bilan almashtirilsin.
16. 1-ilovadagi «O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank auditi komissiyasi raisi» degan so’zlar «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o’rinbosari» degan so’zlar bilan almashtirilsin.
17. Mazkur o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.