Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida



Download 14,49 Mb.
bet369/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida
O’tgan yillarda mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini ta’minlashga imkon yaratdi.
SHu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to’sqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan ma’muriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo’yicha mavjud cheklovlar va tanlovlar o’tkazish amaliyoti ko’p hollarda insofsiz, shu jumladan narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda;
uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega bo’lib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini ta’minlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayishiga olib kelmoqda;
to’rtinchidan, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy ta’sir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini ko’rsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora ko’rish imkonini bermayapti;
beshinchidan, auditorlik faoliyatining milliy standartlari umume’tirof etilgan xalqaro audit standartlariga to’liq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish ko’nikmasining shakllanishini ta’minlamayapti.
Auditorlik xizmatlari bozorining rivojlanishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash va auditorlik faoliyatini tartibga solishda xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
1. O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo’chqorov auditorlik faoliyatini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishni ta’minlasin:
auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan xalqaro standartlar asosida, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga va ishbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik tashkilotlari ishi natijalariga ishonchini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning ta’sirchan tizimini shakllantirish;
yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish, xususan professional jamoat birlashmalarining tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorligini ta’minlash;
auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb etilganlik darajasini oshirish, shu jumladan auditorlik tashkilotlarini, auditorlarni auditning xalqaro standartlarini qo’llash masalalarida faol uslubiy jihatdan qo’llab-quvvatlashni tashkil etish;
auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish, ushbu standartlarni qo’llash sohasida jahonning ilg’or tajribasini ommalashtirish bo’yicha faoliyatini faollashtirish.
2. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (V. Pak), Adliya vazirligi (N. Jo’rayev), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), Davlat soliq qo’mitasi (B. Musayev), Toshkent moliya instituti (U. Azizov) va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari rahbarlari zimmasiga CHora-tadbirlar rejasining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab shunday tartib o’rnatilsinki, unga muvofiq:
tijorat tashkiloti, agar u haqdagi axborot Tadbirkorlik sub’yektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan boshlab uch oy davomida auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritilmagan bo’lsa, o’z nomida «auditorlik tashkiloti» so’zlaridan foydalanishga haqli emas;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya litsenziatga barcha turdagi auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish huquqini beradi;
auditorlik tashkilotining ustav kapitali auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag’laridan shakllantiriladi;
auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning eng kam soni kamida to’rt nafar shtatdagi auditordan iborat bo’ladi;
aynan bitta xo’jalik yurituvchi sub’yektning auditorlik tekshiruvi ketma-ket yetti yildan ortiq bo’lmagan muddatda o’tkaziladi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari ishining sifati tashqi nazoratdan o’tkaziladi;
auditorlik tashkilotlari o’zlarining veb-saytlarida yoki auditorlar jamoat birlashmalarining veb-saytlarida o’tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to’g’risidagi axborotni xo’jalik yurituvchi sub’yektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko’rsatgan holda e’lon qiladi.
Faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari 2019 yilning 1 apreliga qadar mazkur qarorda belgilangan shtatdagi auditorlarning eng kam soni to’liq to’ldirilishini ta’minlasin.
4. 2019 yil 1 yanvardan:
auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdoriga doir;
auditorlik tashkilotlari rahbarlarining attestatsiyadan o’tishi bo’yicha;
ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) to’plami 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalarda tashqi auditni o’tkazish uchun auditorlik tashkilotini O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro’yxat ichidan tanlov asosida tanlash to’g’risidagi talablar bekor qilinsin.
5. Belgilansinki, 2020 yil 1 yanvardan:
a) hisobot yili yakuni bo’yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning o’zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi lozim:
aktivlarning balans qiymati eng kam ish haqining 100 ming barobar miqdoridan ortiq bo’lsa;
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum eng kam ish haqining 200 ming barobar miqdoridan ortiq bo’lsa;
xodimlarning o’rtacha yillik soni 100 kishidan ortiq bo’lsa;
b) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi;
v) majburiy auditorlik tekshiruvlarini o’tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilinadi.
6. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibida to’rtta shtat birligidan iborat professional tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish bo’limi tashkil etilsin, shunga mos ravishda vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni oshirilsin.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yilning 1 iyuliga qadar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga buxgalterlar va auditorlar jamoat birlashmalarini Moliya vazirligida akkreditatsiyadan o’tkazish tartibini joriy etish va auditorlik faoliyatini litsenziyalashni bekor qilgan holda auditorlik tashkilotlarining akkreditatsiyadan o’tgan jamoat birlashmalariga majburiy a’zoligini belgilash bo’yicha takliflarni kiritsin.
7. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va auditorlar respublika jamoat birlashmalarining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini o’n yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berish;
xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo’lganda auditor malaka sertifikatini berishni va amal qilish muddatini uzaytirishni, shuningdek, 10 yildan kam bo’lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo’lganda auditor malaka sertifikatining amal qilishini muddatsiz davrga uzaytirishni malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshirish;
«buxgalteriya hisobi» va «audit» mutaxassisliklari bo’yicha magistr diplomiga ega bo’lgan auditor malaka sertifikatini olishga talabgorlar uchun auditorlik tashkilotida bir yildan kam bo’lmagan amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik asosida) ega bo’lish talabini o’rnatish;
8. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi quyidagilarni ta’minlasin:
a) har yili 1 iyulga qadar majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar to’g’risida quyidagi axborotni o’z veb-saytida joylashtirish:
xo’jalik yurituvchi sub’yektning identifikatsiya ma’lumotlari (soliq to’lovchining nomi va identifikatsiya raqami);
auditorlik tashkilotining identifikatsiya ma’lumotlari (nomi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va raqami);
auditorlik xulosasining nusxasi;
b) majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazmagan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan o’z vaqtida choralar ko’rish;
v) quyidagilar bo’yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish:
majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi shart bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar to’g’risida;
majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan qo’llanilgan moliyaviy sanksiyalar to’g’risida.
9. Toshkent moliya instituti O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro amaliyotni o’rganish asosida:
2018/2019 o’quv yili davomida buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi o’quv rejalari va dasturlarining bajarilishini kompleks tahlil va monitoring qilsin hamda ularni yanada takomillashtirish va o’qitishning innovatsion usullarini joriy etish choralarini ko’rsin;
buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishlari bo’yicha o’quv reja va dasturlariga xalqaro audit standartlari va xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo’yicha fanlarni kiritsin.
10. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari reyestrini O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining ma’lumotlar bazasi bilan taqqoslash orqali tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan o’z firma nomida «auditorlik tashkiloti» so’z birikmasidan foydalanishning qonuniyligini o’rganish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilishini ta’minlasin;
b) O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yilning 1 apreliga qadar muddatda auditorlik tashkilotlari hamda buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan o’zaro elektron hamkorlikka mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Audit» dasturiy majmuasini ishlab chiqishni ta’minlasin;
v) manfaatdor vazirlik va idoralar, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda 2019 yilning 1 yanvariga qadar muddatda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo’yicha takliflar kiritsin:
O’zbekiston Respublikasi hududida qo’llash uchun xalqaro audit standartlarining o’z vaqtida tan olinishini ta’minlash maqsadida Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan xalqaro audit standartlarini mahalliy amaliyotga implementatsiya qilish masalalari bo’yicha o’zaro hamkorlikni rivojlantirish;
auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish;
g) 2019 yilning 1 yanvarigacha faoliyat yuritayotgan va mazkur qaror talablariga javob beradigan auditorlik tashkilotlariga yangi namunadagi auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berishni ta’minlasin;
d) O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi bilan birgalikda 2019 yilning 1 aprelidan keyin mazkur qaror talablariga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish choralarini ko’rsin;
e) Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo’chqorov zimmasiga yuklansin.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish